Markaziy himoyachilar
Mudofaaning markaziy qismida o‘ynaydigan futbolchilar haqli ravishda asosiy o‘yinchilar
hisoblanadi. Chunki ular darvoza zabt etiladigan eng xavfli joyda raqib bilan kurash olib boradilar.
Qanot himoyachilarining jismoniy va texnik fazilatlariga qo‘shimcha tarzda markaziy himoyachilar
havoda kurasha olish uchun baland bo‘yli va juda sakrovchan ham bo‘lishlari kerak. Oldingi
markaziy himoyachi o‘ziga topshiriltan vazifa bilan zonada harakat qilishni mohirlik bilan qo‘shib
olib borishi kerak. Uziga trpshirilgan o‘yinchini nazorat qilib borish uning uchun birinchi galdagi
vazifa bo‘lib, zonada harakat qilish ikkinchi navbatdagi vazifadir.
Oldingi markaziy himoyachi mudofaada markaziy hujumchining harakatlarini e’tibor
bilan kuzatadi, zarur bo‘lganda esa ortki himoyachi bilan o‘rin almashib, mudofaadagi sheriklarini
straxovka qiladi. Hujumda u to‘p olgandan keyin hujum harakatlariga qo‘shilib tezlik bilan olg‘a
boradi yoki sheriklariga to‘p
oshirib beradi. Ayrim paytlarda ikkinchi eshelondagi hujumni
qo‘llanadi va iloji bo‘lsa darvozaga to‘p tepadi.
Ortki markaziy himoyachi taktik sharoitni nozik did bilan tushunishi, raqiblarning taktik
yo‘llarini «o‘qiy» olishi hamda to‘pni egallab olish va sheriklarini straxovka qilish uchun
mudofaada to‘g‘ri joy tanlashi kerak. Uning asosiy ishi — mudofaa qiluvchilarning hamma
harakatlarini muvofiqlash, zonada o‘ynash, darvozabon va sheriklar bilan hamkorlik qilish. Sun’iy
«o‘yindan tashqari holat» ni to‘g‘ri uyushtirishga hammadan ko‘p javob beradigan ham shu
o‘yinchidir. Hujumga o‘tayotganda ortki markaziy himoyachi darvozabon yoki sheriklaridan to‘p
olish uchun ochiq joyga chiqadi, keyin esa aniq va xilma-xil uzatishlar qilib, atakaning davom
ettirilishiga imkon yaratadi. Nisbatan erkinroq ekanidan keskin holatlar yaratish uchun maksimal
foydalanishga intilib, gohida uning o‘zi ham hujumga qo‘shilishadi, ba’zan esa uzoq yoki o‘rtacha
masofadan to‘p tepib, hujumni yakunlaydi. Hozirgi vaqtda himoyachilarning vazifalari
universallashuv , tomon taraqqiy etib, ularning harakatlari yarim himoyachi va qanot
hujumchilarining harakati bilan yaqinlashib bormoqda
Futbolchilarda ko‘nikma va malaka sport tayyorgarligi jarayonida hosil qilinadi. Bunga
esa mashqlarni qayta-qayta takrorlash orqali erishiladi, takroriylik, o‘z navbatida, butun a’zo va
41
sistemalar faoliyatiga ta’sir etadi. Sport tayyorgarligi—bu barcha omil (vosita, metod, sharoit)
lardan birgalikda izchil foydalanish bo‘lib, futbolchining sport muvaffaqiyatlariga erishishdagi
tayyorgarligi ta’minlanadi.
Sport tayyorgarligining butun jarayonini shartli ravishda ta’lim va mashg‘ulotga bo‘lish
mumkin.
T a ’ l i m deganda shug‘ullanuvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarning muayyan
sistemasining boshlang‘ich bosqichini egallab olishini tushunish kerak. Ta’limning asosiy mazmuni
— o‘yinning texnik elementlarini, taktikadagi oddiy individual va gruppa harakatlarini egallab
olish, harakat malakalarini shakllantirishdan iborat.
M a s h g ‘ u l o t — bu olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va
takomillashtirishga qaratilgan tayyorgarlikning keyingi bosqichi. Mashg‘ulotning asosiy mazmuni
— texnik usullarni taktikadagi individual, gruppa va komanda harakatlarini takomillashtirishdan,
jismoniy, axloqiy va irodaviy xislatlarni rivojlantirishdan iborat. Sport mashg‘ulotsi _bu boshqarish
metodi asosida sistemali tarzda sportchilar tayyorlashdir.
Ta’lim va mashg‘ulotga maxsus tashkil qilingan ko‘p yillik yagona pedagogik jarayon deb
qarash zarur. Ularni bir-biridan keskin suratda ajratib bo‘lmaydi, chunki ta’lim bera turib,
mashg‘ulot qildiramiz va ayni chog‘da mashg‘ulot qildira turib ta’lim beramiz.
Ta’lim va mashg‘ulotni tushuncha sifatida ajratish o‘quv mashg‘ulot ishining o‘ziga xos
vazifalari borligini ravshanroq
anyaqlash imkonini beradi. Futbolchi tayyorlashning turli boskichida ta’lim va
mashg‘ulotning salmog‘i o‘zgarib turadi.
Ta’lim va mashg‘ulot jarayoni tarbiyaviy xarakter kasb etishi darkor. Shunga kura o‘quv-
mashg‘ulot mashg‘ulotlariga katta talablar qo‘yilmoqda mashg‘ulotlar shunday tartibda
uyushtirilishi kerakki, bu mashg‘ulotlar shug‘ullanuvchilarni kommunistik dunyoqarash ruhida
tarbiyalasin va ularda uzviy ravishda zarur malaka hamda ko‘nikmalarni rivojlantirsin.
Ta’lim va mashg‘ulot vazifalarining muvaffaqiyatli hal qilinishi eng avvalo murabbiyning
shaxsiga bog‘liq, chunki u o‘quv-mashg‘ulot jarayonida markaziy figura hisoblanadi. Murabbiy
maxsus bilimini muntazam ravishda takomillashtirib, o‘z g‘oyaviy-siyosiy saviyasini oshirib
borishi, ilm-fan va amaliyotdagi yangi yutuqlardan xabardor bo‘lishi, ularni futbolchining ta’lim va
mashg‘ulot jarayoniga joriy eta bilishi kerak.
Futboldan tashkil qilingan mashg‘ulotlar xam jismoniy tarbiyasi sistemasi oldida turgan
vazifalarni hal qilishga qaratilgandir. Mashg‘ulotning asosiy mazmuni kishini garmonik kamol
toptirish, uning ijodiy mehnat qilish va Vatanni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan ma’naviy hamda
jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirishdan iborat bo‘lishi kerak.
42
Biroq futbol praktikasida ba’zan yuksak natijalar ketidan quvib, ta’lim va mashg‘ulotning
sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilganlik tomonini, ya’ni tarbiyaviy xarakter kasb etishi esdan chiqarib
qo‘yiladi. Mashg‘ulotga bunday bir tomonlama yondashish, odatda noxush oqibatlarga olib keladi.
Futbolchining nihoyatda sog‘lom, jismonan yaxshi rivojlanganligi yuksak axloqiy-irodaviy
fazilatlari futbol mahoratini egallab olishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Futbolchilarning ta’lim va mashg‘ulot jarayonlarida quyidagi vazifalarni hal etish lozim:
a ) harakat malakalari va irodaviy sifatlarni takomillashtirish;
b) sportchilar organizmining (nafas olish, yurak-qon tomiri va boshqa sistemalar)
funkstional imkoniyatlarini kengaytirish;
v) sportchi ishchanlik qobiliyatini saqlash va oshirish;
g) sport sohasiga oid bilimni kengaytirish hamda gigiena va o‘z-o‘zini nazorat kilish
malakalarini hosil qilish;
d) mehnatsevarlik, intizomlilik, onglilik, aktivlik xislatlarini tarbiyalash.
Mashg‘ulot jarayonida bu vazifalarni izchillik bilan hal qilish yuksak sport natijalariga
erishish uchun inson organizmining g‘oyat katta imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish imkonini
beradi.
Raqobatchi komandalar mahorati darajasining uzluksiz usib borishi futbolchilar
tayyorlashga bo‘lgan talablarni yil sayin har tomonlama oshirib borish zaruratini tug‘diradi.
Futbolchilar tayyorlashning bu xildagi oshib borayotgan talablariga ijobiy ta’siri mashg‘ulotning
pedagogik prinstiplarini izchil amalga oshirish va birinchi navbatda, uning jarayonlarini ilmiy
boshqa-rish qonuniyatlariga og‘ishmay amal qilish yo‘li bilan ta’minlanadi. Jismoniy mashqlar,
gigienik omillar hamda tabiatning tabiiy kuchi futbolchi ta’lim va mashg‘ulotsining vositalari
hisoblanadi.
(Malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda takomillashtirish asosan jismoniy
mashqlarni sistematik ravishda bajarib turish bilan bog‘liqdir. Mashqlar xilma-xil bo‘lib, ular ta’lim
va mashg‘ulot jarayonida kelib chiqadigan vazifalarga qarab tanlanadi.
Jismoniy mashqlar harakatni koordinastiya qilishni yaxshilash, kuchni, tezkorlikni,
chidamlilik va epchilyaikni oshirishga yordam beradi. Bunda yurak qon-tomiri, nafas olish va
organizmning boshqa sistemalari faoliyati takomillashadi, binobarin, sportchining ishchanlik
qobiliyati oshadi, nagruzkadan keyingi tiklanish jarayoni tezlashadi. Har bir mashq u yoki bu sifat
va malakalarga oz yoki ko‘proq darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham jismoniy mashqlar
ko‘proq ta’sir etishiga qarab tanlanadi.
Futbolchilarning mashg‘ulotsida qo‘llaniladigan hamma mashqlarni shartli ravishda uch
gruppaga bo‘lish mumkin: 1)
musobaqa mashqlari, 2) maxsus tayyorgarlik' mashqlari, 3) umumiy
tayyorgarlik mashqlari.
43
Musobaqa mashqlari — bu yaxlit harakat faoliyatidan yoxud ularning majmuidan iborat. Bu
harakat majmui esa futbolda o‘yin predmeta va batamom futbol musobaqasi qridalari asosida
bajariladigan harakatlar yig‘indisidan iboratdir. Bu harakatlar asosiy jismoniy xususiyatlar vaziyat
va harakat for-malari muttasil va kutilmaganda o‘zgarib turgan bir sharoitda kompleks namoyon
bo‘lishi bilan xarakterlanadi va ular «syujetga» birlashgan turli harakat faoliyatlarining sharoitiga
qarab ko‘chma va o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. .
44
Do'stlaringiz bilan baham: |