Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020
455
esa har birining xususiy maqsadlaridir. O’quv maqsadini amalga oshirish o’qituvchi (o’qitish,
o’rgatish, tushuntirish, hikoya qilish, tajribalarni namoyish qilish va boshqalar) faoliyatga
tegishlidir.
O’quv vazifasi, o’qitishning natijasi bo’lib, o’qituvchi yoki talaba oldin bilmaganlarini
qaysilarini o’zlashtirdi yoki qaysilarini o’zlashtira olmadi, boshqacha aytganda nimani bilish
kerak edi, qancha o’zlashtirdi va qancha bila oldi kabi sifatlarni aniqlovchidir.
O’qitish jarayonida bilimlarni tizimlashtirish asosida ta’lim berish –bilimlarning
chuqurligi va mustahkamligining zaruriy sharti bo’lib u , pedagogik texnologiyaning muhim
uslubidir. Tizimlashtirishdan foydalanish o’quvchi yoki talabaning bilishi kerak bo’lgan
o’quv materiali haqidagi ilgari shakllangan zaxira bilimlarini faqatgina tartibga solib qo’ya
qolmasdan, balki shu bilan birga yangi bilimlar manbai bo’lib ham xizmat qiladi.
O’quv maqsad va vazifalar bo’yicha o’quvchi yoki talabalarning bilimlarini nazorat
qilib borilishining reyting tizimi va uning baholash mezonlari pedagogik texnologiyaning
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Chunki, reyting tizimining o’zi texnologik xususiyatga ega
bo’lib, barcha sinf o’quvchilari yoki guruxning hamma talabalarini keng qamrovli o’rganilgan
o’quv materiallari yuzasidan qisqa vaqt davomida yalpi baxolash imkonini beradi.
O’quvchi yoki talabalarning faoliyatini, bilimini reyting usulida baholashning
an’anaviy usullardan afzalliklari shundaki u, o’quvchi yoki talabani uzluksiz mustaqil
o’qishga o’rgatadi, ularda ishtiyoqmandlikni, muvaffaqiyatlarga intilishini tarbiyalaydi .
Reyting tizimida fanning o’rganilgan qismini xarakteriga ko’ra yozma ish, og’zaki suhbat,
test – savol topshiriqlar kabi nazorat turlaridan foydalanish mumkin.
Testdan foydalanish, ayniqsa hozirgi global pandemiya sharoyitida, o’qituvchiga
talabalarni tez va adolatli, masofadan turib baholash imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda
Respublikamiz oliy ta’limida amalga oshirilayotga masofaviy ta’limni baholashda ham test
usuli asosiy usillsrdan biri hisoblanadi. Test savollari murakkablik darajasiga ko’ra to’rt xil
bo’ladi:
1.
Axborоtni xotirada qayta tiklash, eslash va bilish
2.
Reproduktiv fikrlash (qabul qilish va qayta takrorlash)
3.
Produktiv fikrlash (maxsuldor, samarali)
4.
Tadqiqiy – ijodiy fikrlash testlari.
Test topshiriqlarida o’rganilgan o’quv materiallarining maqsadini amalga oshiruvchi vazifalar
o’z ifodasini topishi kerak. Test topshiriqlarining soni har qaysi o’quv yurti tomonidan
belgilanadi. Bunda o’quv materialining o’quv maqsadi, vazifalari, hajmi va uning mazmuni
hisobga olinadi.
Shubhasizki, pedagogik texnologiyalar ta’lim va tarbiya jarayoni samaradorligini
oshirishda muhim o’rin tutadi.
Adabiyotlar:
1.
Farberman. B. L. “Progressivnie pedagogicheskie texnologii”. Moskva, 1996. g
2.
Bespalko. B. P. “ Slagaemie pedagogicheskoy texnologii”. Moskva, 1966. g
3.
Shatalov. V. F “ Tochki opori”. Moskva, 1988. g
4.
Sovremenniy urok fiziki v sredney shkole. Pod redaksii V. G. Razumovskogo.
Moskva, 1984. g
5.
Narodnoe obrazovaniya jurnali. Moskva, 1981. g
6.
Fizika v shkole jurnali. Moskva, 1988. g № 4, 5, 6.
Do'stlaringiz bilan baham: