— qaychi bilan chokdan tugunchasidan pastroqda ip kesib
olib steril salfetkaga qo'yiladi, qolgan
choklar ham shu tartibda
olinadi.
Choklar olingandan so'ng tug'gan ayolga, yarasi bitib ketgu
niga qadar o'tirishga ruxsat etilmaydi.
Tug'gan ayol tug'uruqxonadagi vaqtidan boshlab, gimnastika
bilan shug'ullanishi kerak. Chilla davri yaxshi kechganda ayolga
tug'uruqning 5—6-kunida uyiga ketishga ruxsat beriladi. Ayolga
tug'uruqxonadan chiqib ketishdan
oldin unga shaxsiy gigiyena,
ovqatlanish va bola parvarishi to'g'risida zarur maslahatlar beriladi.
Fiziologik b o 'lim d a yotgan ayolda qan d ay d ir patologik
o'zgarishlar paydo bo'lsa, uni zudlik bilan observatsiya bo'limiga
o'tkazish kerak.
7 — M. A. Fozilbekova, X. S. Zaynitdinova
у т т
Ҳ YANGI TU G ‘ILGAN CHAQALOQ
V 1 1
) NIN G CHILLA DAVRI.
B O B J
YANGI TU G ‘ILGAN
V II
CHAQALOQLAR B O ‘LIM I
7.1. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning chilla davri va uning
parvarishi
Chaqaloq tug‘Ugandan keyingi 40 kun chaqaloqning chilla
davri hisoblanadi.
Ona qomidagi bola 38 haftadan ortiq muddatda tug‘iladi. Uning
gavda og‘irligi 2500 g dan, bo‘yi 45 sm dan ortiq bo'ladi. Odatda,
o ‘g‘il bolalar vazni nisbatan og'irroq va bo'yi balandroq bo'ladi.
Agar hom ila 38 haftaga yetm ay tu g 'ilsa, u chala tug'ilgan
hisoblanadi va bo'y o'lcham i hamda og'irligi normal bo'lmaydi.
Agar ona qomidagi homila muddatidan ilgari tug'ilgan bo'lsa,
quyidagi belgilar namoyon bo'ladi:
— terisi va shilliq qavatlar ko'kargan;
— yig'isi zaif;
—
harakati unchalik faol emas;
— teriosti yog' qatlami yaxshi rivojlanmagan;
— bosh suyaklari yumshoq, liqildoq va bosh miya choklari
normadan katta;
—
quloq suprasi yumshoq;
— kindik halqasi to'sh suyagining o'simtasi tom on siljigan;
— tirnoqlar barm oq suyaklarini qoplamagan;
— qiz bolada katta jinsiy lablar kichik lablami qoplay olmaydi,
o'g'il bolalarda tuxumdon moyak xaltasiga tushmagan.
Bola tug'ilgandan so'ng, o'zi uchun yangi muhitga tushadi.
Yangi tug'ilgan go'dak shu muhitga moslashishi kerak. Bu zamriyat
go'dak organizmining barcha qismlarida o'zgarishlar sodir etadi.
Tug'ilish arafasida chaqaloqning barcha a ’zolari hali rivojlanishi
davom etayotgan bo'ladi. Tana harorati bir m e’yorda bo'lm aydi,
go'dakka ortiqcha sovuq,
shuningdek, ortiqcha issiq ham tez ta ’sir
qiladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq kindik halqasi, teri, shilliq pardalar,
bum n, halqum, oshqozon-ichak yo'li orqali kasallik tarqatuvchi
bakteriyalarni o'ziga tez yuqtiradi. Kasallik tarqatuvchi bakteriyalar
nafas orqali, qon tomiri va limfa sistemasi orqali butun organizmga
yoyiladi. Chaqaloq yaxshi sharoitga tushsa, hech qanday asoratsiz
98
yashaydi va tashqi muhit sharoitiga yengil moslashadi. Agar yomon
sharoitga tushsa,
u yoki bu kasallikka, ayniqsa yuqumli kasallikka
chalinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: