187
Tinch okean qirg‘oq tizmalaridan shimol va sharq tomonda Yukon daryosi va
uning irmoqlari bilan kesilgan Yukon platosi joylashgan. Platoning kengligi 300 km,
balandligi sharqda 1500 m dan, g‘arbda 1000-800 m gacha pasayib boradi va
dengiz
sohillarida pastekislikka aylanadi. Geologik tuzilishida kembriygacha bo‘lgan
kristall jinslar, paleozoyning cho‘kindi va kristall jinslari yetakchi rol o‘ynaydi.
Platoning tarkibiy qismlari yirik yassi tog‘li massivlardan va ularni bir-biridan
ajratib turgan tektonik botiqlardan iborat. Tektonik botiqlarning yer yuzasi dengiz
sathidan 150-200 m baland. Ular to‘rtlamchi davr flyuvioglyasial va allyuvial
cho‘kindi qumoq, suglinkali jinslar bilan koplangan. Yassi tog‘liklarning yuzasi
to‘lqinsimon va tepaliksimon relyef shakllariga ega. Ayrim joylarda ko‘tarilib
turgan Kuskokvim va Kilbuk tog‘lari uchun materik muzligi ta’sirida vujudga
kelgan va kuchli parchalangan al’p relyef shakllari xarkaterli.
Plato hududi subarktika iqlim mitaqasida joylashgan, kontinental xarakterga
ega. Qishi qahraton sovuq va davomli. Yanvarning o‘rtacha harorati -15°-20°S,
o‘rtacha mutloq minimum harorati -50° C. Yoz juda salqin va qisqa,
iyulning
o‘rtacha harorati +9°+15°S atrofida. Yillik yog‘in miqdori 250-300 mm. Iqlimning
sovuqligi tufayli ko‘p yillik muzloq yerlar keng tarqalgan. Botiqlarda daryo qayirlari
past, tekis va kuchli botqoqlangan. Tuproq qoplami yassi tog‘liklarda tog‘ muzloq
tayga va tog‘
tundra tuproqlaridan iborat. Yukon daryosi va irmoqlarining
qayirlarida past bo‘yli tol-terak o‘rmonlari, terrasalarda va vodiyga yaqin
yonbag‘irlarda oq yel, amerika tilog‘ochidan tarkib topgan o‘rmonlar o‘sadi. Yassi
tog‘liklarning 400 m dan yuqori qismida siyrak o‘rmonlar zonasi, 600-700 m dan
balandda butazorli va o‘tloq-tundra zonasi joylashgan. Plotoda boreal o‘rmonlarga
xos (qo‘ng‘ir ayiq, los, silovsin) va tundraga xos (qutb tulkisi, lemming, shimol
bug‘usi) hayvon turlari yashaydi.
Yukon platosidan shimol tomonda kenglik bo‘ylab cho‘zilgan Bruks tog‘i
g‘arbda tepaliklardan boshlanib, sharqda 2800 m balandlikkacha ko‘tariladi. Bruks
tog‘i ko‘ndalang daryo vodiylari bilan kesilgan va kuchli parchalangan. Tog‘ning
hamma qismida Qutb Uraliga o‘xshash sovuq nurash natijasida parchalangan tosh
uyumlari mavjud.
Bruks tog‘idan sharqda meridional ravishda yo‘nalgan Richardson tog‘i bor.
Undan janubi-sharqqa tomon cho‘zilgan Makkenzi va Seluin tog‘lari joylashgan.
Makkenzi tog‘ining o‘tkir qirralari 2500 m balandlikkacha ko‘tarilib, qoyali
yonbag‘irlar hosil qilgan. Seluin tog‘i ham Makkenzi tog‘iga
parallel ravishda
shimoli-g‘arbdan, janubi-sharqqa tomon cho‘zilgan bo‘lib, uning eng baland nuqtasi
2972 m. Seluin tog‘i Makkenzi va Yukon daryo havzalari o‘rtasda suvayirg‘ich
rolini bajaradi. Bu tog‘larda aholi yashash uchun geografik sharoit noqulay
bo‘lganligi tufayli tabiiy landshaftlar juda kam o‘zgargan. Makkenzi tog‘idan sharq
tomonda, Makkenzi daryosi o‘rta oqimining o‘ng qirg‘og‘ida Franklin tog‘i
joylashgan. Alyaska Kordil’erasi foydali qazilmalarga boy. Ayniqsa oltin konlari
keng tarqalgan. Ko‘pchilik rayonlarda mis, kumush va boshqa rangli metallar bor.
Mezozoy yotqiziqlaridan toshko‘mir qazib olinadi. Paleogen yotqiziqlaridan neft va
gaz konlari topilgan.
188
O’lkaning iqlimi Tinch okean sohillaridan materik ichkiqismiga tomon
o‘zgarib boradi. Qirg‘oqqa yaqin joylar va janubi-g‘arbga qaragan tog‘
yonbag‘irlari
Tinch okeandan keladigan havo massalari ta’sirida bo‘lganligi sababli nam dengiz
iqlimi xarkaterli. Alyaska va Kenay yarim orollarida iyulning o‘rtacha harorati
+10°S atrofida. Tinch okeanga qaragan yonbag‘irlarda yillik yog‘in miqdori 1000
mm dan 3000 mm gacha ko‘payadi. Yog‘inning asosiy qismi kuz va qish oylariga
to‘g‘ri keladi. Tumanli kunlar yil davomida kuzatiladi. Qor chizig‘ining o‘rtacha
balandligi 500 m ni tashkil etadi. Vrangel tog‘lari butunlay qor va firn muzliklar
bilan qoplangan. Uning yonbag‘irlaridan vodiy muzliklari siljib tushib, dunyodagi
eng uzun tog‘
muzligini hosil qiladi. Bu uzunligi 90
km ga yetadigan
Nabesna
muzligidir. Avliyo Ilya tog‘idan siljib tushgan al’p muzliklari kengligi 100 km va
maydoni 4000 km
2
keladigan
Malyaspina
tog‘ oldi muz massivini hosil qiladi.
Alyaska Kordil’erasi ichki qismlarining iqlimi Tinch okean sohillari iqlimiga
nisbatan ancha sovuq va kontinental. O’lkaning ichki qismlarining iqlimi Sharqiy
Sibirning keskin kontinental iqlimi bilan taqqoslash mumkin. Tog‘ tizmalaridan
shimolda yassi tog‘liklarning ichki botiqlarida minimal harorat -40°-50°S gacha
pasayadi. Yanvarning o‘rtacha harorati -15°-30°S ni tashkil etadi. Yillik yog‘in
miqdori 350 mm dan oshmaydi. Daryolari kam suvli va muzliklardan to‘yinadi.
Shimoliy Muz okeani qirg‘oqlariga qarashli joylari tipik arktika iqlim xususiyatlari
bilan xarakterlanadi. Qishi juda qattiq sovuq, qariyb 10 oy davom etadi. Keng
tarqalgan ko‘llar va botqokliqlar yilning aksariyat paytlarida muz bilan qoplanib
yotadi.
Tinch okean sohillari va tog‘larning quyi yonbag‘irlari igna bargli o‘rmonlar
bilan, Bruks tog‘i va Shimoliy Muz okeani sohillari tundra o‘simliklari bilan
qoplangan. Makkenzi tog‘ida igna bargli o‘rmonlari 1200-1600 m balandlikkacha
ko‘tariladi. Aksariyat tog‘larning 1000-1500 m dan yuqori qismlarini tipik tog‘
tundralari egallagan.
Do'stlaringiz bilan baham: