Ochiq xavodagi sport o’yinlari.
–
bu murakkab
xar turli xarakatlarni,
xarakatlanuvchi emotsional faoliyatlarni o’z ichiga olgan, to’satdan o’zgaruvchan
sharoit va vazifalarda bajariluvchi, so’ngi yakun va oxirgi natijani chiqarishga
yo’naltirilgan joriy qoidalar bilan shartlangan sport o’yinlaridir.Gimnastikadan farqi
shundaki, bu o’yinlarni o’tkazishda jismoniy yuksalishni aniq boshqarish qiyindir.
Ochiq havodagi o’yinlar boshqa jismoniy mashqlardan shugullanuvchilarning
faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish xususiyatlari bilan ajralib turadi. O’yin
jarayonida to’satdan o’zgargan vaziyatda to’xtamaslikka va xarakat qilishga,
qisqa
muddat ichida xarakat vazifasini yechishga to’g’ri keladi.Buning uchun esa,
jismoniy chidam, sur’at, epchillik “qopqon”
ga chap berish, qochish sifatlarini
namoyon qilish zarurdir. Bu o’yinlar harakat malakasini mustahkamlashga olib
keladi.O’yinda bolalar faoliyati obrazli syujet yoki o’yin vazifasi asosida tashkil
etiladi. Bu ijobiy emottsiyani qo’zgaydi, bola katta zavq qiziqish bilan, uzoq vaqt
jismoniy mashq bajaradi, natijada ular o’z navbatida organizmga ta’sir etadi, bolada
chidam –bardosh sifatlarini rivojlantiradi. O’yin qoidalarini bajarish axloqda bir-
biriga bo’lishga
chaqiradi, axloqiy sifatlarni tarbiyalashga o’z aro yordam, ongli
intizom va boshqalar yordam beradi. O’yin jarayonida xarakat mustaqilligi,
topqirlik, chiniqish, bardoshlilik sifatlarini namoyon etishda bolalarga imkon beradi.
O’yin faoliyati kompleks xususiyatlarga ega bo’lib, turli xarakatlarni yugurish,
sakrash va boshqalarni o’z ichiga oladi, uygunlashtiriladi.
Ochiq xavodagi sport o’yinlarining yuqorida ko’rsatib o’tilgan xususiyatlari
uni turli yoshdagi guruxlarda, ayniqsa, maktabgacha va kichik maktab yoshidagilar
o’rtasida qo’llashga keng imkon beradi.
Sport jismoniy mashqning biron turida yuqori ko’rsatkichlarga erishish
uchun yo’nalganligi bilan xarakterlanadi. Insonning jismoniy
va ruxiy kuchlariga
katta talablar qo’yiladi. Shu sababdan u yoshda, jismoniy tayyorgarlikka va xar bir
kishining sog’lig’iga bogliq.
Sport jismoniy kamolotga yetishishga, axloqiy irodaviy sifatlarni
tarbiyalashga imkon beradi. Shu sabab sport bilan shug’illanish ayniqsa organizm
va inson shaxsining shakillanishi davrida juda foydalidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan shug’illanganda gimnastikaning xar
turli mashqlari qo’llaniladi: saflarda yurish, umumrivojlantiruvchi mashqlar, asosiy
xarakatlar, sport mashqlari velospedda uchish, suzish va boshqalar; sport o’yinlari;
stol texnikasi, badminton va boshqalar. Bundan maqsad
sport texnikasi asosini
shakillantirish va jismoniy tarbiyaning xilma-xil vazifalarini xal etish, buning
natijasida kelajakda jismoniy mashqlar bilan, yoshi yetganda sportning biron turi
bilan shug’illanishga asos solinadi.
Turli xarakat maxoratini mustaxkamlashga va tabiiy sharoitda jismoniy
sifatlarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Maktab yoshidagi
bolalar bilan yaqin
atrofga va xar xil yo’sinda yayov. Velosiped va boshqa tronsportlarda shaxar
tashqarisiga sayrlar uyushtiriladi. Yo’lda va to’xtash joylarida turli xil jismoniy
mashqlar uyushtirilishi mumkin, masalan, to’nka ustidan sakrash, ariqdan sakrab
o’tish, tizimcha bilan sakrash, to’p bilan o’ynash va boshqa o’yinlar ochiq xavoda
jismoniy mashqlar o’tkazish bolalarni sog’lomlashtirishda yaxshi natija beradi.
Jismoniy mashqlar boshqa belgilarga qarab xam taqsimlanadi.
Jismoniy
sifatlarni oshirishdagi fazilatlari chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, kuch,
chidamlilikni oshirish guruxlariga bo’linishi mumkin. Mashqlar bir vaqtda barcha
jismoniy sifatlarni oshiradi, ammo ko’roq darajada bittasini, masalan, qisqa
masofaga yugurish tezkorlikni oshiradi. Mashqlar snaryadlar va buyumlar gimnastik
skameykada, yog’ochda, devorda, tayoqcha, to’p bilan ishlash bo’yicha xam bo’lishi
mumkin. Xamma mashqlar anotomik belgisiga qarab guruxlarga bo’linadi qo’l
mushaklari uchun va yelka, bel, oyoq va xokozolar uchun.
Struktur belgilari inobatga olinib tuzilgan: siklik atsiklik, aralash turdagi
mashqlar tasnifi qo’llaniladi.
Siklik xarakatlar yurish, yugirish, suzish va boshqalar. Sikllarning qonuniy
izchilligi va sikldagi xarakatlar elementlarining bog’likligi bilan xarakterlanadi.
Atsiklik xarakatlarda itqitish, sakrash va boshqalar xar bir mashq tugal
xarakat xisoblanadi.
Aralash xarakatlarda yugurib kelib balandlikka sakrash va boshqalar siklik
mashqlar atsiklik mashqlar bilan qo’shilgan bo’ladi.
Biomexanikada mashqlarni ilgarilab boruvchi joydan yoki yugurib kelib
uzunasiga sakrash, disk uloqtirish va bo’laklarga bo’linadi.
Fiziologiyada mashqni turli qudratiga qarab bo’linadi. Undan tashqari mashq
tabiiy va abstrakt mavxumiy analetik guruxlarga taqsimlanadi.
Tabiiy mashqlar yurish, yugurish, velospedda uchish va boshqalar kundalik
xayotda va ayrim mexnat soxalarida tatbiq qilinadi.
Abstrakt mashqlar jismoniy tarbiyalash vazifalarini
xal etish maqsadida
maxsus ishlab chikilgan: ayrim gurux mashqlar uchun, badanning xar xil qismlari
uchun, shuningdek o’zgartirilgan tabiiy xarakatlar, yurish, bir joydan yugurish,
xalqa, buruslar va boshqalar.
Mashqlar dinamik va statik mashqlarga bo’linadi. Dinamik mashqlar
bo’shliqda xarakat qilish bilan bogliq. Statik mashqlar
bir xolatda uzoq muddat
zo’riqishga asoslanadi. “smirna” turish, oyoqni tik qilib qo’lda turish va boshqalar.