Boshlangich sinf o'quvchilarda salomatlik va sport kunlarni o'tqazish.
Reja.
1.
Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tavsifi.
2.
Jismoniy mashqlar tavsifi.
3.
Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya bo’yicha dasturning tavsifi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy
tarbiyalash masalalarini
yechish uchun ozodalik, tabiatning tabiiy kuchlaridan jismoniy mashqlardan
foydalanish. Bolalarning jismoniy chiniqishida turli xarakatlar ta’siri kattadir. Bu
xarakatlar bolalarning xar xil faoliyatlaridan qo’l mexnati,
musiqa asboblarida
chalish, rasm solish, kiyinish, yuvinish va boshqalardan tashkil topadi.
Xamma
vositalarning birga qo’llanilishi bilan to’la qiymatli jismoniy tarbiyaga erishiladi,
uni xar bir vosita inson tanasiga turlicha ta’sir etadi.
Ozodalik omillari. Mashgulot dam olish, ovqatlanish uyqu targ’iboti,
kiyimlar, poyabzallar ozodaligi, jismoniy tarbiyalash masalalarini yechishda zaruriy
sharoitni tashkil etadi. Ular shugillanuvchi organizmiga
jismoniy mashqlar
tasirining samaradorligini oshiradi. Masalan jismoniy mashqlar bilan shug’illanish
suyak va mushak sistemasining taraqqiy etishiga yahshi ta’sir ko’rsatadi, to’la sifatli
va va o’z vaqtida ovqatlanganda. Bino, sport asboblari, o’yinchoqlar, kiyimlar va
poyabzallarni toza bo’lishi kasallikning oldini olish degan gapdir. Bolalar
ozodaligini saqlash, ijobiy tuygular jismoniy mashqlarni o’zlashtirish uchun eng
yahshi sharoitlar hosil etadi.
Ozodalik omillari mustaqil ahamiyatlarga ham etadilar: ular barcha a’zo va
tizimlarning normal ishlashiga ko’mak beradilar. Masalan, doimo o’z
vaqtida va
sifatli ovqatlanish oshqozon faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi va boshqa a’zolarga
zaruriy ozuqiy moddalarni o’z vaqtida yetkazib beradi, bolaning normal o’sishi va
taraqqiy etishiga yordamlashadi. Yahshi uyqu, dam olish va asab tizimlari ish
qobiliyatining ortishini ta’minlaydi. Xonalarni yoruglik bilan to’gri ta’minlash ko’z
kasalliklari yaqindan ko’rish
va boshqalardan saqlaydi, bolani muhitda to’g’ri
mo’ljal olishga sharoit yaratib beradi. Kunlik tartibotga qattiq rioya qilish,
uyushqoqlik va intizomga o’rgatadi.
Tabiatning tabiiy kuchlari quyosh, havo,
suv tananing chiniqishini
kuchaytiradi, haroratning tushib yoki ko’tarilib turish qobiliyatini oshiradi, natijada
kishi a’zosi obi-havo omilining turli o’zgarishlariga o’z vaqtida munosabatini
bildiruvchi qobiliyatga molik bo’ladi. Tabiatning tabiiy kuchlari bilan jismoniy
mashqlarning uygunlashuvi chiniqish natijasini yanada kuchaytiradi mumkin. Suv
terini iflosliklardan tozalash uchun qo’llaniladi, kishi badaniga mexanik ta’sir
ko’rsatadi. O’rmon, bog’, daraxtzorlar alohida moddaga fitontsidlarga ega bo’lib,
mikroblarni yakson qilishga ko’maklashadi, inson a’zolariga yahshi ta’sir
ko’rsatadi. Quyosh nurlari teri ostida D vitamini yig’ilishiga yordam beradi, har turli
mikroblarni o’ldiradi, kishini rahit va boshqa kasalliklardan saqlaydi. A’zolarga
turlicha ta’sir ko’rsatish uchun tabiatning barcha tabiiy
kuchlaridan foydalangan
maqul, eng maqsadga muvofiqi uygunlashtirilgan holda qo’llashdir.