24
Virtual hodisa joyini yaratish va undan foydalanish uchun maxsus
dasturiy ta‘minot va virtual reallik shlemi kerak. Bunday virtual
modeldan foydalanish ish bо‗yicha kо‗rsatma berayotgan shaxslar bilan
ishlash uchun samaralidir.
Birinchidan, virtual reallik sharoitlarida
hodisa joyini qabul qilish yorqinligi foto- yoki video-tasvirdan kо‗ra
inson xotirasiga kuchli ta‘sir kо‗rsatadi. Ikkinchidan, hodisa joyini
virtual modeli lazerli 3D-skanerlash natijasida olingan batafsil tasvirni
hisobga olgan holda va hodisa joyini dastlabki kо‗rigiga
hamrohlik
qiluvchi barcha shartlarni saqlash joyda kо‗rsatmalarni tekshirish uchun
foydalanilishi mumkin. Bugungi kunda joydagi kо‗rsatmalar tekshiruvi
jinoyatdan sezilarli vaqt о‗tgandan keyin hodisa joyidagi vaziyat
allaqachon buzilganda о‗tkaziladi. Virtual model birinchi kо‗rik
momentida qanday bо‗lgan bо‗lsa о‗shanday hodisa joyida qayta bо‗lish
imkonini beradi. Biroq sо‗zsiz bu tadbir xususiy jinoiy harakat deb
hisoblanishi mumkin emas.
Shunday qilib, jinoyat izlarini vizual fiksatsiyalash
texnologiyalari
va yangi vositalaridan foydalanish jinoyatlarning tо‗liq tergov qilish va
о‗z vaqtida fosh etish uchun katta ahamiyatga ega.
Kriminalistik axborot tizimlari.
Kо‗rsatilgan tizimlar tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri dalillarni о‗rganish va
izlash uchun foydalanilmaydi. Ular jinoyatlarni fosh etish va tergov
qilish bо‗yicha ishlarda ta‘minot funksiyasini bajaradi. Biroq odatiy
kriminalistik texnikaga tallluqli. Kriminalistik axborot tizimlari bir qator
bir-biriga yaqin vazifalarni bajaradi:
tezkor-qidiruv tadbirlari (TQT), dastlabki oqibatlar, sud
maqsadlari uchun turli hujjatlarni rasmiylashtirishni
yengillashtiradi
va/yoki tezlashtiradi;
huquq tartibot organlari xodimlariga kerakli akt, izohlar,
maslahatlar olishni tezroq topish imkonini beradi;
xodimlarga ham ommaviy, ham yopiq bо‗lgan barcha
ma‘lumotlar bazasi, hisoblar, qо‗llanmalarga ruxsatni yengillashtiradi va
tezlashtiradi;
xabarlarni ushlab olish bilan bog‗liq TQTni о‗tkazishni
avtomatlashtiradi va tezlashtiradi.
Mutaxassislar va ekspertlar о‗tkazadigan kriminalistik jarayonlarni
tо‗rt bosqichga ajratish qabul qilingan:
1) yig‗ish;
2) tadqiq qilish;
25
3) tahlil;
4) taqdim qilish.
Birinchi
bosqichda
axborotning
о‗zi hamda kompyuter
axborotining tashuvchisini yig‗ish amalga oshiriladi. Yig‗ish atributlash
(belgilash), manbalarni kо‗rsatish va ma‘lumotlar
va obyektlarni kelib
chiqishi bilan birga amalga oshirilishi lozim. Yig‗ish jarayonida
axborotning saqlanganlik va butunliligi (о‗zgarmaslik) ba‘zi hollarda esa
maxfiyligi ham ta‘minlanishi lozim. Yig‗ishda ba‘zida qisqa vaqtli
axborotni aniqlash uchun maxsus choralarni kо‗rishga tо‗g‗ri kelinadi,
masalan, joriy tarmoq ulanishlarini yoki kompyuter tezkor xotirasining
tarkibini.
Ikkinchi bosqichda
yig‗ilgan axborotning (tashuvchi-obyektlarning)
ekspert tadqiqi о‗tkaziladi. Bu о‗z ichiga
axborot tashuvchilarda
axborotni olish/hisoblashni, dekodlash va undan ishga aloqadorini
ajratishni oladi. Ba‘zi tadqiqotlar u yoki bu darajada avtomatlashtirilishi
mumkin. Biroq bari bir ekspert bu bosqichda boshi va qо‗li bilash
ishlashiga tо‗g‗ri keladi. Bunda о‗rganilayotgan tashuvchilardagi
axborot butunliligi ta‘minlanishi kerak.
Uchinchi bosqich
tanlab olingan axborot
ekspert yoki mutaxassis
oldiga qо‗yilgan savollarga javob olish uchun tahlillanadi. Tahlilda
faqatgina ishonchliligi tasdiqlangan ilmiy usullardan foydalanilishi
kerak.
Tо„rtinchi bosqich
о‗z ichiga tadqiqot natijalarini mutaxassis
bо‗lmagan shaxsga tushunarli shaklda
rasmiylashtirish hamda
о‗rnatilgan qonun bо‗yicha tahlilni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: