S. Y. Yusupov, sh. R. Gulomov, N. B. Nasrullayev



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/180
Sana19.02.2022
Hajmi2,92 Mb.
#457739
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   180
Bog'liq
61c5a35e77fa72.44071569

1.6. Kontr-forenzika 
Raqamli dalillarni izlash, aniqlash va mustahkamlash usullariga 
qarshilik forenzikaning о‗zidek faol rivojlanmayapti. Qarshi usullariga 
bо‗lgan talab cheklangan. Nimaga cheklangan? Buni tushunish uchun 
kompyuter axborotini aniqlashga qarshilik qilish kimga va nima uchun 
kerak bо‗lishini kо‗rib chiqamiz.
Birinchidan, dastlab xayolga – 
kiberjinoyatchilar 
keladi. О‗zining 
kriminal harakatlarining izlarini yashirish va qonundan qо‗rqish asosiga 
ega shaxslar. Tushunarliki, bu bozor juda tor, unda ishlash juda qiyin, 
ulkan yuqori texnologiya kompaniyalari talab bо‗lsa ham bu segment 
uchun qurilmalar va DT ishlab chiqarishi amri mahol.
Ikkinchidan, qarshi usullar axborotni himoyalashning tarkibiy 
qismidir. Maxfiy axborotni himoyalashga ehtiyoj bor barcha joyda uning 
chiqib ketishini oldini olish uchun bu usullardan foydalanishi kerak. Chiqib 


26 
ketish bilan kurashish bо‗yicha bu usullarning bir qismi raqib axborotini 
istisno yoki uni qayta tiklashni qiyinlashtirishga yо‗naltirilgan.
Uchinchidan, 
fuqarolarning 
shaxsiy 
hayot 
siriga 
huquqi 
(yashirinlik) kompyuter-texnik va boshqa choralar qatorida ta‘minlanishi 
mumkin, bu deyarli 
kriminalistikaga qarshi (kontr-kriminalistik)
choralar hisoblanadi. Tо‗g‗ri, kо‗rsatilgan fuqarolarning shaxsiy hayot 
siriga huquqi himoyalash о‗rta foydalanuvchi malakasi bilan 
cheklanganligi sababli juda murakkab vositalar va usullarni qо‗llashning 
bu yerda iloji yо‗q.
Bu usullar AT sohasida yuqori malakani talab eta olmaydi, mos 
dasturlar boshqaruvda sodda bо‗lishi va «Windows» OT da ishlashi 
kerak, qurilmalar ham qimmat bо‗lishi kerak emas. Shuning uchun ham 
bu yerda odatda yetarlicha sodda himoya bilan cheklaniladi.
Kо‗rinib turibdiki, anti-kriminalistik texnikaning sezilarli qismi 
professional, hech ham oddiymas. Kо‗rinib turganidek, anti-
kriminalistik bozor sezilarli darajada kriminalistik bozordan kichik. 
Anti-kriminalistik mahsulot sifatsiz bо‗lib chiqsa, ishlab chiqaruvchiga 
da‘vo qila olmaysiz. Bu bozorda ilgarilash uchun umuman sifatli
murakkab qurilma va DT ishlab chiqish talab etilmaydi. Shunchaki о‗z 
mahsulot yoki xizmatingizni yaxshi reklama qilish talab etiladi xolos. 
Ishlab chiqaruvchilar shu bilan shug‗ullanishadi.
Himoyali anti-kriminalistik vositalarga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 

saqlanuvchi axborotni shifrlash uchun dasturiy va apparat-dasturiy 
qurilma;
 

trafikni shifrlash uchun dasturiy va apparat-dasturiy qurilma;
 

disk va boshqa axborot tashuvchilarni tozalash uchun dasturlar;
 

axborotni о‗chirish uchun dasturlar;
 

magnitli tashuvchilarda axborotni mexanik yо‗q qilish uchun 
qurilma;
 

diskda axborotni borligini yashirish uchun dasturlar (fayl 
atributlarini 
manipulyatsiyasi, 
nostandart 
joylarga 
yozish, 
stegenografiya);
 

tarmoq faolligini anonimlashtirish uchun tizimlar va xizmatlar;
 

raqamli shaklda taqdim etilgan asarlarni nusxalashni qiyinlashtirish 
uchun dasturiy va apparat-dasturiy qurilmalar;
 

dastur algoritmlari va bajariluvchi kodlarini tadqiq qilinishini 
qiyinlashtirish uchun dasturlar.
 


27 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish