187
bо‗lgan qilmishlarni qamrab oladi. Ma‘lumotning noqonuniy qо‗lga
olinishining
kriminallashuvi
omma
uchun
mо‗ljallanmagan
ma‘lumotning qо‗lga olinishi bilan cheklangan yoki cheklanmaganligi,
hamda ma‘lumot ―texnik vositalar‖ yordamida qо‗lga olinganligiga
binoan farqlanadi. Barcha davlatlarda
ham kompyuterning noqonuniy
qо‗llanishi vositalari kriminallashtirilmaydi. Bu kriminallashtiriladigan
davlatlarda jarayon jinoyatning kompyuter dasturlari va kirish kodlarini
saqlash, tarqatish yoki foydalanishiga qarab bir-biridan ajraladi.
Butunjahon hamkorligi nuqtai nazariga kо‗ra, bunday farqlanish ikki
karra jinoiy javobgarlikka ta‘sir qilishi mumkin.
Qator mamlakatlarda maxsus kiber jinoyatlarga: kompyuter
firibgarligi, qalbakilashtirish va shaxsiy ma‘lumotlardan foydalanishga
nisbatan munosabat qabul qilingan. Boshqa davlatlarda firibgarlik va
о‗g‗rilikka nisbatan umumiy munosabat belgilanadi yoki asos tariqasida
qilmishning markaziy elementini aks ettiruvchi jinoyat,
jumladan,
shaxsiy ma‘lumotlarga bog‗liq holatda noqonuniy kirish, ma‘lumotlarga
aralashish va qalbakilashtirish olinadi. Ma‘lumotlarning mazmuni,
xususan, bolalar pornografiyasiga aloqador jinoyatlar kriminallashuvi
juda keng tarqalgan. Biroq "bola" atamasi ta‘rifida, vizual materiallarga
nisbatan cheklovlar yoki simulyatsiya qilingan materiallar yо‗qligi
hamda harakatlarga nisbatan ham nomuvofiqliklar mavjud. Garchi
kо‗pchilik davlatlar bolalar pornografiyasini ishlab chiqarish va tarqatish
qilmishlarini jinoyat deb hisoblasa-da, saqlash va foydalanishning
kriminallashuvida sohasidagi keng qamrovli о‗zgarishlar kuzatilmoqda.
Kompyuter jinoyatlariga kelsak, mamlakatlar kо‗pincha mualliflik
huquqi va tovar belgilari bilan bog‗liq bо‗lgan
qilmishlar ular qasddan
va tijoriy maqsadda qilinsa umumiy jinoiy javobgarlikka tortilishini
xabar qiladilar.
Ijtimoiy tarmoqlar va foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan
Internet
kontentining
ortib
borayotgan
ommaviyligi kо‗plab
mamlakatlarda jazo qonunchiligi kо‗rilishiga olib keldi, bu esa sо‗z
erkinligi huquqlarini hurmat qilishga chaqirgan tartibga solish
choralarini kо‗rishga sabab bо‗ldi. Respondent davlatlar sо‗z erkinligini
cheklashning turli darajalari, jumladan,
ifloslanish, hurmatsizlik,
tahdidlar, nafratni qо‗zg‗atish, diniy his-tuyg‗ularni haqorat qilish,
odobsiz materiallarni tarqatish va jamoatchilikning xavotirlanishiga
barham berish haqida hisobot beradi. Ba‘zi cheklovlarning ijtimoiy-
madaniy elementi nafaqat milliy qonunchilikda, balki kо‗p tomonlama
hujjatlarda ham namoyon bо‗ladi.
Bu borada, kiber jinoyatlarga qarshi
188
kurash bо‗yicha mintaqaviy
hujjatlarda jamoat axloqi, pornografik
materiallar va diniy, oilaviy prinsiplar yoki qadriyatlarning buzilishi
bilan bog‗liq umumiy jinoyatlarni kо‗zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: