185
diniy jinoyatlar;
tuhmat va qalbaki ma‘lumotlar;
spam va u bilan bog‗liq jinoyatlar.
4-ilovada
ushbu harakatlarning har birining batafsil tavsifi
keltirilgan. Maqsad ―kiber jinoyatchilik‖ atamasiga kiritilishi mumkin
bо‗lgan taxminiy harakatlar rо‗yxatini tuzishdir.
Shu bilan bir qatorda, shuni ta‘kidlash kerakki, internet va shaxsiy
kompyuterlarning keng tarqalishi komyuter yoki tizim ma‘lumotlari har
qanday turdagi jinoyatlarni sodir etish uchun qо‗llanilishi mumkin.
Shuning uchun konsepsiya jihatdan farqlansada,
elektron dalillar sohasi
kiber jinoyatchilik bilan bog‗liq. Elektron dalillarni tо‗plash va taqdim
etish kiber jinoyatni tergov qilish va sud tomonidan taftish etilishining
ajralmas qismidir. Bundan tashqari, bu borgan sari odatiy jinoyatlar,
jumladan kissavurlik, о‗g‗rilik yoki о‗g‗rilik
va buzish hamda turli xil
tashkiliy jinoyatlarga tegishli bо‗lmoqda. Telefon orqali suhbatlar,
elektron pochta, aloqa jurnallari, SMS-xabarlar, mobil telefonlarning
manzillari va kompyuter fayllarini kompyuter
yozuvlari deyarli har
qanday turdagi jinoyatda shubhalanuvchining joylashuvi, maqsadi,
jinoyat sodir etilgan hududda bо‗lganligi yoki unga jalb qilinganligi
yuzasidan dalillarni saqlashi mumkin.
14 jinoyat turidan iborat rо‗yxat tо‗liq deb hisoblanilmaydi. Kiber
jinoyat deb qaralishi mumkin bо‗lgan boshqa qilmishlar: ―moliyaviy
vositalar va tо‗lov vositalari bilan bog‗liq noqonuniy ishlarni amalga
oshirish maqsadida kompyuter vositalaridan foydalanish‖, ―onlayn
rejimda qimor о‗yinlari‖, ―odam savdosi maqsadida axborot
texnologiyalari birliklarini qо‗llash‖, ―kompyuter
yordamida giyohvand
moddalar savdosi bilan noqonuniy shug‗ullanish‖, ―kompyuter
yordamida talon-taroj qilish‖, ―parollarni noqonuniy tarqatish‖ va
―maxfiy axborotdan foydalanish‖.
Ba‘zi hollarda qilmishlarga yuqorida sanab о‗tilgan kiber
jinoyatlarning maxus shakli yoki variant deb qaralishi mumkin. Masalan,
moliyaviy jinoyatni sodir etish uchun kompyuterni talab qiluvchi vosita
sifatida foydalanish kompyuter firibgarligi yoki qalbakilashtirishning
keng tushunchasiga kiritilishi mumkin. Maxfiy ma‘lumotlarga kirish
kompyuter ma‘lumotlariga noqonuniy
kirish turlaridan biri deb
hisoblanishi mumkin. Parollarni noqonuniy tarqatilishi kompyuterlarni
notо‗g‗ri ishlatish vositalaridagi ayrim qoidalarni qamrab olgan.
Internetga dunyo bо‗ylab har yerda kirish uchun sharoitlar yaratilar
ekan, kiber jinoyat tushunchasini turli bosqichlarda qо‗llash ehtiyoji
186
tug‗ilishi mumkin: alohida kiber jinoyatlarni aniqlashda tushunchaning
aniq va tо‗liq
tasviri zarur, bundan tashqari tо‗xtovsiz real hayotdan
global tarmoqqa kо‗chuvchi jinoyatlarga nisbatan butunjahon
hamkorligining tergov о‗tkazish huquqlari va mexanizmlarini qо‗llash
uchun samarali himoya mexanizmlari mavjud holatda keng yondashuv
talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: