197
ijtimoiy tarmoqlarning amaliy ta‘limi va rivojlanishini rag‗batlantiradilar.
Bunday tadbirlar axborot almashish va jinoyatchilikning oldini olish va
javob berish bо‗yicha tavsiyalar beradi, bu esa norasmiy hamkorlikni
rivojlantirishga
yordam beradi, ba‘zida tegishli organlarga ma‘lum
jinoyatlar haqida axborot berish va texnik yechimlarni ishlab chiqish
mexanizmlarini taklif etadi.
Qonunchilik va siyosatni ishlab chiqish: Universitet mutaxassislari
loyihalarni ishlab chiqish va qonunchilik, siyosatga о‗zgartirishlar kiritishda
katta hissa qо‗shmoqdalar. Milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda olimlar
keng kо‗lamli masalalar, shu jumladan kriminallashtirish, maxfiylik va
shaxsiy
hayot
huquqi,
konstitusiyaviy
hamda
huquqiy
himoya
qilish masalalari bо‗yicha qonun loyihalarini tayyorlashda maslahat
berishadi va ishtirok etishadi. Bunday maslahat turli mexanizmlar orqali,
shu jumladan konsultativ va maxsus ishchi guruhlar, institutlar va individual
mutaxassislar darajasidagi aloqalarni va texnik yordam dasturlari orqali
ta‘minlanadi. Ilmiy muassasalardan birining respondentlaridan biri, masalan,
maxsus kiber muhit masalalari bilan shug‗ullanuvchi
tadqiqot markazlari
kо‗pincha " kiber jinoyatlarga oid muammolar (huquqiy, kriminalistik,
texnik
ekspertiza) bilan
bog‗liq
bо‗lgan bir
qator tor
doiralarda tadqiqotchilarning faoliyati" uchun koordinator bо‗lib xizmat
qilishi aytgan .
Texnologiyalar va texnik standartlar:
Universitetlar kompyuter
texnologiyalari sohasida ilmiy ishlarni
mahalliy yoki xorijiy
homiylarning moliyaviy kо‗magida xususiy sekto va (yoki) davlat
tashkilotlari bilan hamkorlikda, yoki universitet xavfsizligini ta‘minlash
doirasida olib boradilar. Bundan tashqari, universitetlar kompyuter
kriminalistikasi, dalillar tahlili va tashkilot ma‘lumotlari
tahlili kabi
yо‗nalishlar bо‗yicha о‗z hissalarini qо‗shishlari mumkin. Universitetlar
va alohida mutaxassislar darajasida olib borilgan tadqiqotlar bilan bir
qatorda, universitetlar ham standartlar о‗rnatish uchun mas‘ul bо‗lgan
professional tashkilotlar va tashkilotlarda, hamda texnik ishchi
guruhlarda ishtirok etishda hamkorlikning muhim hamkorlar va
hamkorlikning tashkilotchilari hisoblanadi.
Huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlik:
Huquqni
muhofaza qilish organlari rahbarlari universitetlar bilan hamkorlik qilish,
universitetlarda
kiber
jinoyatlarda va kiberxavfsizlik sohasidagi
tо‗plangan tajribani inobatga olgan holda, hamkorlik qilishdan
manfaatdor bо‗lishi mumkin. Oliy о‗quv yurtlari vakillarining
respondentlari huquqni muhofaza qilish
organlari bilan hamkorlikda
198
bilimlar bazasini, texnik standartlarni va texnik yordamni ishlab
chiqishda hamkorlik qiladilar, biroq kо‗plab ilmiy jamoatchilik vakillari
ham huquqni muhofaza qilish idoralari bilan bevosita aloqada
bо‗lmaganligini qayd etdilar. Olimlar bunday ta‘lim dasturlari va
axborot almashinuvini kengaytirish uchun resurslarning mavjudligiga
doir muammolar ularni bezovtalikka solishini ta‘kidlashadi. Masalan,
respondentlardan biri: ―Hamkorlik uchun umumiy rasmiy asoslar yо‗q -
davlat muassasalari universitetlar bilan hamkorlik qilish uchun standart
yoki byudjetga ega emas. Shuning uchun barcha mavjud aloqalar va
axborot almashinuvi norasmiydir‖ deb aytib о‗tgan. Jamoat xavfsizligini
ta‘minlashda yordam berish uchun ―mablag‗ ajratish, xodimlar soni va
tor doira mutaxassislarining mavjudligi‖
ishlashni yaxshilash uchun
zarur bо‗lgan omillar sifatida qaraladi, bu ayniqsa "sud ekspertizasi va
kriminalistik analiz vositalari, kadrlarni tayyorlash va malakasini
oshirish masalalari bо‗yicha moliyalashtirishni oshirish"ga tegishlidir.
―Qо‗shimcha resurslar, tartibni saqlash organlari tomonidan
hamkorlikka tayyorlikni kо‗rsatish va ilmiy muassasalardagi izlanishlar‖
ga bо‗lgan talabga qaramay, davlat tashkilotlari va tartibni saqlash
organlari bilan hamkorlikni kengaytirishga imkoniyat kattadir.
Kiber
jinoyatchilar va kiber-terrorchilar doimiy
ravishda
yangi
amaliyotlarni, dasturiy yechimlarni va texnologik
yangiliklarni qabul
qilmoqda. Bularning barchasi moliyaviy tizimda yangi shifrlash usullari,
transaksiyalar va boshqalar kirib kelishi bilan bog‗liq moliyaviy inqilobning
fonida yuzaga keladi. Bunday sharoitda kiberxavfsizlik strategiyasi va
ularning tegishli standartlari, protseduralari va dasturiy ta‘minoti,
shuningdek stressni tahlil qilish va kadrlarni о‗qitish tizimlari davriy
tekshirishni va yangilanishni talab qiladi. Kiber xavfsizlik sohasidagi
dasturiy ta‘minot, apparat, tashkiliy, boshqaruv va kadrlar yechimlari
doimiy о‗zgarishi bilan xavflarni kо‗paytirishi, tahdidlarni kuchaytirishi
va kiber muhitda tez о‗zgarishga moslashish mumkin. Iqtisodiyotning
boshqa
moliya sektorlarida, ayniqsa energetika va telekommunikatsiya
tarmoqlarida mavjud muammolar, moliyaviy sektorda kiberxavfsizlik
holatiga ijobiy yoki salbiy ta‘sir kо‗rsatishi mumkin. Shuning uchun moliya
institutlarining menejerlari va aksiyadorlari, davlat organlarining yuqori
mansabdor shaxslari kiber xavfsizlik masalalarini nafaqat rivojlanish, balki
jamiyat, biznes va davlatning omon qolishida muhim masalalar
sifatida kо‗rib chiqishlari kerak. Biznes,
milliy xavfsizlik, davlat xizmati
sohalaridagi har qanday boshqaruv jarayonlarida kiber xavfsizlik masalalari
о‗z о‗rnini topishi lozim.