77
2.
Karfagen G`arbiy o`rtayer dengizidagi Finikiya koloniyalarining markazi.
Er. avv. VII asrdan boshlab Karfagen tarixida ikki yuz yilga yaqin davom etgan
yangi davr boshlandi. Bu davrda Karfagen shahri G`arbiy O`rtayer dengizidagi
Finikiyaning boshqa koloniyalarining markaziga aylandi. Finikiya koloniyalari
ichida Karfagenning yetakchi bo`lishining bir qancha sabablari bor edi:
1.
Finikiyaning Osuriya va Eronga qaram bo`lishi natijasida metropoliya
bilan siyosiy aloqalarning zaiflashuvi.
2.
Yunonlarning Janubiy Italiya va G`arbiy O`rtayer
dengizini faol
kolonizasiya qilishi tufayli, ularning foydali xalqaro savdo va dengiz yo`llarida
hukmron bo`lish xavfi.
3.
G`arbiy O`rtayer dengizidagi Finikiya koloniyalarini ichki taraqqiyotini
ma’lum darajada muvofiqlashtirish (koordinasiya) va hamkorlikni kuchaytirish
ehtiyoji.
Er. avv. VII asr o`rtalarida Karfagen Shimoliy Afrikadagi rivojlangan
hunarmandchilik markazi, Markaziy O`rtayer dengizining ko`p havzalarini
savdo munosabatlari bilan bog`lagan eng yirik Finikiya koloniyasiga aylandi.
Shahar hududi va aholisi tez o`sib ketdi. Karfagenning
qulay tabiiy gavani
kemalarga mo`ljallangan sun'iy gavan qurish hisobiga kengaydi.
Karfagen shahar-davlat doirasidan chiqib, faol tashqi siyosat olib bordi. U
G`arbiy O`rtayer dengizining boshqa qismlarida o`z koloniyalarini barpo qila
boshladi. Shu bilan birga, bu yerda mavjud bo`lgan Finikiya koloniyalari ustidan
o`z homiyligini o`rnatdi. Karfagenning Afrikadan tashqaridagi birinchi koloniyasi
Ispaniya yaqinidagi Pitius orollaridagi Ebes (er. avv. VII asr o`rtalari) bo`ldi.
Ebesni tayanch nuqta qilgan holda Karfagen Ispaniyaga kirishga yo`l
bermayotgan Finikiya koloniyasi
Gadesni tor-mor qilib, er. avv. VII-VI asrlarda
Pireney yarim oroli janubiga o`rnashdi. Yunonlar Karfagenni
Ispaniya sharqiy qirg`og`ida o`rnashib qolishiga yo`l bermadilar. Karfagen
Sitsiliyada
faol harakat qilib, orolning g`arbidagi Finikiya koloniyalarini o`z
nazorati ostiga oldi. Karfagen er. avv. VI asr o`rtalariga kelib, Ispaniyadagi
mulklari bilan Janubiy Sisiliyaning g`arbi, Pitius orollari va Shimoliy
Afrikagacha cho`zilib ketgan yirik davlat birlashmasi markaziga aylandi.
Karfagen er. avv. VI asr oxirida Yaqin Sharqda o`zgargan xalqaro ahvoldan
yaxshi foydalandi. Bu vaqtda Old Osiyoda o`tmishda qudratli bo`lgan Osuriya,
Misr kabi davlatlar zaiflashib qoldi. Yangi qudratli davlat
Ahmoniylar Eroni butun Old Osiyoda va Shimoliy Afrikada o`z ta’sirini o`tkaza
boshladi. Karfagen Ahmoniylar Eroni bilan aloqa o`rnatdi.
Bu aloqa Karfagen uchun
noqulay bo`lsada, lekin Karfagen Sitsiliya va uning janubiy qismini, Janubiy Italiya,
Korsika va Sardiniyani yunon shaharlariga qaram bo`lishiga qarshi faol siyosat olib
borish imkoniyatiga ega bo`ldi. Er. avv. VI asr o`rtalarida Karfagen Markaziy
Italiyadagi etrusklar bilan do`stona shartnoma tuzdi. Er. avv. 535 yilda Karfagen–
etrusklarning birlashgan floti Korsika yonidagi Alali jangida yunon flotini
yanchib
tashladilar. Karfagen Sardiniya janubini egallashga muvaffaq bo`ldi. Natijada
yunonlarning Ispaniyaga ta’siri kamaydi. Er. avv. V asrda Bolqon yarim orolida yunon
78
shahar-davlatlarining zaiflashuvi natijasida Kichik Osiyoning g`arbidagi barcha
yunon shahar-davlatlari Ahmoniylar Eroni ta’siri ostiga tushib qoldi. Ahmoniylar
Yevropa tomon yurish qilib, Bolqon yarim oroliga ham bostirib kirdi. Er. avv. V asrda
Eronning Yunonistonga bostirib kirishidan foydalangan Karfagen
qulay payt poylab,
Sitsiliyadagi yunon shaharlariga hujum qildi. Hujum muvaffaqiyatsiz chiqdi.
Oqibatda Karfagen Sitsiliyaning g`arbida o`zining bir necha shaharlarini zo`rga saqlab
qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: