San’at juda qadim zamonlardan, mehnat taraqqiyoti natijasida namoyon
bo ’lgan. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, g o ’zallik, qulaylik va
foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jam iyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy
taraqqiyotda katta o ’zgarishlar sodir bo’ldi: aqliy
mehnat jism oniy mehnatdan
ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san’at rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.
Professional san’at va san’atkorlar shu davrda paydo bo’ldi. San’at esa o ’zining
spesifik xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinftning idialogiyasini
targ’ib etuvchi kuchli g ’oyaviy qurolga aylandi,
lekin shunga qaramay omma
orasida yetishib chiqqan iste’dodli
ijodkorlar mehnatkash xalq ommasinig orzu-
istaklari, ulaming go’zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi
tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratishdi. Xalqning turmushi,
urf-odatlari,
axloq-odobi, axloqiy qadriyatlari ulaming asarlarida o ’z ifodasini topdi. Har bir
davrda mavjud bo’lgan ana shunday san’at asarlari hayot go’zalliklarini tasvirlab,
odamlarda yuksak xislat va fazilatlarini kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik,
birodarlik, yorqin kelajakka intilish yo’lidagi kurashga da’vat etdi.
San’at tarixiy taraqqiyot jarayonida hamisha ijtimoiy ehtiyojlami qondirib
kelgan. San’at
ijtimoiy hayotning murakkab, rangorang munosabatlari bilan
aloqador bo’lib, u bir vaqtning o ’zida ham mehnatning alohida turi, ham ijtimoiy
ishlab
chiqarishning maxsus sohasi, ijtimoiy ongning bir shakli, o ’ziga xos bilim
sohasi, ijodiy faoliyatning bir ko’rinishi sifatida amal qiladi.
San’at, birinchi
navbatda, ijtimoiy
ong shaklidir, uning boshqa barcha
tavsiflari ana shu sifatidan kelib chiqadi va shu tahlilga asoslanadi.
San’atning o ’ziga xosligi, rivojlanish xususiyatlari
ijtimoiy jarayonlar
yo’nalishi
bilan bog’liq. Buni
qadimgi odam lam ing
moddiy
va m a’naviy
boyliklar
yaratish faoliyatida, y a’ni o ’zlariga m a’qul, o ’zlariga xush keladigan
narsalar yaratishga bo’lgan ishtiyoqlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ijtimoiy
turmush san’atning rivojlanishiga bevosita tasir o ’tkaza bordi, keyinchalik esa
ijtimoiy tuzilmalar falsafiy, diniy, siyosiy qarashlar, axloqiy qoidalar, m a’naviy
qadriyatlar orqali ham ta’sir o ’tkazib bordi.
San’at ijtimoiy hayotning mustaqil bir sohasi bo’lib, o ’ziga xos qonuniyatlari,
vazifalariga ko’ra u alohida jam iyat birligini ifodalaydi. San’at jamiyatning barcha
tomonlariga ta ’sir o ’tkazadi, ijtimoiy ongning barcha shakllari bilan aloqaga
kirishadi,
hayotning
turli
jabhalarida
odam lar
faoliyat
olib
borishlarini
rag’batlantiradi.
San’at bilan ijtimoiy hayotni bog’lab turadigan juda ko’p
vositachi xalqalar
mavjud. Har qanday badiiy hodisa- muayyan asar, uslubiy yo’nalish bo’lsin. ular
vujudga kelishi va rivojlanishi diniy, axloqiy amallarning ta ’sir kuchi darajasi bilan
belgilanadi, baholanadi, o ’lchanadi.
San'atning taraqqiyoti
yoki tanazzuli, uning u yoki bu turi ko’rinishining
yorqin ifoda topishi aniq ijtimoiy m unosabatlar tabiatiga, muayyan guruhiy kuchlar
nisbatiga, mafkuraviy hayot xususiyatlariga, jam iyatda shaxslarning egallab turgan
maqomiga bog’liqdir.
San’atning jam iyat hayotida nisbiy
mustaqil amal qilishi
vorisiylik
qonuniyatining namoyon bo’lishi bilan bog’liq. Vorisiylik faqat san’atga xos bo’lgan
hodisa emas. U ijtimoiy ongning ham ma shakllariga taa’lluqlidir. Vorisiylik jam iyat
51
moddiy asosi bilan bog’liq bo’lgan siyosiy va huquqiy ong
sohalarida ko’proq
namoyon bo’ladi.
San’at badiiy asar yig’indisi bo’lib, ularda voqeani badiiy
in'ikos ettirish
badiiy uslubdir, badiiy usul esa badiiy ijodiy qonunlar asosida ro ’y beradi. Usui
tushunchasi uslub tushunchasidan ancha oldin paydo bo’lgan. Badiiy uslub mazmuni
bilan tarkibiy birlikka ega hamda muayyan shakl,
qism lar birligi
va nisbiy
m o’tadilligini
taqozo etadi, uslub tushunchasi esa shakl va mazmunning ichki
bog’liqligi bilan ham izohlanadi. Uslub shakl va mazmun orqali namoyon bo’lar
ekan, u biror ijod usulini tanlab oladi. Badiiy uslub ijod usulidan mustasno tarzida
amal qilolmaganidek, ijodusuli ham badiiy uslubsiz ifoda topa olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: