Oziq zanjiri.
Oziq zanjirida biotsenozning tarkibiy qismlari ish-
tirok etadi. O‘zidan oldingisini yeb, keyingilariga oziqa bo‘ladigan
organizmlar
oziq zanjirini
hosil qiladi. Oziq zanjirining birinchi hal-
qasida avtotrof o‘simliklar turadi. Ular produtsent organizm bo‘lib,
ikkinchi halqasida konsumentlar, oxirgi halqasida redutsentlar ish-
http://eduportal.uz
81
tirok etadi. Masalan, bug‘doyni chigirtka yeydi. Chigirtkani baqa
tutib oladi. Ilon baqa bilan oziqlanadi va burgutga ozuqa bo‘ladi.
Chigirtka, baqa, ilon, burgut konsument organizmlar, ya’ni tay-
yor organik moddalarni iste’mol qiladi. Bakteriya va zamburug‘lar
redutsentlar bo‘lib, organik moddalarni mineral moddalargacha
parchalaydi (74-rasm).
74-rasm.
Oziq zanjiri: 1– o‘simlik; 2– chigirtka; 3– baqa; 4– ilon;
5– burgut; 6– chirituvchi bakteriya va zamburug‘lar.
Oziq zanjirining biror halqasi uzilsa, keyingi halqaga ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan, yomg‘ir kam yog‘gan yillarda o‘simliklar yax-
shi rivojlanmaydi. Natijada chigirtkalar kamroq bo‘ladi, chigirtka
bilan oziqlanuvchi qushlar, hasharotxo‘r qushlarni iste’mol qiluvchi
yirtqich qushlarning soni ham kamayadi.
Tirik organizmlar bir-biriga va tashqi muhitga ta’sir ko‘rsatib,
doimo aloqada bo‘ladi.
• ekologik omil
• yashash muhiti
• biotsenoz
• produtsent
• konsumentlar
• redutsent
1. Ekologik omil deganda nimani tushunasiz?
2. Antropogen omillarga nima kiradi?
3. Oziq zanjiri nima?
4. Biotsenoz tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
1
2
3
4
5
6
6–Biologiya, 5
http://eduportal.uz
82
5. Agar oziq zanjirining biror halqasi uzilsa, qanday oqibatlarga
olib keladi?
1. Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligida qo‘ylar-
ning soni kamayib borayotganligi aniqlandi. Tekshirish natija-
sida bunga sabab bo‘rilar ekanligi taxmin qilindi. Bu muammo
muhokama qilinib, bo‘rilarni yo‘qotishga qaror qilindi. Bo‘rilar
o‘ldirilgach, dastlab qo‘ylar soni ortdi, lekin ma’lum vaqtdan
keyin qo‘ylardan tashqari, boshqa tuyoqli hayvonlar ham kasal-
likdan qirilib keta boshladi. Nima sababdan bunday holat yuz
berdi? Bu muammoni qanday hal qilish mumkin edi? Siz qan-
day yo‘l tutgan bo‘lar edingiz?
2. Olimlar tomonidan bir hududdagi quyon va tulkilar soni yillar
davomida tekshirilgan. Tekshirish natijalari jadvalga solinganda
75-rasmdagi natija olingan. Jadvalni diqqat bilan ko‘zdan ke-
chiring. Jadval asosida quyidagi savollarga javob yozing.
1. Qaysi yillarda quyonlar soni ko‘paygan?
2. Quyonlarning eng ko‘p va eng kam miqdorini aniqlang.
3. Tulkilar va quyonlar sonining ortishida qanday bog‘liqlik
bor?
4. Bu tajribadan qanday xulosa qilish mumkin?
75-rasm.
Quyon va tulkilar sonining yillar davomida o‘zgarishi.
quyon
tulki
http://eduportal.uz
83
Do'stlaringiz bilan baham: |