Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

2. K. Linney sistemasi. 
O`simliklar bilan hayvonlarning sun’iy sistemasini mashhur shved olimi Karl 
Linney (1707—1778) rivojlantirdi. Uning bu sohadagi mulohazalari «Tabiat 
sistemasi», (1735) «Botanika asoslari», (1736), «Botanika falsafasi», (1751) 
«O`simlik turlari», (1753) kabi asarlarida yoritilgan. U butun tabiatni 3 ta katta 
guruhga: minerallar, o`simliklar va hayvonlarga ajratdi. O`simliklar bilan hayvonlar 
sistemasiga sinf,
 
tartib

avlod
,
tur

variatsiya kategoriyalarini kiritdi. U o`z ilmiy 
faoliyatida o`simliklar bilan hayvonlarning aniq hamda tushunish oson bo`lgan 
sistemasini tuzishga intildi. Linney qayd qilishicha, sistematikaning asosiy birligi 
tur hisoblanadi; tur avlodlarga, avlodlar esa turkumlarga, turkumlar o`z navbatida 
sinflarga birlashtirildi. Sistematikaga binar nomenklaturani — qo`shaloq nomni, 
ya’ni har bir formani avlod va tur nomi bilan atashni K. Linney joriy etgan. 
Chunonchi, xonaki mushukni 
Felis domestica 
deb atagan. Bunda
 Felis
— latincha 
mushuk degan ma’noni (avlod), 
domestica
— xonaki tur degan ma’noni anglatadi. 
Linney mushuklar avlodiga yovvoyi mushuk -
Felis coitus, 
shyer-
 Felis
1eo, yo`lbars - 
Felis tigris 
ni ham kiritgan. Mushuklar avlodi boshqa yirtqich hayvonlar avlodi bilan 
birgalikda yirtqichlar turkumiga kiritilgan. Yirtqichlar turkumi boshqa hayvonlar 
turkumi bilan sut emizuvchilar sinfiga birlashtirilgan va hokazo. 
Linney o`sha davrda fanga ma’lum bo`lgan barcha o`simliklarni sistemaga 
soldi va 24 sinfga ajratdi (1-rasm). Gulli o`simliklarni sistemaga solishda ularning 
generativ organlari tuzilishini asos qilib oldi. 1—13 gacha sinf changchilarning soniga 
qarab ajratildi. 14—15-sinflarda changchilarning uzun-qisqaligi, 16—20-sinflarda 
ularning o`zaro qo`shilganligi, 21—23-sinflarda changchilarning bir yoki ikki xil 
o`simlikda joylashganligi e’tiborga olindi. 24-sinf esa «yashirin nikohlilar» deb 
nomlanib, unga qirqquloqlar, moxlar, suvo`tlar, zamburug`lar kiritildi. Albatta, 
faqat ayrim belgilarga qarab tuzilgan sistema hech vaqt tabiiy sistema bo`la 
olmaydi. Masalan, sabzi bilan smorodinaning changchisi 5 ta bo`lganligi uchun 
Linney sistemasida ular 5-sinfga, qamish, sholi, qoraqatning changchisi 6 ta 
bo`lganligi uchun 6-sinfga kiritilgan. Vaholanki, hozirgi zamon tabiiy sistemasiga 
ko`ra, sholi bilan qamish gulli o`simliklarning bir pallalilar, qolganlari esa ikki 
pallalilar sinfiga mansub. Sabzi soyabonguldoshlar, qoraqat qoraqatdoshlar, sholi, 
qamish boshoqdoshlar oilasining vakillaridir. 
Linney o`zi tuzgan sistema sun’iy ekanligini yaxshi tushunar edi. Shu sababli 
u tabiiy sistema tuzishga urindi. Oqibatda barcha o`simliklarni 67 ta tartibga 
ajratdi. Lekin bunda ularning keskin farq qiladigan belgilariga asoslanmaganligi 
sababli amalda sun’iy sistemani afzal ko`rdi va u faqat tabiiy sistema tuzilguncha 
xizmat qilishini, sun’iy sistema o`simliklarni tanib olishga, tabiiy sistema esa 
o`simliklarning tabiatini bilishga o`rgatishini qayd qildi. 
Linney hayvonlarni ham sistemaga soldi. Bunda ularning qon aylanish va 
nafas olish sistemasini asos qilib oldi. Uning sistemasida barcha hayvonlar 6 
sinfga bo`lindi. Ular sut emizuvchilar, qushlar, amfibiyalar (sudralib yuruvchilar, 
suvda ham quruqda yashovchilar), baliqlar, hasharotlar hamda chuvalchanglar sinfi 
edi. Hozirgi zamon sistemasidan farq qilib, hayvonlarni klassifikatsiyalashda Linney 
oddiydan murakkabga qarab emas, balki murakkabdan oddiyga tomon borgan. 
Aslini olganda, bu sistema antik dunyo olimi Aristotel sistemasidan farq qilmagan. 


18 
1-rasm. 
Linneyning o`simliklar sistemasi. 
Linneyning umurtqali hayvonlar sistemasi to`g`risidagi fikrlari nisbatan to`g`ri 
bo`lsada, umurtqasiz hayvonlarda uning sun’iyligi ko`zga yaqqol tashlanadi. 
Umurtqasiz hayvonlarning hasharotlardan tashqari barcha vakillari chuvalchanglar 
sinfiga kiritilishi bunga yaqqol misoldir. Hayvonlar sistemasining sun’iyligi 
umurtqali hayvonlar sinflari ichidagi kategoriyalarda ham namoyon bo`ldi. Masalan, 
tish sistemasining tuzilishiga qarab, Linney kaltakesak, yalqov, chumolixo`r, morj va 
filni bir turkumga, tumshug`ining tuzilishiga qarab, tovuq va tuyaqushni boshqa 
turkumga kiritgan. Biroq Linney sistemasida ko`p hayvonlar to`g`ri joylashtirilgan. 
Chunonchi, uning sut emizuvchilar, qushlar, baliqlar to`g`risidagi sistemasi 
hanuzgacha o`z qimmatini yo`qotgani yo`q. Ko`p turkumlar ham kelib chiqishiga 
ko`ra qarindosh bo`lgan hayvonlarni o`zida mujassamlashtirgan. Kemiruvchilar 
turkumiga olmaxon, jayra, baliqsimon sut emizuvchilarga kashalot, kit, 
delfinlarning kiritilishi aytib o`tilgan fikrga yaqqol misoldir.
 
Linney hayotining so`nggi yillarida to`plagan juda ko`p dalillarga asoslanib, tur 
ichida o`zgarish sodir bo`lishini, tur xillari iqlim, tuproq, shamol, oziq va boshqa 
omillar ta’sirida paydo bo`lishini qayd qildi. «Tabiat sistemasi»ning 10 nashridan 
boshlab Linney juda ehtiyotkorlik bilan «bir avlodga kiruvchi turlar dastlab bir tur 
bo`lgan, keyinchalik ular chatishib, pushtli duragaylar berish orqali ko`paygan 
bo`lishi mumkin» deydi. U qamishning 4 ta turi o`zaro o`xshashligini ta’kidlab, 
«ular bir vaqtlar yagona bir turdan vujudga kelgan bo`lishi mumkin» deb taxmin 
qilgan. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish