16
II
bob
. UYG`ONISH DAVRIDA TABIIYOT FANI TARAQQIYOTI.
Tayanch tushunalar va bilimlar:
Yevropada uyg`onish davri.
Sistematika fani
K.Linney o`simliklar va hayvonlar sistematikasi. Preformizm va epigenez,
Transformizm va kreatsionizm. J.Kyuve va J.Sent-Iler ishlarining mohiyati.
1.
Uyg`onish davrining umumiy tavsifi.
Tabiatni hozirgacha tadqiq etish solnomasi Yevropada XV asriing ikkinchi
yarmidan boshlangan. Bu davr fanda «uyg`onish» davri deb atalgan.
XV asrning ikkinchi yarmi buyuk geografik kashfiyotlar bilan xarakterlanadi.
XV asrda Afanasiy Nikitin quruqlik orqali, Vasko da Gama dengiz yo`li orqali
Hindistonni kashf etadilar.
Vaholanki, ulardan anchagina oldin O`rta Osiyolik
olimlardan Abu Rayhon Beruniy, Nosir Xisrav, keyinchalik Zahiriddin Muhammad
Bobur, Muhammad Haydar Mirza Afg`oniston orqali Hindistonga borganlar.
Abdurazzoq Samarqandiy esa g`arbdan Hind okeani orqali kemada borib,
Hindistonning janubiy hududlarida bo`lgan. Xristofor Kolumb 1492—94
yillarda
Amerika, Kuba va Antil, Porto-Riko, Yamaykani kashf etadi va Abu Rayhon
Beruniyning yer kurrasining g`arbiy pallasida katta quruqlik borligi to`g`risidagi
taxminini amalda isbotlab bergan. Amerigo Vespuchchi esa 1501 yili Janubiy
Amerika sohillarini tekshirgan. 1519—1522 yillarda
Fyernand Magelland yer
kurrasini birinchi marta aylanib chiqqan. Nihoyat, 1770—1771 yillarda ingliz
Djeyms Kuk Avstraliyani kashf etadi. Shu tariqa dunyoning hozirgi zamon xaritasi
yaratilgan. O`zga yerlar aholisi bilan savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalar bog`lanishi
Yevropadagi ko`pgina davlatlarda ishlab chiqarishni kengaytirishga imkon bergan.
Oqibatda XV asrning oxiriga kelib, Yevropaning ko`p davlatlarda ishlab
chiqarishning asosiy tarmoqlari bo`yicha texnikaviy inqilob amalga oshgan. 1665
yili bug`
mashinasi, 1667 yilga kelib mexanik mashina kashf etilgan. Jamiyatning
rivojlanishi fan, adabiyot, san’at va texnikaning keng ko`lamda rivojlanishi uchun
shart-sharoit vujudga keltirgan. Shu sababli bu davrga kelib,
Yevropadagi Oksford,
Kembridj, Rim, Parij, Praga, Vena kabi yirik shaharlarda dastlabki universitetlar
tashkil etilgan. Ular tabiiy-ilmiy bilimlarni tarqatish manbaiga, ilm-fan durdonalarini
saqlash markaziga aylanadi. Bu davrda uzoq joylarga safarga chiqmagan 4-5 tilda
gaplasha olmagan, bir necha sohada ijod qilmagan bironta buyuk kishi deyarli
topilmas edi.
XV—XVIII asrlarga kelib, geografiya, fizika,
matematika, astronomiya,
kartografiya birmuncha rivojlandi. Polshalik olim Nikolay Kopernik o`z
tadqiqotlariga asoslanib, yunon astronomi Ptolomeyning geosentrik sistemasi
noto`g`ri ekanligini va yer boshqa sayyoralar singari Quyosh atrofida hamda o`z
o`qi atrofida aylanib turishini isbotlab berdi va geliosentrik nazariyaga asos soldi.
Italiyalik olim Jordano Bruno (1548—1600) Kopernik ta’limotini rivojlantirdi
hamda
koinot bepoyon, bizning Quyosh sistemamiz koinotdagi yagona sistema
emas, balki koinot bir necha sistema va dunyolardan tashkil topgan, uning
rivojlanishi qarama-qarshi kuchlar kurashidan iborat, deb ta’kidladi.
O`rta asrlardagiga qaraganda uyg`onish davrida tabiat to`g`risidagi bilimlar
anchagina rivojlangan bo`lsada, XV—XVIII asrlarda tabiat o`zgarmas
bir-biridan
ajralib qolgan, o`zaro bog`liq bo`lmagan alohida narsa-hodisalarning tasodifiy
to`plami, deb e’tirof qilingan va undagi rivojlanish jarayoni inkor etgan.