188
yiroq emas. Bu hodisa mazkur ikki tur chatishishidan hosil bo`lgan F
1
duragaylarning
xromosomalari kon’yugatsiyasida ko`zga yaqqol tashlanadi. C
.Kotshijana
(n-4) turi
qayd qilingan usul bo`yicha C
. foetiga
(
n
-5) ga yaqin turdan kelib chiqqan.
Sarex
(iloq) avlodida aneuploidiya qatorlari ayniqsa keng o`rin oladi. Unda 12 tadan 43
tagacha xromosomali formalarni uchratish mumkin.
Hujayralarning mitoz va meyoz bo`linishi xromosomalarning bo`g`indan-
bo`g`inga doimiy sonini saqlovchi mexanizm bo`lib xizmat qiladi. Axromatin
iplarining qisqarish funksiyasining yo`qolishi yoki sentriolalarda ro`y
beradigan
o`zgarishlar tufayli ba’zi hollarda tsitokinez bo`lmasa ham xromosomalar soni
endomitoz yo`li bilan karrali ortadi. Bunga
poliploidiya
deyiladi. Eski tur xromosoma
genomining bir necha hissa ortishi hisobiga yangi turlar paydo bo`lishi mumkin.
Ular poliploid turlar bo`lib, simpatrik usulda yangi turlar hosil bo`lishiga yaqqol
misoldir. Tabiatda, ayniqsa, o`simliklar orasida poliploid turlar keng tarqalgan.
Aniqlanishicha, gulli o`simliklarning ⅓ qismi poliploid turlardan tashkil topgan.
Akad. P. M. Jukovskiy ta’biri bilan
aytganda, insoniyat asosan poliploid o`simliklar
hisobiga oziqlanadi. Xromosomalar sonining karrali ortishi natijasida yaqin turlar
paydo bo`lib, poliploid qatorlar hosil qiladi.
Triticum, Avena, Rosa, Uicia, Crepus,
Purus, Gossupium, So1anum
va boshqa avlodlar poliploid qatorlarga misol
bo`ladi. Masalan, xrizantema avlodiga mansub turlarda
xromosomalarning gaploid
to’plami 9 ga teng. Ular diploid to’plamida 18, 36, 90 xromosomali turlar,
Nicotiapa
avlodida 24, 48, 72 xromosomali turlar,
Triticum
avlodida 14, 28, 42 xromosomali
turlar uchraydi.
37-rasm.
Evrosiyo florasida tarqalgan poliploid turlarning gulli o`simliklarning
umumiy turiga nisbati (%). Poliploid turlar Arktikada va baland tog`
rayonlarida ko`p uchraydi.
189
Binobarin, ana shu ma’lumotlarga asoslanib, yangi
turlar dastlabki turga
kiruvchi organizmlar genomining 4, 6, 8, 10 hissa ortishi hisobiga hosil bo`lganligini
ko`rish mumkin. G`o`za avlodida 26 va 52 xromosomali turlar bor. G`o`zaniig 52
xromosomali turlari 26 xromosomali tur duragayi xromosoma to’plamining ikki
hissa ortishi hisobiga ro`yobga chiqqan degan taxminlar bor. Hayvonot
dunyosida poliploid usulda tur paydo bo`lish hodisasi juda kam uchraydi. Ular
hozirgacha askaridalar, yomg`ir chuvalchanglari, uzuntumshuq qo`ng`izlar,
tut ipak
qurti, losos balig`i va boshqa ba’zi bir hayvonlar guruhida aniqlangan. Poliploid
turlar hayot uchun noqulay bo`lgan shimoliy kenglikda, baland tog`li rayonlarda
ayniqsa keng tarqalgan. Masalan, Islandiyada gulli o`simliklarning 55%, O`rta
Yevropada 40 % poliploid tur hisoblanadi (37-rasm).Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar
ham diploid o`simlik turlariga nisbatan poliploid o`simlik
turlari muhitning noqulay
sharoitiga ko`proq moslaShuvchan ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: