Faoliyatning psixologik tahlili Shaxs va uning faolligi


Motivlarning anglanganligi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish muammosi



Download 199,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana18.02.2022
Hajmi199,39 Kb.
#456522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu Faoliyatning psixologik tahlili

Motivlarning anglanganligi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish muammosi
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni xatti-harakatlarimizning 
sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida 
keltirilgan barcha misollar va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki 
bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga 


erishayotganligi yoki mag’lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham 
ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo’lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy 
xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha 
“attitud”
) hodisasi 
orqali tushuntiriladi. 
Ustanovka
– bu ibora psixologiyada inson xatti-harakatining anglanmagan 
programmasi sifatida tushuniladi. Inson doimiy bajaradigan xatti-harakat dastavval 
anglanilgan holda amalga oshadi va u takrorlangani sari beixtiyor, avtomatlashgan 
holatga o’tib boradi. Aynan shunday anglanilmagan harakat rejasi 
ustanovka
deb 
ataladi. Shaxsdagi maqbul harakatlar muntazam takrorlanishi natijasida unda 
maqsadga muvofiq faoliyat ustanovkasi shakllanadi. Binobarin, shaxsning doimiy 
faoliyati va xulqini kuzatgan holda unda qay mazmundagi ustanovkalar ustuvor 
ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. 
Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman 
anglangan motivlariga kiradi. Masalan, bir kishiga badiiy adabiyotdan aynan bir 
guruh asarlar yoqadi. Lekin nima uchun xuddi shu asarlar guruhi yoki shu adib 
yoqishini tushunmaydi. O’sha guruhdan yangi bir kitob qo’lga kirganda u albatta 
yoqishi kerak degan tasavvurda bo’ladi. Shu ma’noda olib qaralganda, ijtimoiy 
ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosabatlarga o’xshaydi. Lekin aslida uning 
tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar 
ham, shaxsiy ma’no ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham o’z ifodasini topadi. 
Ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy obyektlar, hodisalar, guruhlar va shaxslarni 
idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatiki, u 
bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. 
Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog’imiz muqaddas, nemis 
investorlarga ishonamiz, negrlarga rahmimiz keladi, tijorat ishlari bilan 
shug’ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hokazo. Bu 
tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o’rnashib 
qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o’tgan hissiyotlarni boshdan 
kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo’lib, ularning 
mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va 
uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ro’yobga chiqadi. 
Ijtimoiy ustanovka muammosi G’arbda, ayniqsa, AQShda har taraflama 
chuqur o’rganilgan muammolardan hisoblanadi. Amerikalik olimlar ustanovkani 
shaxsning avvalgi hayotiy tajribasiga, undagi ijtimoiy tasavvurlarga bog’liqligini 
o’rganib, shaxs xulq-atvorini turli sharoitlarda boshqaruvchi mexanizm ekanligini 
isbot qildilar. Ular ijtimoiy ustanovkani bir so’z bilan – “
'attityud
” so’zi bilan 
ifodalaydilar. 1942 yildayoq M.Smit attityudning uch komponentli tizimini ishlab 


chiqqan. Unga ko’ra attityudda uch qism bo’lib, bular kognitiv, affektiv hamda 
konativ qismlaridir. 

Download 199,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish