Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida


Bilimni tekshirish uchun savollar



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/100
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#456252
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100
Bog'liq
fayl 545 20210428

Bilimni tekshirish uchun savollar
1. Tabiatshunoslik darslarida turli uslublardan foydalanish haqida nima deya olasiz? 
2. Tashkiliy uslublar va ularning ahamiyati nimadan iborat? 
3. Texnik uslublar nima, ularning turlariga nimalar kiradi? 
4. Mantiqiy uslub va uning xususiyatlari nimalardan iborat? 
5. O’qitishda tadqiqiy yondashishning mohiyati nimada? 
6. Tabiatshunoslikni o’qitishda o’quvchilarning qanday faoliyatlari 
rivojlantiriladi? 
7. Tadqiqiy metoddan foydalanib, o’qituvchi o’quvchilar bilan qanday ishlarni 
amalga oshiradi? 
8. Qanday dars muammoli dars bo’la oladi? 
9. Muammoli dars qanday bosqichlarni o’z ichiga oladi? 
 
 
15-MAVZU. TABIATSHUNOSLIKNI O’QITISHNING SHAKLLARI. DARS 
TABIATSHUNOSLIKDAN OLIB BORILADIGAN O’QUV TARBIYA 
ISHINING ASOSIY SHAKLI EKANLIGI. 
Reja: 
1.
 
Tabiatshunoslik darslarining tiplari.
2.
 
Yangi material o’rganiladigan dars.
3.
 
 O’quv - tajriba maydonchasidagi dars
.
 
 
Maktabda o’quvchilarga ta'lim va tarbiya berish o’quv ishlarining muayyan 
shakllarida amalga oshiriladi. 
O’qitishning shakli tarbiyaviy ta'lim jarayonida o’qituvchi tomonidan 
foydalaniladigan o’quvchilarning o’quv, idrok qilish faoliyatini o’tkazish (sinfda, 
tabiatda va shu kabilarda) sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir. 
Maktablarda o’rganiladigan barcha predmetlar uchun o’quv ishlarining 
asosiy shakli darsdir. Darslarda davlat dasturi va ma'lum darajada darslikda belgilangan 
o’quv materiali o’qitiladi. Darslarga qatnashish o’quvchilarga majburiydir. 
Dars deganda ma'lum fanlardan, ma'lum hajmdagi bilimlarning ma'lum 
yoshdagi o’quvchilar guruhiga, maxsus tayyorgarligi bo’lgan mutaxassis 
tomonidan berilishi tushuniladi. Darsning samaradorligini oshirish, beriladigan 
bilimlar saviyasini ko’tarish, nazariy bilimlarni hayot bilan bog’lab olib borish, yangi 
pedagogik texnologiyani qo’llab dars o’tish o’quvchilarning tabiatshunos-likdan 
olgan bilimlarini e'tirof etish o’quvchilarda tabiatshu-noslikdan bilimlarni 
o’zlashtirishga yanada qiziqish uyg’otadi, ular bilimini mustahkamlashga yordam 
beradi. 
Darsda butun ta'lim-tarbiya tizimi: o’qitishning metodlari, uslublar va 
vositalar kompleksi amalga oshadi. 
Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilar dasturga muvofiq, o’qituvchi 
rahbarligida nazariy bilimlar, amaliy o’quv va ko’nikmalar oladilar. o’qituvchi 
materialni o’quvchilarga tushunarli bayon qilib, xilma-xil o’quv, ko’rgazmali 
qurollardan foydalanib, zarur tushuntirishlar beradi, o’quvchilarga darslik bilan 
mustaqil ishlash, o’z bilimlaridan amalda foydalanish o’quvlarini singdiradi. 
Darsda har xil metodlarning qo’llanilishi yangi mavzuni to’liq va ravshan 
yoritishga imkon beradi, o’quvchilarni kamroq charchatadi, faolligini oshiradi. 


Dars ta'lim jarayonida o’quvchilar jism va voqealar bilan tanishibgina 
qolmasdan, balki ular haqida fikrlaydilar. Bu esa o’z navbatida, o’quvchilarda 
tabiatning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlarni shakllanishiga olib keladi. 
Darsning tarbiyaviy mazmun kasb etishi, berilayotgan material mazmuni 
bilangina chegaralanib qolmasdan, balki o’quv materiallarini egallash usullari 
bilan xarakterlanadi. 
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasida o’quv ishlarining ko’p xildagi 
shakllari qaror topgan. o’simlik, hayvon va odam hayoti hamda tabiat taraqqiyotining 
qonuniyatlari o’iganiladigan maktab kursining mazmuni maktabda shu fanni o’qitish 
tizimining o’ziga xosligini belgilaydi. 
Tabiatshunoslik o’qitishning asosiy shakli - darslarga qo’shimcha holda maktab 
amaliyotida o’qituvchining o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv ishlarining 
boshqa shakllari tarixan vujudga kelgani 
Metodikjihatdan to’g’ri tashkil etilgan o’qitish jarayonida shu o’qitishning 
barcha shakllari asosiy shakl - dars bUan o’zaro bog’liqdir. Ular tabiat haqidagi 
tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni, amaliy ko’nikmalarni rivojlantiradi. 
Tabiatshunoslik daislarida o’qituvchi barcha o’qitish metodlarini: og’zaki, 
ko’rgazmali va amaliy metodlarni qo’llaydi. U o’simlik va hayvonlarni namoyish 
etadi. Amaliy ishlarni bajarish yo’li bilan o’quvchilarni ayrim organizmlarning tashqi 
va ichki tuzilishi bilan tanishtiradi. 
Ammo darslarda uzoq kuzatishni talab qiluvchi o’simlik yoki hayvonning 
rivojlanish jarayoni, har xil organizmlarning tabiiy sharoitlarda biigalikda 
yashashlarini ko’rsatib bo’lmaydi. Shuning uchun ham tabiatshunoslik o’qitish 
metodikasida darslarni to’ldiravchi maxsus shakllar qo’llaniladi. Ekskursiyalar 
tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida yoki muzeylarda, 
o’simlik va hayvonlar bilan tanishtiradi. o’rganilayotgan materiallar, tushunchalar 
yig’indisiga kiradi yoki ilgari qaror topgan tushunchalarni mustahkamlaydi, 
aniqlaydi, chuqurlashtiradi, umumlashtiradi. 
Ekskursiyalar darslar bilan chambarchas bog’lanadi, ekskursiyada ko’rilgan 
obyektlar kurs davomida ko’p marta esga olinadi, to’plangan narsalar esa namoyish 
qilinadi. Yakunlovchi ekskursiyalarda o’quvchilar ilgari olgan bilimlarini 
qo’llab, topshiriqlar bo’yicha mustaqil kuzatishlar o’tkazadilar va material yig’adilar. 
Darsning psixologik tugallanganligi dars davomida o’quv-chilarning 
egallagan bilimlaridan, ko’nikmalaridan bilinadi. Bu darsning uslubiy tugallanishiga 
qo’yilgan didaktik masalani mu-vaffaqiyat bilan yechishga imkon beradi va darsning 
mazmuni maqsadiga mos kelganligini ko’rsatadi. 
Tashkiliy aniqlikning zarurligi materialni bo’laklarga bo’lish, o’qitish 
usullarini tanlash va darsning turli elementlarining o’zaro munosabatlari bilan 
belgilanadi. 
Didaktik maqsad darsdagi asosiy ish turini aniqlaydi (yangi materialni 
o’zlashtirish, uni qaytarishdan iborat). Didaktik maqsadga qarab darsga vaqt 
ajratiladi. o’qitish uslublari va darsning to’liq tuzilishi belgilanadi. 
Tabiatshunoslik darslariga qo’yiladigan umumiy talablar quyidagi 
vazifalardan kelib chiqadi: 


1. o’quvchilarni tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar, vatanimiz tabiatining 
xilma-xilligi, yerning shakli va relyefi, odam oiganizmi va uning salomatligini 
muhofaza qilish to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantirish; 
2. Botanika, geografiya, yuqori sinflarda Odam anatomiyasi bo’yicha o’quv 
materialini o’zlashtirib olishga tayyorlashga yordam beruvchi puxta o’quv va 
ko’nikmalarni shakllantirish; 
3. O’qitishning tarbiyaviy samaradorligini oshirish; 
4. Rivojlanishning har tomonlama garmonik bo’lishiga erishish; 
5. Tabiatshunoslik xarakteridagi kitob va jurnallardan bilim olish uquvlarini 
hosil qilish; 
6. Tabiatshunoslikni o’rganishga qiziqishni shakllantirish; 
7. Mehnatsevarlikni, maktabda va o’quv-tajriba maydonchasida mehnat qilish 
xohishini tarbiyalash. 

Talablaraing bu guruhlarini shartli ravishda quyidagi: 

ta'lim-tarbiyaviy; 

didaktik; 

psixologik; 

gigiyenik talablarga birlashtirish mumkin. Ularning har biri ustida to’xtalib 
o’tamiz. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish