EOP sifatida fotodiodlar (3.19, b rasm) yoki fototranzistorlar (3.19, v rasm)
ishlatiladi.
Svetovod sifatida optik kabellar ishlatiladi (OK).
Optik kabelning tipik
konstruktsiyasi 3.20, a-rasmda keltirilgan, 6 kvartsning o`zagi OKning ishlovchi
qismi
hisoblanadi, 5 optik tola tashkil etish qobig‘i. Optik tolada yorug‘likni
tarqalishi 3.20, b-rasmda ko`rsatilgan.
Optik-tolali aloqa liniyasi (VOLS) katta hajmli ma`lumotlarni uzatish va boshqarish
ta`sirini qayta ishlash, sistemalarida ishlatiladi
10.6 Interfeyslar ,
signallarni
sinflari , chiqishlarini vazifalari
9.6.1 Interfeyslar
.
SHubxasiz RS-232C/CCITT V24 interfeysi mikrokomp‘yuterlar va periferiya
qurilmalari orasida juda keng tarqalgan standartli ketma-ket aloqa xisoblanadi.
Sanoat elektronikasi Assotsatsiya standarti bilan aniqlanadigan interfeys, DCE
bog‘lovchi va DTE terminalli ikki turdagi qurilmalarni borligini nazarda tutadi.
RS-232C interfeysi to`g‘risida notug‘ri fikrda bo`lmaslik uchun,
bu turdagi
qurilmalar orsidagi farqni yaxshi tushinish zarur. Terminalli qurilmalarda, masalan
mikrokomp‘yuter, interfeysga navbatdagi ma`lumotni
yuborishi yoki qabul
qilishi mumkin. Ketma-ket liniyani u (terminate) tugatganday bo`ladi. Bog‘lovchi
qurilmaga, terminal qurilma bilan birgalikda qiymatlarni ketma-ket uzatishni
soddalashtiradigan qurilma deb tushuniladi. Bog‘lovchi qurilmaga ko`rgazmali
misol bo`lib modem (modulyator-demodulyator) xizmat qiladi. U komp‘yuter va
telefon liniyasi orasidagi ketma-ket zanjirdagi bog‘lovchi zveno xisoblanadi (3.21 -
rasm).
3.21-rasm. Komp‘yuterlar orasidagi aloqa liniyasini ketma-ketligi:
1-D turidagi maxkamlangan 25 - kontaktli shtirli raz‘yom; 2-D turidagi
olinadigan 25 - kontaktli teshikli raz‘yom; 3-9- RS-232C
interfeysini kabeli; 4-D
turidagi olinadigan 25- kontaktli shtirli raz‘yom; 5-D turidagi maxkamlangan 25-
kontaktli teshikli raz‘yom; 6- telefon liniyasi; 7-D turidagi maxkamlangan 25
kontaktli teshikli raz‘yom; 8-D turidagi olinadigan 25- kontaktli shtirli raz‘yom;
10-D turidagi maxkamlangan 25- kontaktli teshikli raz‘yom; 11-D turidagi
maxkamlangan 25 - kontaktli shtirli raz‘yom;
Afsuski, terminal va bog‘lovchi qurilma
orasidagi farq bir xil emas, shuning
uchun u yoki bu qurilma qaysi turdagi qurilmaga mansub ekanligini tushunishda
ayrim qiyinchiliklar kelib chiqadi. Masalan, printer muammosini ko`rib
chiqamiz. Uni qaysi qurilmaga kiritish kerak ? Terminal
qurilmada ishlayotgan
ikkita mikrokomp‘yuterni bir-bir bilan qanday bog‘lash kerak? Bu savollarga
javob berish uchun fizik bog‘lanish qurilmalarini ko`rib chiqish lozim. RS-232C
interfeys liniyasida ozgina o`zgarish kiritib, bog‘lovchi qurilmani terminal
funktsiyasida ishlatish mumkin. Buni yaxshi bilish uchun RS-232C
interfeysini
signallarini funktsiyasini analiz qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: