- 6 -
bargchalaridan tashkil topgan uyachalar bo`lib, gullar shu uyachalarda
joylashgan. Moyli kungaboqar poyasining uchida bitta savatcha xosil bo`lsa,
yovvoyi xolda o`sadigan va xushmanzara formalarida bir nechtadan savatcha
xosil bo`ladi. Normal rivojlagan savatchaning diametri 15-40sm. Bitta to`pgulda
500ta dan 1200 tagacha gul bo`ladi. Naychasimon gullari ikki jinsli bo`ladi.
Guli tilsimon va naysimon bo`ladi. Tilsimon gullari yirik, zarg`aldoq, sariq,
jinssiz bo`lib, savatchaning chetida bir yoki bir necha kator bo`lib joylashadi.
Naychasimon gullari ikki jinsli, meva tugadigan bo`lib, to`pguldagi gul o`rnini
deyarli butunlay egallaydi. Ikki jinsli xar bir gul uchi o`tkirlashgan 2-4 ta
pardasimon kosacha bargda, och sariq rangda to`q zarg`aldoq rangacha bo`lib, bir
biri bilan qo`shilib o`sgan beshta gultojibargdan iborat gultojdan, beshta changchi
va qo`sh patsimon tumshuqchali ustunchadan tashkil topgan.
Mevasi pistacha bo`lib, u urug`, ya’ni yupqa urug` po`sti bilan qoplangan
mag`z va mag`zga yopishmay turadigan terisimon pishiq meva po`stidan iborat.
Pistacha bir qadar ko`p qirrali shaklda, bir oz cho`ziq tortgan va uchi
o`tkirlashgan bo`ladi.
Pistaning rangi oq, kulrang, qora, yo`l-yo`l va yo`lsiz bo`lishi mumkin.
Pistachaning po`chog`i o`z vaznining 26-42% tashkil etadi 1000 donasining vazni
40g dan 170g gacha yetadi. Moy miqdori 50-55% ni tashkil qiladi. Kungaboqar
pistachasining shakliga, rangiga va moylilik miqdoriga qarab uch guruxga
bo`linadi.
1. Pistachasi chaqiladigan kungaboqar. Poyasi yo`g`on bo`lib, buyi 4 m
gacha yetadi. Bargi, savatchasi yirik bo`lib savatchasining diametri 17 sm dan 45
sm gacha bo`ladi. Pistachasi yirik, qirrali qalin po`choqli bo`lib, bo`yi 1-23
mm, eni 7,5-12 mm keladi. Mag`zi (urugi )po`chog`iga yopishmagan, erkin
bo`ladi, shuning uchun xam po`chog`i qalin bo`lganligidan pistachaning juda
ko`p qismi 46-56% po`choqqa chiqib ketadi. 1000 dona urug`ning vazni 100-170
g keladi.
2. Moyli kungaboqar. Poyasining bo`yi ancha past, bir muncha ingichka
bo`ladi va odatda shoxlamaydi. Savatchasining diametri kichik 25-40 sm atrofida.
Pistachvasi ancha mayda bo`lib, bo`yi 7-13 mm, eni 4-7 mm keladi. Po`chog`i
yupqa, silliq bo`lib, mag`zi pistacha ichini butunlay to`ldirib turadi. Po`chog`i
juda kam 26-36% ga chiqadi. 1000 dona urug`ining vazni 35-70 g keladi.
3. Oraliq kungaboqar. Bu gurux birinchi va ikkinchi gurux o`rtasida oraliq
o`rinni egallaydi. Ba’zi belgilariga ko`ra u pistachasi chaqiladigan kungaboqarga
o`xshasa boshqa belgilari bilan moyli kungaboqarga o`xshab ketadi. Chunonchi
bo`yi barglarining yirik maydaligi to`liqligi jixatidan moyli kungaboqarga yaqin
turadi. Oraliq kungaboqar pistasining bo`yi 11-15 mm, eni 7,5-10 mm, po`chog`i
48-52% atrofida. 1000 dona urug`ining og`irligi 90-130 g keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: