Muhammad yusuf – vatan kuychisi



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
Sana18.02.2022
Hajmi0,7 Mb.
#453025
Bog'liq
mpdf



MUHAMMAD YUSUF – VATAN
KUYCHISI
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20-may
kuni Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo
etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi chog‘idagi yozuvchi va
shoirlar, ziyolilar bilan bо‘lgan uchrashuvida milliy
adabiyotimizni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor,
galdagi muhim vazifalar haqida sо‘z borgan edi.
Adiblar xiyobonidagi har bir adib haykalini muayyan oliy
о‘quv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, ma’rifiy
tadbirlar о‘tkazish bо‘yicha tavsiyalar berildi. Xiyobon
bilangina cheklanib qolmasdan, adiblar ijodini chuqur
о‘rganish, ularning ibratli umr yо‘llari haqida kitoblar va


filmlar yaratish, yangi asarlar yozish muhimligi ta’kidlandi.
Jumladan, О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf О‘zbekiston
davlat san’at va madaniyat institutiga biriktirildi. Ushbu
vazifalardan kelib chiqilgani holda О‘zbekiston davlat san’at
va madaniyat instituti tomonidan tadbirlar rejasi belgilab
olindi.
О‘tgan bir yil davomida О‘zbekiston davlat san’at va
madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi
bilan qator ishlar amalga oshirildi.Uning dastlabkisi, 2020-
yilning 27- may kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor
Ibrohim Yо‘ldoshev, Muhammad Yusufning turmush о‘rtog‘i
Nazira as-Salom, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
institutida tashkil etilgan “Muhammad Yusuf izdoshlari”
tugaragi rahbari, О‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, mazkur


oliy о‘quv yurti prorektorlari ishtirokida institut hududida
tashkil qilingan “Muhammad Yusuf” nomi bilan ataluvchi
kо‘shkda “Muhammad Yusuf – vatan kuychisi” mavzuida tadbir
tashkil etildi. 2020-2021 о‘quv yilidan bakalavriat va
magistratura mutaxassisliklari uchun Muhammad Yusuf hayoti va
ijodiga bag‘ishlangan maxsus kurslar tashkil qilindi.
S h u n i n g d e k , b a r c h a t a ’ l i m y о ‘ n a l i s h l a r i h a m d a
mutaxassisliklar о‘quv rejasiga Muhammad Yusuf hayoti va
ijodi bо‘yicha mavzular kiritildi.
Malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyalari
mavzulari Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bilan bog‘lab
о‘rganib borilmoqda.
Bundan tashqari shoir ijodi va hayoti aks etgan alohida о‘quv
xonasi tashkil etildi.
2020-2021 о‘quv yilida institutning “Kino televedeniye va


radio san’ati” fakulteti tomonidan “Muhammad Yusuf – Vatan
kuychisi” nomli qisqa metrajli film yaratilmoqda. Institut
professor-о‘qituvchilari, talabalari ishtirokida “Mangu
osmon”, Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dramatik dostoni
asosida “Qora quyosh” spektakllari sahnalashtirildi.
Shu bilan birga, shoir tavalludining 67 yilligi munosababti
bilan Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro
ilmiy-amaliy anjuman о‘tkazilib, ommaviy axborot vositalarida
keng yoritildi.
5 ta muhim tashabbus doirasida doimiy ravishda О‘zbekiston
xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan turli
uchrashuv va adabiy kechalar tashkil etilib, unda taniqli
shoir va yozuvchilar, shoirning oila a’zolari ishtirork etdi.


Shu bilan birga, professor-о‘qituvchilar va talabalar
ishtirokida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, Andijon
viloyati Marhamat tumanidagi Musiqa va san’at maktabi hamda
shoir tug‘ilib о‘sgan Qovunchi qishlog‘idagi u о‘qigan
maktablarda shoir ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil
etildi.


Barcha ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha “Adiblar xiyoboni”da
ochiq о‘quv darslari о‘tkazildi. Shoir ijodi namunalari
tо‘planib, dunyoning qator davlatlari tillariga tarjima
qilinib, kitob shaklida chop etilmoqda.
2020-2021 о‘quv yilidan boshlab doimiy ravishda tanlov
asosida eng ijodkor talabalar ichidan Muhammad Yusuf nomidagi
stependiyaga nomzodlar aniqlanib, ularga stipendiya joriy
etiladi.
Muhammad Yusuf she’rlariga bastalangan qо‘shiqlar tanlovi va
she’rxonlik kechalari о‘tkazildi.


Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20-may
kuni poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboniga tashrifi, Muhammad
Yusuf hayoti va ijodini о‘rganish, uni abadiylashtirish
borasida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga
berilgan topshiriqqa bir yil tо‘lishi munosabati bilan
institut jamoasi tomonidan Adiblar xiyobonida kun davomida
о‘tkazilgan navbatdagi madaniy-ma’rifiy tadbirda ana shular
haqida sо‘z bordi.


Shu yerning о‘zida mazkur oliy ta’lim muassasasi talabalari,
professor-о‘qituvchilari tomonidan shoirning turli
mavzulardagi she’rlaridan namunalar о‘qildi. Shoir she’rlari
asosida yaratilgan qо‘shiqlar ijro qilindi. Zamondoshlari
tomonidan Muhammad Yusuf haqidagi iliq xotiralar yana bir
bora yodga olindi.
Matbuot kotibi

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish