32
edi. Uning davrida Afina floti Peloponnes qirg‗oqlarida faol urush harakatlarini boshladi.
Afinaliklar mil.avv. 425-yil Messeniyadagi muhim Pilos hududi va uning qarshisidagi
Sifakteriya orolchasini bosib oldilar. Spartaliklarning ahvoli og‗irlashib qoldi. Ular urush
harakatlarini shimolga - Frakiyaga ko‗chirdilar. Bu yerdagi bir qancha shaharlar Afina bilan
ittifoqdan chiqdi. Mil.avv. 422-yilda Amfiopol shahri yaqinida katta jang bo‗lib, har ikki
tomondan ko‗plab qurbonlar berildi. Afinaliklar Kleon boshchiligida jangda yengildilar.
Yunonlar uchun urush faqat ba‘zida bosqinlar o‗tkazish va dushman shaharini qamal
qilish bilan cheklangan. Chet el bosqinchilari bilan urush siyrak bo‗lgan. Sarkardalar o‗z
askar- larining intizomi, jangovar qobilyatiga, jang bo‗ladigan joyda qulay o‗rnashishga
suyangan. Jang boshlanishi bilan jangchilarni boshqarish qiyin bo‗lgan.
Bir yoki bir necha
sarkardalarning o‗limi yoki qochishi, qo‗shinda hujumga o‗tishga qo‗rquv, vahimaga, to‗s-
to‗polonga sabab bo‗lgan. Yunon qoshinining asosiy qismi og‗ir qurollangan piyodalar
(goplitlar) bo‗lib, ular yelkama-yelka saf tortib (falanga) jang qilganlar. Ular bardosh berib,
safni buzmay o‗z qatorlari bilan himoya qilinganlaar. Lekin ular vahimaga tushsalar, saflari
buzilib, dushman 30 kg og‗irlikdagi qurol-aslahali goplitlarni yakka-yakka to‗zitib yuborishi
oson bo‗lgan.
Ahmoniylar bu urushda har ikki raqib tomonlar bilan mu- nosabatda o‗z
foydasini
ko‗zlab ish olib bordilar. Kariya satrapi, tajribali diplomat Tissafern Kichik Osiyodagi yunon
koloniyalarini fors davlatiga qaytarish sharti bilan mil.avv. 412-yil Spartaga yordam ko‗rsatdi.
Mil.avv. 411-yilda esa u Alkiviad vositachiligida Afina bilan muzokara olib bordi. Har ikki to-
mondagi urushni davom ettirish tarafdorlarining kuchlari zaif - lashdi. Natijada Afina bilan
Sparta o‗rtasida 50 yil muddatga tinchlik shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Afinaning
elchi- si Nikiy nomi bilan Nikiy shartnomasi deb ataldi. Ammo bu tinchlik uzoqqa bormadi.
Afinada mil.avv. 420-yilda Sparta bilan urushni davom ettirish tarafdorlari Periklning jiyani
Alkiviad boshchiligida hokimiyatga keldilar va bir necha Peloponnes polislarida Spartaga
qarshi fuqarolarning chiqishini uyushtirdilar. Alkiviad Sitsiliyani bosib olish g‗oyasini ilgari
surdi. Bundan tashqari, Janubiy Italiya, hatto Karfagenni bosib olishni orzu qildi.
Uning
istilochilik rejalari Afinada keng qo‗llab-quvvatlandi. Mil.avv. 415-yil afinaliklar Sitsiliya
oralig‗idagi Sirakuza shahriga qarshi harbiy dengiz ekspeditsiyas - ini uyushtirdilar. Alkiviad
bu urushda qatnashmadi. Chunki u urush boshlanishida diniy jinoyatda ayblanib, Spartaga qo -
chib ketdi. Spartaning yordami bilan Sirakuza Afina qo‗shin- larini tor-mor qildi. Natijada
7000 afinalik asirga olinib, qul qilindi. Afina dengiz flotining Sitsiliyadagi halokati natijasida
uning dengiz davlati qudratiga putur yetdi. Afina ittifoqchilari bo‗lgan bir necha yirik shahar
va orollar vaziyatdan foydalanib, Afinadan ajralib ketdi.
Yunon polislarida maxfiy siyosiy ittifoqlar - geteriyalar tuzi- lar edi. Geteriyalarni
tuzishdan asosiy maqsad, saylovlarda o‗zaro yordam uchun o‗z a‘zolarini sudda himoya qilish,
diniy muloqot qilish edi. U oligarxiya va demokratiya yo‗nalishlarida tuzilgan. Afinada
mil.avv. 411-404-yillardagi oligarxik to‗ntarishlarda geteriya muhim rol o‗ynadi. Sparta o‗z
hukmronligini o‗rnatishning tayanchi deb qarab, uni qo‗llab-quvvatladilar.
Sparta Eronning yordami bilan Kichik Osiyodagi yunon sha- harlariga o‗z ta‘sirini
kuchaytirdi. Afinada hokimiyatni oligarx- lar bosib oldilar (mil.avv. 411 -yil) va ular Sparta
bilan tezda tinchlik o‗rnatish harakatini boshladilar. Peloponnes urushi- ning ikkinchi bosqichi
Dekeley urushi (mil.avv. 415-404-yillar) deb ataldi. Spartaliklar
Qora dengizga boradigan
yo‗llardagi bo‗g‗ozlarni bosib oldilar. Bu Afinani oziq-ovqat bilan ta‘minlashni qiyinlashtirdi.
Afinaning yunon dunyosidagi obro‗-e‘tibori tushib ketdi. Yunonistonda Spartaning
gegemonligi o‗rnatildi. Peloponnes urushlari davrida vaziyatga qarab, har ikki tomon- ga
yordam berib turgan, aslida Afina va Sparta munosabat- larini keskinlashtirgan Eron asta-
sekin yunon polislarida o‗z ta‘sirini kuchaytirdi. Aslini olganda, biror-bir yunon polisi bu
33
urushdan foyda ko‗rmadi, aksincha, bu urush yunon polislarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
tushkunligini tezlashtirdi.
Peloponnes urushlaridan yunon polislari ichida eng katta moddiy zararni Afina ko‗rdi. Attika
dehqonlari xonavayron bo‗ldi. Afinaning ichki va tashqi savdosi to‗xtab qoldi.
U dengiz
yo‗llaridan mahrum bo‗ldi. Afina dengiz savdosidagi yetakchi mavqeini yo‗qotdi. Kuchli
dengiz flotidan mahrum bo‗ldi. Urush oxirida pul mablag‗lari tugadi. Afinalik savdogar -
hunarmandlar boshqa yunon polis
larining kuchli raqobatiga bardosh bera olmadi. Iqtisodiy
tush- kunlik natijasida ishsizlik, ochlik yuz berdi va ijtimoiy norozilik kuchaydi. Afina dengiz
ittifoqi yemirildi. Sparta ham urushdan foyda ko‗rmadi. U rasman butun yunon shaha r-
davlatlari ustidan yetakchiga aylandi. Forslar urushdan so‗ng ko‗rsatgan yordamlari uchun
Spartadan Kichik Osiyodagi yunon sha- harlarini berishni talab qildilar. Sparta bu talablarni
baja- rishdan bosh tortdi. Oqibatda Kichik Osiyoda har ikki o‗rtada
urush harakatlari
boshlanib, bu urushda Sparta bir muncha yutuqlarga erishdi.
Forslar Spartaga qarshi yunon shaharlari Fiva, Argos, Korinf, Afina va boshqa yunon
polislari koalitsiyasini tuzdi. Natijada Korinf urushi (mil.avv. 399 -394-yillar) deb ataladigan
urush boshlandi. Urushda spartaliklar mag‗lubiyatga uchradilar. Mil. avv. 394 -yildagi Knid
yonidagi jangda Sparta dengizdagi ustun- ligini yo‗qotdi. Bundan foydalangan Afina
forslardan moliyaviy yordam olib, o‗zining yangi harbiy flotini tashkil qildi. Afina Pirey
atrofida mustahkam devorlarni qurdi. Afinaliklar Egey dengizining shimoliy qirg‗og‗ida
mustahkamlanib, bo‗g‗ozlar ustidan o‗z nazoratlarini o‗rnatdilar.
Voqealarning bunday borishi fors podshosi Artakserks II ni qanoatlantirmadi. U butun
Yunonistonni zaiflashtirishni o‗zi uchun asosiy vazifa deb hisobladi. Spartaga qarshi bo‗lgan
yunon shaharlari urush harakatlarida sezilarli yutuqlarga eri- sha boshlashi bilan Artakserks II
zaiflashib qolgan Spartaga moliyaviy yordam ko‗rsatdi. Fors podshosi Spartaga qarshi Afina,
Fiva, Argos, Korinf, Megara va boshqa polislarning birlash- masi g‗alabasiga yo‗l
qo‗ymaslikka harakat qildi. Cho‗zilib ket- gan urush harakatlari
har ikki tomon kuchlarini
keskin zaif- lashtirdi. Forslar aynan shuni istagan edi. Artakserks II har ikki tomonning yuzaga
kelgan vaziyatda Eronga tahdid tug‗dira olmasligini bilib, hakam sifatida chiqdi. Uning
vositachiligi- da mil.avv. 387-yilda Antalkid tinchlik bitimi tuzildi. Tinchlik shartlarini amalda
forslar ishlab chiqdi. Unga ko‗ra, Sparta- ning yunon dunyosidagi yetakchiligi rasman
tasdiqlandi.
Amalda esa, Spartada ijtimoiy tabaqalanish kuchaydi. Dav- lat mulki hisoblangan yerlar
ayrim spartaliklarning mulkiga aylandi. Yerni xufiya oldi -sotdisi avj oldi. Mil.avv. V asr
so‗nggi- da yunon polislari uzoq davom etgan tushkunlik pallasiga kir- di. Fuqarolarning
yopiq jamoasiga asoslangan yunon polisida
Do'stlaringiz bilan baham: