109
VIII. QURILISHNI BOSHQARISHDA INFORMATSION
TEXNOLOGIYALAR
8.1. Qurilishni boshqarishda axborotli xizmat ko‘rsatish
Qurilishni boshqarish axborotga asoslangan. Boshqaruv mehnati-bu axborot
va odamlar bilan bo‘lishdir. Shuning uchun qurilish
ishlab chiqarishini
boshqarishda axborotga tayaniladi.
Axborot – bu odamlar orasida aloqa vositasining hamda tashqi muhit,
boshqaruv va boshqariluvchi tizimda paydo bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida xabar,
bir xil ma’lumotlar yig‘indisini tashkil etadi.
Axborotsiz boshqaruv maqsadini aniqlab bo‘lmaydi, vaziyatga baho
berilmaydi, muammoni ifoda qilib bo‘lmaydi, qaror qabul qilib uni bajarilishini
nazorat qilib bo‘lmaydi.
Axborotni bo‘linishi 8.1-rasmda berilgan. Axborot
xuddi qurilish ishlab
chiqarishini boshqaruvi jarayonining asosidek bo‘lib chiqadi.
Axborotli tizim-bu samarali ishlash maqsadida, boshqaruv tizimi elementlari
orasidagi o‘zaro aloqasini ta’minlovchi, axborotli oqimlar, hujjatlar, aloqa kanallari
va texnik vositalarning tashkiliy ravishda rasmiylashgan yig‘indisidir.
Qurilish ishlab chiqaruvi boshqaruvini axborotli tizimi quyidagi guruhlar
bo‘yicha tasniflanadi:
-
axborotlarni
to‘plash
darajasi
bo‘yicha
markazlashgan
va
nomarkazlashgan;
-
axborotlarni qamrab olishi bo‘yicha-majmuaviy va lokalli;
-
axborotni belgilanishi bo‘yicha-iqtisodiy, tashkiliy,
texnologik, ishlab
chiqaruv va ijtimoiy;
-
axborot tizimi murakkabligi bo‘yicha oddiy va murakkab;
-
axborotni uzatish bo‘yicha-shaxsiy muloqot,
hujjatlashtirish, jadvalli
vosita.
Qurilish boshqaruvida foydalaniladigan axborot quyidagilarga tayanadi:
110
-
pudrat shartnomalari va kontraktlardagi axborot;
-
investitsiya-qurilish jarayoni qatnashchilarini o‘zaro harakatini tavsiflovchi
axborot;
-
investisiyaviy siklning hamma bosqichlaridagi uzilishlarini ogohlantiruvchi
axborot;
-
ish ijrochilari (bajaruvchilari) orasidagi muassasalararo va gorizontal
aloqalar haqidagi axborot;
Qurilish tashkilotlaridagi
axborotli texnologiyalar, vazifalar bilan o‘zaro
bog‘langan. Bu vazifalarni bajarilishi 8.1-jadvalda keltirilgan.
Qurilishdagi axborotli texnologiyani asosi bo‘lib shartnomalar haqidagi;
qurilish jarayoni ishtirokchilari haqidagi; hamma bosqichlarda buzilishlar
haqidagi; muassasalararo aloqalar haqidagi axborot hisoblanadi.
Axborotli texnologiyalarning vazifasi:
1.
pudrat bozorini axborotli ta’minlanish tizimini ishlab chiqish.
2.
investitsiyaviy siklning alohida aloqalari orasidagi axborotli o‘zaro
xarajatini ta’minlash.
3.investision bosqichlari bo‘yicha pulni real (aniq) harakati.
Axborotli texnologiyalar tarkibi:
1.
Pudratli bozorni boshqarish tizimi.
2.
Buyurtmachilar,
loyihalovchilar,
pudratchilarning
axborotini
integrirlangan tizimi.
3.
Avtotransport, qurilish mashinalarini boshqarish tizimi.
Yangi axborotli texnologiyalarni qo‘llash asosida, qurilishda investitsiyaviy
siklni boshqarilishini
takomillashtirish, birinchi navbatdagi yechimlarni talab
etuvchi, pudrat bozorini shakllantirish sharoitida muhim muammo bo‘lib
qolmoqda.
Investitsiyaviy doirada o‘zgarishlar bo‘lib o‘tmoqda, bunda davlat
subsidiyalari va investitsiyalari bilan birgalikda yakkaxonali (individual)
buyurtmachilar roli kuchaymoqda.
111
Manbalarni qabul qi- Boshqaruv tizim- Mazmunning tavsi- Vaqt bo‘yicha
lish bo‘yicha osti bo‘yicha fi, turi bo‘yicha
ichki iqtisodiy xabardor qiluvchi doimiy
tashqi
texnik idora qila oladigan
o‘zgaruvchan
tashkiliy boshqara oladigan tezkorlik
ijtimoiy oldindan bilish
qat’iy belgilash
Boshqaruv jarayonidagi Axborot bilan ishlash
mavqe (roli) bo‘yicha Axborotning tavsifi bo‘yicha
bo‘linishi
hisobotli statusli
rejali hisobchili
statistli
moliya- iqtisodiy
hisobchili
moliyaviy rejaviy- iqtisodiy
moddiy
nazoratli-tavtishli tezkorlik- ishlab chiqarish
Taqdim qilish prezentasiya- Foydalanish imkoniyati Harakatni yo‘nalishi bo‘-
lar darajasi bo‘yicha bo‘yicha yicha
foydali (zaruriy)
sonli
chiqadigan, jo‘natiladigan
harfli ortiqchali kiruvchi, keluvchi
o‘ziga xos raqam (kod) qo‘yish yolg‘onli (ishonchsiz)
yetarli bo‘lmagan
xatoli
Do'stlaringiz bilan baham: