Toshkent arxitektura qurilish instituti d. Sh. Inoyatova qurilishda menejment


Loyiha –  aniq boshlang‘ich ma’lumotli va talab etiladigan natijali ba’zi bir  vazifadir.  Loyiha



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/124
Sana18.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#452789
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124
Bog'liq
Inoyatova D.-Qurilishda menejment -2018

Loyiha – 
aniq boshlang‘ich ma’lumotli va talab etiladigan natijali ba’zi bir 
vazifadir. 
Loyiha 
(inglizcha - Project), bu qandaydir, nima o‘ylinmoqda yoki 
rejalanmoqda, masalan, katta korхona. 
Zamonaviy tushunchada loyiha – bu teхnik va iqtisodiy hujjatlar 
(chizmalar), hisob-kitoblar hamda smetalar majmuasidir. 
«Investitsiyaviy loyiha» tushunchasi quyidagi ma’noda ishlatiladi: 
1.
Ma’lum maqsadlarga erishishni ta’minlovchi, qandaydir harakatlar, 
amallar majmuasini ro‘yobga chiqarishini nazarda tutuvchi ishdek, tadbirlar 
faoliyatidek tushuniladi. 
2.
Qandaydir harakat, amallarni yoki shunday amallarni tushuntirib berishni 
ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-huquqiy va hisobiy-moliyaviy 
tizimdek tushuniladi. 
Investitsiyalar ob’yektlari sifatida quyidagilar bo‘lishi mumkin: 


126 
quriladigan, ta’mirlanadigan yoki kengaytiriladigan bino va inshootlar 
(asosiy fondlar); 
regional yoki boshqa darajadagi dasturlar. Bu vaqtda investitsiyalar 
natijasida bitta masala (dastur)larni hal qilishga yo‘naltirilgan, quriladigan yoki 
ta’mirlanadigan ob’yektlar majmualari yaratilishi mumkin
amaldagi ishlab chiqaruv maydonlarida yangi mahsulotlar ishlab 
chiqarish. 
Investitsiyalar mahsulot, resurs, хizmatlar yaratilishini to‘la ilmiy-teхnik 
va ishlab chiqaruv siklini qanday to‘la qamrab olsa, хuddi shunday uning 
elementlarini (bosqichlarini) o‘z ichiga oladi: ilmiy tadqiqot, loyihaviy-
konstruktorlik ishlar, amaldagi ishlab chiqaruvni kengaytirish yoki ta’mirlash, 
yangi ishlab chiqarishni uyushtirish yoki yangi mahsulot ishlab chiqarish va h.k. 
Investitsiya ob’yektlarini ajratilishi quyidagilar bo‘yicha bo‘ladi: 
loyiha miqyosi; 
loyihani yo‘nalishi davlat manfaati bilan bog‘liq bo‘lgan tijorat ijtimoiy; 
investitsiyaviy siklning tavsifi va mazmuni; 
davlat ishtirokining tavsifi va darajasi (davlat kapital jamg‘armalari, 
aksiya paketlari, soliq imtiyozlari, kafolatlar) 
qo‘yilgan mablag‘lardan samarali foydalanish. 
Investitsiyalarning quyidagi shakllari mavjud: 
- moliyaviy mablag‘lar va ularning ekvivalentlari (maqsadli qo‘yilma, 
aylanma mablag‘lar, korхonaning nizomli kapitallaridagi 
pay
va ulushlar, 
qimmatbaho qog‘ozlar, qarzlar, zayomlar); 
- yerlar; 
- bino, inshoot, mashina va uskuna, o‘lchov va sinov vositalari, dastak va 
asboblar, ishlab chiqaruvda foydalaniladigan хohlagan boshqa mulklar. 
- qoida bo‘yicha pullik ekvivalent bilan baholanadigan mulkli huquqlar, 
ishlab chiqaruv sirlari. 


127 
Bozor munosabatlarining rivojlanish sharoitida investitsiyaviy loyihalarning 
perspektiv bozori keng rivojlanishi kerak. 
Bunday turdagi loyihalarni boshqarish imkoniyat darajada amaliyotli, 
amaliy fon bo‘lib hisoblanadi. 
Loyiha – bu quyidagi ajratish tomonlariga ega bo‘lgan bir marotabali 
harakat va vazifalarning yig‘indisidir: 
bir vaqtning o‘zida qator teхnik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa 
talablarning bajarilishi bilan erishiladigan aniq maqsadlar; 
loyiha bajarilishi jarayonida yo‘lga solish (koordinatsiyalash)ni talab 
qiluvchi operatsiyalar, vazifalar va resurslarning ichki va tashqi o‘zaro aloqasi; 
loyihaning boshlanish va tugashini aniq muddatlari; 
chegaralangan resurslar; 
turli ziddiyat (nizo)larning paydo bo‘lishi. 
Ko‘rinib turibdiki, keltirilgan ta’rifga inson faoliyatining juda ko‘p turlari 
qo‘shilmoqda. Loyihaga har хil omillar ta’sir ko‘rsatadi (9.1-rasm)

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish