O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Ko‟payishi va rivojlanishi.
G‘ovaktanlilar jinssiz va jinsiy ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishi 
tashqi va ichki ko‘rtaklanish yo‘li bilan boradi. Tashqi ko‘rtaklanish tanasi sirtida bo‘rtiq paydo 
bo‘lishidan boshlanadi. Bo‘rtikda ektoderma va endoderma qavatlari, paragastral bo‘shliq va 
oskulum hosil bo‘ladi. Ko‘rtak ko‘pincha ona organizmdan ajralib ketmasdan koloniya hosil 
qiladi. Alohida individlar orasidagi chegara yo‘qolib ketganidan koloniyani tashkil etuvchi 
individlar sonini oskulumlar soniga binoan aniqlash mumkin. 
Chuchuk suv g‘ovaktanlisi bodyaga (29-rasm) ichki ko‘rtaklanish orqali ko‘payadi. 
Yozda bodyaga tashqi ko‘rtaklanish va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Lekin kuzda mezogle-
yasidagi amyobatsit hujayralar to‘planib, gemmula deb ataladigan sharsimon ichki ko‘rtakni 


hosil qiladi. Gemmula ikki qavat muguz qobiq bilan o‘ralgan hujayralar massasidan iborat. 
Qishda ona bodyaga halok bo‘ladi, gemmula qishlab qoladi. Bahorda gemmula ichidagi 
hujayralar tashqariga chiqib, suv tubiga o‘tirib oladi va yangi bodyagani hosil qiladi. 
Ko‘pchilik g‘ovaktanlilar, jumladan, hamma ohak skeletlilar - germafrodit hayvonlar. 
Jinsiy hujayralar mezogleyada amyobatsitlarning bir xili bo‘lgan arxeotsitlardan hosil bo‘ladi. 
Arxeotsitlar xivchinli kameralar endodermasi ostida joylashgan. Urug‘ hujayralari naylar 
bo‘shlig‘iga o‘tadi va oskulum orqali suvga chiqib ketadi. Spermatozoidlar yetilgan tuxum 
hujayralariga ega bo‘lgan hayvon tanasiga o‘tib, tuxumlarni urug‘lantiradi. Urug‘langan tuxum 
hujayralar dastlab ona organizmida rivojlanadi. Ohak skeletli g‘ovaktanlilarning tuxumlari 
dastlab to‘liq bir tekis bo‘lina boshlaydi. Sakkizta blastomerlik davrida hujayralar bir tekislikda 
joylashadi. Shundan so‘ng murtak ekvatorial chiziq orqali bo‘linib, 8 ta yirik va shuncha mayda 
blastomerlarni hosil qiladi. Bundan keyin yirik blastomerlar sekinroq, mayda blastomerlar esa 
tez bo‘linishi tufayli ikki xil hujayrali ichi kovak shar 
amfiblastula
hosil bo‘ladi. 
Amfiblastulaning ustki yarmisi xivchinli silindrsimon mayda hujayralar — 
mikromerlardan, ostki qavati yirik donador makromerlardan iborat. Ona organizm tanasidayoq 
amfiblastulaning yirik hujayrali qismi mikromerli qismiga botib kira boshlaydi. Lekin bu jarayon 
oxiriga yetmasdan to‘xtaydi va makromerlar yana tashqariga chiqib, lichinka amfiblastula 
holatiga o‘tadi. Bir oz suzib yurgach, mikromerli tomoni bilan substratga yopishib oladi. Bir 
vaqtning o‘zida xivchinli hujayralar blastula bo‘ shlig‘iga botib kirib, ikkinchi qavatni hosil 
qiladi (30-rasm). Amfiblastulaning yirik hujayralari esa tashqi qavatni hosil qiladi. Keyinchalik 
xivchinli hujayralar ichki qavatni va xivchinli kameralarni, tashqi hujayralar esa derma qavati, 
mezogleya
va undagi hujayra elementlarini hosil qiladi. 
Shunday qilib, ohak skeletli g‘ovaktanlilarida gastrulyatsiya jarayoni ikki marta sodir 
bo‘ladi. Birinchi marta hayvon tanasidagi amfiblastulaning yirik hujayralar qavatiga botib 
kirishidan boshlanib, gastrulyatsiya oxiriga yetmasdan lichinka yana amfiblastula holatiga 
qaytadi. Ikkinchi marta esa substratga yopishgandan so‘ng amfiblastula bo‘shlig‘iga botib kirib, 
gastrulani hosil qiladi. G‘ovaktanlilardan boshqa hayvonlar embrionida gastrula yirik 
hujayralarni blastula bo‘shlig‘iga botib kirishidan hosil bo‘ladi. Ana shu sababdan g‘ovaktanlilar 
teskari ag‘darilgan hayvonlar hisoblanadi. Bunday g‘ovaktanlilar gastrulasi esa 
psevdogastrula
(soxta gastrula) deyiladi. 
Kremniy va spongin skeletli, hamda ayrim ohak skeletli g‘ovaktanlilarda psevdogastrula 
bo‘lmaydi. Tuxum hujayradan dastlab xivchinli mayda hujayrali blastula paydo bo‘ladi. 
Keyinchalik blastula devoridagi ayrim hujayralar uning bo‘shlig‘iga botib kirib, g‘ovak massani 
hosil qiladi. Lichinka ana shu davrda 
parenximula
deb ataladi. Parenximula suv tubiga o‘tirgach, 
teskari ag‘dariladi, ya‘ni uning xivchinli hujayralari ichkariga botib kirib yoqachali xivchinli 
hujayralarga aylanadi; ichki qavat hujayralari yuzaga chiqib, tashqi qavatni va mezogleyani hosil 
qiladi. Murtak varaqlarini teskari ag‘darilishi embrional rivojlanish davomida yashash sharoitini 
o‘zgarishi bilan bog‘liq. 
G‘ovaktanlilarda regeneratsiya xususiyati juda yaxshi rivojlangan. Tanasining ayrim 
qismlari olib tashlangach, qaytadan tiklanadi. Hatto ularni maydalab, elakdan o‘ tkazilgandan so‘ 
ng hosil bo‘ladigan massadan yana hayvon tanasi shakllanadi. Bunday holda hujayralar faol 


harakat qilib birga to‘ planadi. So‘ngra hujayralar massasidan yangi organizm rivojlanadi. 
Somatik hujayralar to‘plamidan yangi organizmning rivojlanishi somatik embriogenez deyiladi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish