hujayralarni ham hosil qilish xususiyatiga ega. G‘ovaktanlilar tanasidagi deyarlik barcha
hujayralar biri ikkinchisini hosil qilishi mumkin. Masalan, xoanotsitlar
xivchinini tashlab
mezogleyaga o‘tishi va amyobatsitlarga aylanishi yoki aksincha - arxeotsitlar xoanotsitlarga
aylanishi mumkin. Bu hol g‘ovaktanlilarning
juda sodda tuzilishi, hujayralari to‘liq
ixtisoslashmaganligini ko‘rsatadi.
Odatda g‘ovaktanlilarning nerv sistemasi bo‘lmaydi. Ayrim zoologlar mezogleyada
o‘simtalari orqali o‘zaro bog‘langan yulduzsimon hujayralarni aniqlashgan. Lekin ularning nerv
funktsiyasi aniqlanmagan.
Fiziologiyasi.
Suv tana sirtidagi teshikchalardan mayda naychalar
orqali paragastral
bo‘shliqqa o‘tadi,k ohak skeletli g‘ovaktanlilarda xoanotsitlar oziqning faqat bir qismini
amyobatsitlarga uzatadi. Oziqning asosiy qismi esa xoanotsitlarning o‘zidagi
vakuollar ichida
hazm bo‘ladi. Ayrim g‘ovaktanlilarda xoanotsitlar faqat gidrokinetik (suvni haydash) funktsiyani
bajaradi. Oziq zarralarini amyobatsitlar bevosita naylardagi suvdan tutib oladi.
G‘ovaktanlilar harakatsiz, tanasi shaklini deyarli o‘zgartirolmaydigan hayvonlar.
Faqat
tashqi teshiklari - porotsitlar sitoplazmasining qisqarishi tufayli bir oz torayishi mumkin. Ayrim
g‘ovaktanlilar maxsus hujayralar — miotsitlar yordamida oskulumini xam asta-sekin qisqartirish
xususiyatiga ega. G‘ovaktanlilar ta‘sirni sezmaydi. Bu hol ularda nerv sistemasining bo‘
lmasligini ko‘rsatadi.
Skeleti.
Ko‘pchilik g‘ovaktanlilarning ohak yoki ohak-toshdan iborat qattiq skeleti
bo‘ladi. Bir qancha g‘ovaktanlilarning skeleti ohak va kremnezyom aralashmasidan iborat.
G‘ovaktanlilar orasida spongin deb ataladigan shoxsimon yumshoq skeletga ega bo‘ lgan
vakillari ham bor. Skelet elementlari mezogleyada joylashadi. G‘ovaktanlilarning mineral skeleti
ignaga o‘xshash mikroskopik tanachalar- spikulalardan iborat. Spikulalar
skelet hosil qiluvchi
hujayralar-skleroblastlarda hosil bo‘ladi. Skleroblastlar o‘lgandan so‘ng spikulalar bevosita
sitoplazmaning o‘zida joylashadi. Skeletlar shakli har xil; ular bir o‘qli, uch o‘qli, to‘rt o‘qli va
ko‘p o‘qli deb ataladigan to‘ rt guruhga bo‘linadi.
Muguz spongin skelet mezogleyda shoxlanadigan sariq rangli tolalardan iborat. Spongin
kimyoviy jihatdan ipakka yaqin, tarkibida 14% gacha yod bo‘ladi. Spongin skelet hujayralardan
tashqarida mezogleyada hosil bo‘lishi bilan mineral skeletdan farq qiladi. Elektron mikroskopiya
spongin tolalarini juda ingichka submikroskopik fibrillardan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Bu
jihatdan spongin yuksak sutemizuvchilar biriktiruvchi to‘ qimasidagi
kollagen tolalarga
o‘xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: