Mavzuning mazmuni: G‘ovak tanalilar - o‘troq yashovchi tuban ko‘p hujayrali hayvonlar. Asosan dengizlarda,
ayrim vakillari chuchuk suvlarda tarqalgan. To‘qima va organlari rivojlanma-gan, tanasi bir
necha xil hujayralardan va hujayra orasidagi moddalardan iborat. Tana bo‘shlig‘i xoanotsitlar
deb ataladigan yoqali xivchinli hujayralar bilan qoplangan. Nerv sistemasi rivojlanmagan.
Tanasida juda ko‘p mayda teshikchalari va ulardan tana bo‘shlig‘iga qarab ketadigan naychalari
bo‘ladi. Ana shu naychalar orqali g‘szaktanlilar tanasidan to‘xtovsiz suv o‘tib turadi. Deyarli
hamma vakillari ohaktosh (SaS0
3
) yoki silikat (Si0
2
)dan iborat mineral yoki organik skeletga
ega.
Tuzilishi. Tana shakli xaltaga yoki chuqurroq qadahga o‘xshash, lekin bir qancha
turlari muayyan shaklga ega bo‘lmaydi. Tanasi sirtidagi juda ko‘p mayda teshikchalar orqali
paragastral tana bo‘shlig‘i tashqi muhit bilan bog‘langan. Bu bo‘shliq tanasining yuqori
tomonidagi teshik -
oskulum orqali tashqi muhitga ochiladi. Ko‘pchilik g‘ovaktanalilar
mezogleyasi qalin bo‘lib, unda har xil hujayralar tartibsiz joylashgan.
Fovaktanalilar tanasi ikki qavat hujayralardan iborat. — tashqi ektoderma va tana bo‘
shlig‘ini qoplab turadigan endoderma hujayralaridan iborat. Ektoderma va endoderma oralig‘ida
mezogleya deb ataladigan strukturasiz kavat joylashgan. Ko‘pchilik g‘ovaktanlilar mezogleyasi
qalin bo‘lib, unda har xil hujayralar tartibsiz joylashgan (28-rasmga qarang). Skelet ana shu
mezogleyada hosil bo‘ladi. Ektoderma yassi hujayralardan iborat. Ektoderma hujayralaridagi
mayda teshikchalar juda ingichka naychalar orqali paragastral bo‘shliq bilan tutashgan. En-
doderma uzun xivchinli silindrsimon hujayralar - xoanotsitlardan iborat. Xivchinlar asosini
yupqa membrana pardadan iborat yoqacha o‘rab turadi. G‘ovaktanalilar tuzilish xususiyatiga
ko‘ra askon, sikqon va leykon deb ataladigan guruhlarga bo‘linadi (27-rasm). Askon eng sodda
g‘ovaktanlilar uchun xos bo‘ladi. Bunday g‘ovaktanlilarning mezogleyasi qalin bo‘lmaydi;
ektodermadagi poralar ingichka naychalar orqali bevosita yoqachali xivchinli hujayralar bilan
qoplangan paragastral bo‘shliqqa ochiladi. Ko‘pchilik g‘ovaktanlilarda askon faqat embrional
rivojlanish davrida ko‘rinadi. Ontogenezda askon murakkablashib, sikonni hosil qiladi.
Murakkablashuv mezogleyani qalinlashib, alohida kameralarni hosil qilishidan hamda xivchinli
endoderma hujayralarini kameralar ichida joylashishidan iborat. Leykonda mezogleya yanada
ko‘proq qalinlashadi, xivchinli kameralar mezogleyaga ko‘proq botib kiradi. Leykonning
mezogleyadagi kameralari olib keluvchi naychalar orqali tashqi muhit bilan, olib ketuvchi
naychalar orqali paragastral bo‘shliq bilan bog‘langan. Sikon va leykonning paragastral
bo‘shlig‘i ham yassi ektoderma hujayralar bilan qoplangan. G‘ovaktanlilarning xivchinli
kameralari juda ko‘p. Masalan, boyi 7 sm, eni 1 sm leyqoniyaning xivchinli kameralarining soni
2 mln dan oshadi.