qurilgan. Alp, Pirenei, Kavkaz, O‘rta Osiyo, Himolay tog‘lari ham foraminiferalar
chig‘anog‘idan hosil bo‘lgan ohaktoshlar bilan qoplangan. Ohaktoshning hosil bo‘lishida
qadimgi foraminiferalar- fuzulinlar ishtirok etgan. Bunday ohaktoshlar javdar urug‘iga o‘xshash
qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangda bo‘ladi. Turli geologik davrlarda har xil foraminiferalar turi yashab,
qirilib ketgan. Shuning uchun ulardan yer osti boyliklari, ayniqsa, neftni qidirib topish uchun
burg‘ulash ishlarida yer qatlamalari yoshini aniqlashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: