5-8 minut davom etadi. Qisqaruvchi vakuol tana bosimini tartibga solib turuvchi
osmoregulyatsiya organoidi hisoblanadi. Tashqi muhitdan amyoba sitoplazmasiga sizib
o‘tadigan suvning ortiqcha qismi ana shu yo‘l bilan chiqarib turiladi. Vakuoldagi suyuqlik bilan
birga hujayrada hosil bo‘ladigan modda almashinish mahsulotlari ham chiqarib yuboriladi.
Vakuol ishlashi natijasida sitoplazma orqali doimo suv oqib turadi. Amyoba suvda erigan kis-
lorod bilan nafas oladi.
Ko’ payishi.
Amyoba endoplazmasida faqat bitta yirik yadro bo‘ladi. Lekin yadroni faqat
maxsus boyovchi moddalar bilan ishlangan preparatlarda ko‘rish mumkin. Amyoba ikkiga
bo‘linish orqali jinssiz ko‘payadi. Bu jarayon haqiqiy mitozdan iborat bo‘lib, dastlab yadro
moddalari teng ikkiga ajraladi, so‘ngra amyoba tanasi bo‘linadigan joyidan siqilib, ikkiga
ajraladi va har qaysi bo‘lagidan bittadan yadro hosil bo‘ladi. Bo‘linish haroratga bog‘liq bo‘lib,
1-2 sutka davom etadi. Jinsiy ko‘payish faqat ayrim turlarda (
Amoeba diploida
) aniqlangan.
Parazit amyobalar.
Odam va turli hayvonlar ichagida parazit amyobalarning bir
necha turi topilgan. Ular orasida ichburug‘ amyobasi-
Entamoeba histolytica
(2-rasm) odamlarni,
ya‘ni qonli ichburug‘ (amyobiaz) bilan og‘rishiga sabab bo‘ladi. Ichburug‘ amyobasining
kattaligi 20-30 mkm, yo‘g‘on ichakda yashab, ichak epiteliysini jarohatlaydi. Ichburug‘
amyobasining ektoplazmasi ancha qalin bo‘lib, endoplazmadan aniq ajralib turadi. Parazit ko‘p
sonli kalta va yo‘g‘on psevdopodiylari yordamida faol harakat qiladi. Bu psevdopodiylar asosan
ektoplazma hisobidan hosil bo‘ladi. Ichburug‘ amyobasi sista orqali tarqaladi. Ovqat qoldig‘i
bilan yo‘g‘on ichakdan to‘g‘ri ichakka tushgan amyobalar psevdopodiylarini tortib olib,
yumaloqlanadi. Ektoplazma yupqa va pishiq qobiq ishlab chiqarib, parazit sista davriga o‘tadi.
Sista ichida amyoba yadrosi ketma-ket ikki marta bo‘linadi. Shu tariqa sista ichidagi amyoba
to‘rt yadrolik bo‘lib qoladi. Axlat bilan tashqariga chiqadigan sistalar noqulay sharoit ta‘siriga
juda chidamli, ular nam tuproqla 2-3 oy davomida ham yashovchanligini yo‘qotmasligi mumkin.
Lekin sistalar quruq va issiq muhit ta‘siriga uzoq chidash berolmaydi. Sistalarni pashshalar ham
tarqatishi mumkin.
Amyoba sistasi suv yoki ovqat bilan odam ichagiga tushganida uning qobig‘i yemiriladi.
Sitoplazmasi esa yadrolar soniga muvofiq ikki marta bo‘lingach, to‘rtta amyoba hosil bo‘ladi.
Yosh amyobalar faol oziqlanishga o‘tadi. Kuchli zararlangan odam ichagidan bir sutkada 300
mln. gacha sista chiqishi mumkin.
Odam ichagida yashovchi ayrim amyobalar mutlaqo zararsiz hisoblanadi. Ichak amyobasi
-
Entamoeba coli
xuddi ana shunday amyobalardan hisoblanadi. Uning tuzilishi ichburug‘
amyobasiga o‘ xshash, lekin sistasi 8 yadroli bo‘ladi.
Parazit amyobalar kasallangan tishlar kovagi, it, cho‘chqa, ot va boshqa hayvonlar ichagi,
asalarilarning malpigi naychalarida ham topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: