G’ovak tanalilar tipi -
Porifera yoki Spongia. 5000ga yaqin turi ma‘lum. Ohakli
g‘ovaktanlilar- Calcarea, Oddiy g‘ovaktanlilar - Demospongiae, Shishasimon, ya‘ni Oltinurli
g‘ovaktanalilar -Hexactinellida sinflarga ajratiladi.
Mezozoylar -
Mesozoa tipi. Parazit yashash ta‘sirida juda soddalashgan yassi
chuvalchanglardan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi.
Plastinkalilar-
Placozoa tipi genetik jihatdan otuvchilarga yaqin turadi.
Otuvchilar
-
Cnidaria tipi. Yaqin davrgacha bo‘shliqichlilar - Coelenterata nomi bilan
yuritilgan. 10000 -11000 turi ma‘lum. Gidrozoylar -Hydrozoa, Scyfoidlar - Scyphozoa, Korall
poliplar - Anthozoa sinflarga ajratiladi.
Taroqlilar-
Ctenophora tipi. Taxminan 100-150 turi ma‘lum. Paypaslagich-lilar -
Tentaculata va Paypaslagichsizlar -Atentaculata sinflariga ajratiladi.
Yassi cuvalchanglar -
Platyhelminthes tipi. Kiprikli chuvalchanglar - Turbellaria,
So‘rg‘ichlilar -Trematoda, Tasmasimon chuvalchanglar - Cestoidea sinflariga ajratiladi. 25 000
ga yaqin turi mavjud.
Nemertinalar -
Nemertini tipi. 1000 ga yaqin turi ma‘lum. Kop‘chili dengiz sohil
yaqinida sayoz suvlarda tarqalgan. Ayrim turlari chuchuk suv va tupropqda yashaydi,
molluskalar yoki qisqichbaqaasimonlarda parazitlik qiladi. 8.Tikanboshlilar - Acanthocephala
tipi. 300 ga yaqin turi ma‘lum.
Og’izaylangichlilar -
Rotifera tipi . 1300 dan ko‘proq turi aniqlangan.
Qorinkipriklilqar -
Gastrotricha tipi. Taxminan 100 dan 600 gacha turi bo‘lishi taxmin
qilinadi.
Kinorinxlar -
Kinorhyncha tipi. 30 ga yaqin turi dengizlarda tarqalgan.
Priapulidlar -
Priapulida tipi. Bir necha turi Atlantika va Shimoliy muz okeani,
Antarktika suvlarida tarqalgan. Suv tubidagi loyqada ko‘milib hayot kechiradi.
Tugarak chuvalchanglar tipi -
Nematoda. 80000 ga yaqin turi ma‘lum. Tuproq, chuchuk
suvlar va dengizlarda erkin yashaydi, odam, hayvon va o‘simliklarda parazitlik qiladi.
Qilhuvalchanglar -
Nematomorpha tipi. Voyaga etgan davrida ichagi reduksiyaga
uchraydi. Lichinkasi suvdagi hasharotlar, qisqichbaqasimonlarda parazitlik qiladi. Ular tanasidan
suvga chiqib, voyaga etadi. 320 turi ma‘lum.
Ichki teshiklilar -
Entoprocta tipi. 60 ta turi aniqlangan. Asosan dengizlarda tarqalgan.
Mshankalar
- Ectoprocta tipi. Tip Bryozoa deb ham ataladi. 5000 ga yaqin turi ma‘lum.
Yopiqog‘izlilar - Phylactolaema va Yalang‘ochog‘izlilar- Gymnolaemata sinflariga ajratiladi.
Sikloforalar -
Cycliophora tipi. Omar qisqichbaqasi og‘zidan topilgan parazit
umurtqasizlar. Uchta turi ma‘lum.
Foronoidlar -
Phoronida tipi. 12 turi ma‘lum. Dengiz tubida nay ichida hayot
kechiradigan hayvonlar.
Yelka oyoqlilar -
Brachiopoda tipi. 280 turi aniqlangan. Qulfsizlar - Inarticulata va
Qulflilar - Articulata sinflariga ajratiladi.
Molluskalar,
ya‘ni yumshoq tanalilar - Mollusca tipi (lot. mollis - yumshoq). 100 000 ga
yaqin turi mavjud. 7 sinf: Monoplakoforalar - Monopla-cophora, Chig‘anoqsizlar, ya‘ni
Egatqorinlilar - Solenogastres, Sovutlilar - Polyplacophora, Kurakoyoqlilar - Scaphopoda,
Qorinoyoqlilar - Gastropoda, Ikki pallalilar - Pelecypoda, Boshoyoqlilar - Cephalopoda.
Sipunkulidlar -
Sipunculida tipi. 250 ga yaqin turi ma‘lum. Dengiz tubida uyacha ichida
hayot kechiradi.
.Exiuridlar -
Echiurida tipi. 130 ga yaqin turi aniqlangan. Dengizning chuqur qismida suv
tubida hayot kechiradi.
Halqali chuvalchanglar -
Annelida tipi. 12 000 dan ortiq turi ma‘lum. Ko‘ptuklilar -
Polychaeta, Kamtuklilar - Oligochata, Zuluiklar - Hirudinea sinflarga ajratiladi.
Pogonoforalar -
Pogonophora tipi. 100 ga yaqin turi aniqlangan. Dengizning 1000 m dan
chuqurroq qsmida nay ichida yashaydi.
Beshog’izlilar -
Pentastomata tipi. Oliy umurtqali hayvonlar (sudralib yuruvchilar,
qushlar, sutemizuvchilar) nafas olish organlarida parazitlik qiladi. Tilchalilar (Linguatulida) ham
deb ataladi.
Imillab yuruvchilar -
Tardigrada tipi. 600 turi mavjud. Tanasi to‘rt bo‘g‘imli. Har bir
bo‘g‘imda
bir
juftdan
oyoqlar
bor.
Onixoforalar -
Onychophora tipi. Birlamchi traxeyalilar (Protracheata) ham deyiladi. Ser
nam
tropik
mintaqalarda
keng
tarqalgan.
75
turi
ma‘lum.
Bo’g’imoyoqlilar
-
Arthropoda
tipi.
Taxminan
1,5-2
mln.
turi
mavjud.
Qisqichbaqasimonlar - Crustacea, Laboyoqlilar - Chilopoda, ikkijuftoyoqlilar - Diplopoda,
Dengiz o‘rgimchaklari - Pycnogonida, Pauropodlar - Pauropoda, Symfillar-Symphyla,
hasharotlar - Insecta, o‘rgimchaksimonlar- Arachnida, Merostomasimonlar - Merostomata
sinflariga ajratiladi.
Qiljag’lilar -
Chaetognatha tipi. Okeanlarda taxminan 115 turi ma‘lum. Ko‘pchilik turlari
suv yuzasida yashaydi.
Igna terililar -
Echinodermata tipi. Dengiz hayvonlari. 5000 ga yaqin turi ma‘lum. 5 ta
sinfi: dengiz bodringlari, ya‘ni ko‘zachalari - Holothuroidea, dengiz yulduzlari - Asteroidea,
Ilondumlilar, ya‘ni ofiuralar - Ophiuroidea, Dengiz nilufarlari - Crinoidea, Dengiz tipratikanlari
- Echinoidea mavjud.
Chalaxordalilar -
Hemichordata tipi. Chuvalchangsimon yumshoq tanali hayvonlar.
Dengiz tubida yashaydi. 100 ga yaqin turi bor. Ichak bian nafas oluvchilar - Enteropneusta va
Qanotjabralilar - Pterobranchia sinflarga ajratiladi.
Xordalilar -
Chordata tipi. Uchta kenja tip: lichinka xordalilar - Urochordata, ya‘ni
qobiqlilar - Tunicata kenja tipi (Appendikulariyalar -Appendicularia, Assidiyalar - Ascidiacea,
Pelagik qobiqlilar - Thaliacea sinflari), Boshqutisizlar - Acrania kenja tipiga (Boshxordalilar -
Cephalochordata sinfi kiradi). Uchinchi kenja tip Umurtqalilar -Vertebrata, ya‘ni Boshqutililar -
Craniata Jag‘sizlar - Agnatha va Jag‘lilar - Gnathostomata bo‘limiga ajratiladi. Jag‘sizlar eng
sodda tuzilgan umurtqalilar - miksinlar va minogalarni birlashtiradigan To‘garak og‘izlilar -
Cyclostomata sinfini o‘z ichiga oladi.
Umurtqalilar kenja tipining jag‘lilar bo‘limi Baliqlar - Pisces va To‘rtoyoqlilar -
Tetrapoda katta sinflariga ajratiladi. O‘z navbatida Baliqlar katta sinfi Tog‘ayli baliqlar -
Chondrichthes va Suyakli baliqlar - Osteichthes sinflariga ajratiladi. To‘rtoyoqlilar esa Suvda
hamda quruqlikda yashovchilar - Amphibia, Sudralib yuruvchilar - Reptilia, Qushlar - Aves va
Sutemizuvchilar - Mammalia sinflarini o‘z ichiga oladi.
Ayrim
manbalarda
Gnatostomulidlar
-Gnatostomulida,
Mikrognatozoylar
-
Micrognathozoa, Xartumboshlilar -
Cephalorhyncha ham tip sifatida keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |