O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


II.4. Qadimgi Rim manbalari



Download 409,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana18.02.2022
Hajmi409,5 Kb.
#451615
TuriРеферат
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
yunon-rim manbaalarida ozbek davlatchiligi shakllanishiga oid malumotlarning aks etishi

II.4. Qadimgi Rim manbalari 
Pompey Trog 
Pompey Trog ( milodgacha 1 — milodning I asrlari O’rtasida yashab 
o’tgan) - "Filipp tarixi" asari bilan mashhur bo’lgan Rim tarixchisi. 44 
kitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuariya podshohlari zamonidan to Rim 
imperatori Avgust (miloddin avvalgi 63 — milodning 14-yili) davrigacha 
dunyoda bo’lib o’tgan voqealarni bayon qiladi, lekin asosiy e'tibor 
Yunonistonning makedoniyalik Filipp II (miloddan avvalgi 359— 336) va 
Iskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga 
qaratilgan. 
Mazkur asarning qimmati shundaki, u birtalay noma'lum kitoblarga 
suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo’lishi va 
tarixini keng yoritib bergan. Muhimi shundaki, muallif bunday davlatlarning 
oxir-oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni harakatga 
keltiruvchi kuch urf-odat va taqdir deb hisoblagan. 


19 
"Filipp tarixi"da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida 
Baqtriya va Sog’dda qurilgan shahar va katta imoratlar, Iskandar Zulqarnayn 
vafotidan keyin yuz bergan voqealar, parfiyaliklarning kelib chiqishi, ularaing 
urf-odatlari, Parfiya podsholigining tashkil topishi, Baqtriya, Parfiya va 
Midiyaning o’zaro munosabatlariga oid muhim ma'lumotlar mavjud. Bu 
ma’lumotlar juda qimmatli hisoblanadi. 
Pompey Trogning bu asari Yustin (II—III asr) tarafidan qisqartirilib 
qayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha yetib kelgan va Ruxl 
tomonidan 1935-yili chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va 
M.M.Rijskiy tomonidan "Becтник древней истории" jurnalining 1954-yil 2-
4 va 1955-yil 1-sonlarida bosilgan. 
Arrian Flaviy 
Arrian Flaviy (taxminan 95—175) — yirik yunon yozuvchisi, tarixchisi 
va geograf olimi, asli Kichik Osiyoning Nikomadiya shahridan. U "Iskandar 
haqida", "Parfiyaliklar haqida", "Hindiston" va 7 jildlik "lskandarning 
yurishlari" nomli kitoblar muallifidir. 
O’zbekiston va Eronning qadimiy tarixini o’rganishda Arrianning 
"Iskandarning yurishlari" nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda 
fotihning O’zbekiston, Eron hududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik 
yurishlari tarixi batafsil bayon qilingan. 
Faqat Arriangina Xorazmning hukmdori Farasman va uning mohir 
diplomatligi sabab, Xorazmning mustaqilligi saqlab qolinganligini yozib 
qoldirgan. Arrianning guvohlik berishicha miloddan avvalgi 329-yili 
Aleksandr Samarqandda turganida Farasman (Xorazm hukmdori) tashrif 
buyuradi. Xorazm hukmdori bu uchrashuv chog’ida Aleksandrga harbiy 
ittifoq tuzib, Qora dengiz tomon yurishni taklif qiladi. So’g’dlik Spitamen 
qo’zg’olonini bostirish bilan band bo’lgan Aleksand Farsmanga tashakkur 
aytib, u bilan do’stlik ittifoqini tuzadi. Shu bilan birga hozir Qora dengizga 


20 
hujum qilish vaqti emas, deydi. Aleksandr ishonchini oqlagan Farasman 
yunonliklarning keyingi harbiy rejasi Hind zaminiga yurish ekanligini ham 
aniqlab oladi.
Asar panegrizm — maddohlik ruhida yozilgan. Muallif Iskandar 
Zulqarnayn va uning faoliyatini ko’klarga ko’tarib ulug’laydi. U ko’p 
qo’lyozma manbalar va rasmiy hujjatlar asosida yozilgan bo’lib, mavzu 
bo’yicha muhim va asosiy manbalardan hisoblanadi.Iskandarning 
Spitamendan mag’lubiyatga uchragani haqida ham yozgan. 
Arrian Flaviyning "Iskandarning yurishlari" asari nemis (Myuller 
Leyptsig, 1886) hamda rus (Korenkov, Toshkent, 1912 va M.E.Seigeenko M.-
L., 1962) tillarida nashr etilgan. 

Download 409,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish