22
1)
bank
faoliyatini
tartibga
soluvchi
zamonaviy
tamoyil
va
mexanizmlarni
joriy qilish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishiga yoʻl
qoʻymayotgan toʻsiqlarni bartaraf etish;
2)
naqdsiz hisob-kitoblar hajmi va qamrovini oshirish, shu jumladan,
iqtisodiyot sohalarida toʻlovlarning zamonaviy elektron
shakllarini joriy qilish va
tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, bankdan tashqari aylanmani
qisqartirish;
3)
bank
kassalariga
naqd
pul
tushumlarini
ragʻbatlantirish
mexanizmlarini takomillashtirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-
sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga
doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi qarorida bir qator vazifalar belgilandi:
I.
Tijorat banklarini ularga xos boʻlmagan funksiyalardan ozod qilish
maqsadida tijorat banklarining quyidagi vazifalari bekor qilindi:
1)
xoʻjalik yurituvchi subyektlarining muddati oʻtgan debitor va kreditor
qarzdorligi shakllanishi ustidan nazorat qilish;
2)
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan
olingan naqd pullarni
maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat qilish vazifalarini bekor qilish;
II. Tijorat banklari faoliyatiga umumeʻtirof etilgan zamonaviy meʻyorlar,
standartlar va baholash koʻrsatkichlarini joriy qilish, bank-moliya tizimini xalqaro
reyting tashkilotlari baholashi asosida baholash koʻrsatkichlarini yanada
takomillashtirish.
III. Bank nazoratining xalqaro prinsiplari asosida tijorat banklari kapitalining
yetarliligi, likvidliligi va barqarorligi boʻyicha talablarning bajarilishini taʻminlash;
IV. Bazel qoʻmitasining talablarini hisobga olgan holda bank risklarini
baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish;
V. Banklarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish va banklarni ilgʻor
bank amaliyoti asosida faoliyat yuritadigan tizimga aylantirish;
VI. Aholining bank-moliya xizmatlari sohasida moliyaviy savodxonligini va
huquqlarini himoya qilish darajasini oshirish;
23
VII. Aholining mamlakat bank tizimiga boʻlgan
ishonchini oshirish,
mijozlarning bank xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarining doimiy monitoringini
amalga oshirish, bank xizmati koʻrsatish madaniyatini oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi ―Pul-
kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi PQ-3272-
sonli Qarorida belgilangan chora-tadbirlar, xususan,
pul-kredit siyosatini
rivojlantirish va amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish (oʻrta muddatli);
majburiy zahira talabnomalarini takomillashtirish, ochiq bozorda REPO
operatsiyalarini
amalga oshirish; isteʻmol baholari indeksini hisoblashni
takomillashtirish; inflyatsiyaning omilli tahlilini amalga oshirish;
pul-kredit
siyosatining shaffofligini oshirish tadbirlarini muvaffaqiyatli amalga oshirilishi;
pirovard natijada, tijorat banklari faoliyatining barqarorligini
oshirish imkonini
beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirzyoyev 2020-yil 24-
yanvardagi Oliy Majlisga Murojatnomasida, Oʻzbekiston bank tizimini yangi
xalqaro darajaga koʻtarish uchun quyidagi strategik vazifalar belgilab berildi
5
:
1. 2020-yildan boshlab har bir bankda keng koʻlamli transformatsiya dasturi
amalga oshiriladi va bu borada banklarning
kapital resurs bazasi hamda
daromadlarini oshirishga alohida eʻtibor qaratish.
2. Bank tizimida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlaydigan ―loyihalar fabrikasi‖
faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
3. Banklarning xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli
resurslar olib kelishini yoʻlga qoʻyish.
Yuqoridagi meʻyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan
vazifalar va chora-
tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi tijorat banklari aktivlarining sifatini
oshirish va passivlarining barqarorligini taʻminlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: