Iqtisodiyot Nazariyasi Amaliy 2-topshiriq



Download 10,85 Kb.
Sana09.06.2022
Hajmi10,85 Kb.
#649353
Bog'liq
Iqtisodiyot nazaryasi Mamaraimov Sanjar


Iqtisodiyot Nazariyasi Amaliy 2-topshiriq
IM-90 guruh talabasi
Mamaraimov Sanjar

  1. C

  2. D

  3. A

  4. D

  5. C

  6. A

  7. A

  8. C

  9. A

  10. D

  11. D

  12. D

  13. D

  14. D

  15. C

  16. D

  17. D

  18. B

  19. C

  20. C

2) Kapital - tushunchasiga iste‘mol tovarlari va xizmatlarini yaratishda foydalaniladigan kishilar tomonidan yaratilgan barcha ishlab chiqarish vositalarini kiritish mumkin. Bular sirasiga zavod fabrikalar, omborxonalar, transport vositalari, etkazib berish xizmati, texnika va asbob-uskunalar kiradi. Kapital tovarlari haridiga sarflarga investitsiya deb qaraladi. Resurs sifatidagi kapital iste‘mol tovarlaridan farq qiladi. Iste‘mol tovarlari inson ehtiyojini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qondiradi, vaholanki kapital resurs tovarlarini ishlab chiqarishga jalb etiladi. Resurs sifatidagi ―kapital‖ga jihozlar, texnika va boshqa ishlab chiqarish vositalarini anglatadi.
3) Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy
tomonidir. Kishilar o’zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o’zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo’lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o’rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning o’zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o’zining mehnatga bo’lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo’llashni kengaytirib boradi. Boshqacha qilib aytganimizda, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun o’zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o’rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga, hamma mamlakatlarga, el-yurtlarga va xalqlarga xos bo’lib, umuminsoniy kategoriyadir (tushunchadir).
Ehtiyojlar turi qancha ko’p bo’lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o’rganish oson bo’lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga: moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalariga bo’linadi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat ko’rsatish sohalarida esa turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko’rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.
4) Ishlab chiqarishdan maqsad iste’mol, lekin bozor xo’jaligida pirovard maqsad bilan Tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi mos kelmasligi mumkin . Pirovard maqsad iste’mol, ehtiyojni qondirish bo’lsa, Tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi xarajatlarni qoplab, foyda olishdir. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulot to’g’ridan-to’g’ri iste’molga kelmasdan bazorda ayirboshlanadi va keyin iste’molga kelib tushadi.
5) Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi ya'ni qo'shimcha ish vaqtida yaratilgan qismi qo'shimcha mahsulot deyiladi.
Bu qo'shimcha mahsulot tadbirkorlarga va mulqdorlarga hamda davlatta tegishlidirZaruriy va qo'shimcha mahsulot jamiyat taraqqiyotining deyarli hamma bosqichlariga xosdir. Lekin ular o'rtasidagi nisbat turli davrlarda turlicha bo'ladi. Ibtidoiy jamoa tuzumining dastlabki davrida jamoadosh hamma kishilarning vaqti faqat zaruriy mahsulotni, ya'ni yashash uchun eng zarur mahsulotni topib yeyish bilan band bo'lgan. Keyinchalik, ya'ni bu tuzumning oxirlariga kelib, qisman mehnat unumdorligi oshib, zaruriy mahsulotdan ortiqcha, ya'ni qo'shimcha mahsulot paydo bo'lgan va uning ayrim kishilar tomonidan o'zlashtirilishi natijasida xususiy mulk paydo bo'lgan. Qo'shimcha mahsulotni rad qilish o'rniga uning mazmunini, harakat shakllarini puxta o'rganib, yanada ko'paytirish va taqsimlanishini takomillashtirish yo'llarini qidirishga kuch sarflash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
6) Qo’shilgan mahsulot deb, eng keying qo’shilgan(o’sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga bo’lish yo’li bilan qo’shilgan kapital yoki qo’shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi.
Har bir qo’shilgan resurs evaziga olingan qo’shilgan mahsulot esa qo’shilgan resurs unumdorligi deb aytiladi.
Alohida olingan resurs evaziga qo’shilgan mahsulot ma’lum darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Mana shu qo’shilgan resurs unumdorligining pasayib borishini hisobga olib, marjinalistlar unumdorlikning kamayib borish qonunini kashf qilishgan.
Ularning g’oyasi boyicha har bir keying qilingan harajat yoki resurs oldingisiga qaraganda kamroq samara beradi va oqibatda uning hisobiga olingan o’rtacha mahsulot ham pasayib boradi.
Download 10,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish