24-mavzu:
Uy xo’jaligi Moliyasi va byudjeti.
Reja:
1. Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaligi Moliyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
2.Uy xo’jaligi byudjetining daromadlari va ularning tarkibi.
3.Uy xo’jaligini byudjetining xarajatlari.
Bozor iqtisodiyoti turli – tuman sub’yektlarning bozordagi talab ehtiyojni qondirishga
qaratilgan faoliyatlarining majmuasidir. Bozor tizimi ko’p sub’yektli , ya’ni sub’yektlar
ko’pchilik va ular iqtisodiyotda turlicha ishtirok etishadi. Hozirgi adabiyotda bozor
iqtisodiyotining ishtirokchilari qatoriga uy xo’jaliklari , firmalar va davlat kiritiladi. Bu
sub’yektlarning mulkiy maqomi, ishlab chiqarishda tutgan o’rni, yaratilgan mahsulot va
xizmatlarni taqsimlab, istye’mol etishdagi ishtiroki turlicha bo’ladi.
Bu sub’yektlar orasida uy xo’jaligi, uni g’arb adabiyotida xonadon xo’jaligi dyeb
Yuritishadi, alohida iqtisodiy maqomga ega. Ayrim uy xo’jaligi mikroiqtisodiy tizimning
tizimning unsuri, Lekin jami uy xo’jaliklari makroiqtisodiy tuzilmani Yuzaga kyeltiradilar. Uy
xo’jaligi iqtisodiy jihatdan qaralganda, uni istye’molchilarning birligi dyeb baholash kerak. Uy
xo’jaligi oilaga tayansada, Lekin u bilan bir xil narsa emas. Oila qon – qarindoshlik munosabati,
dyemak u noiqtisodiy xarakterdagi munosabatdir. Uy xo’jaligi istye’molining umumiyligi bilan
ajralib turadi. Kishilarning xonadondagi istye’moli tuzumlar o’zgarishiga qaramay doimo
saqlanib kyeladi.
Xonadon evolYusion rivojlanadi, uning tarkibi o’zgaradi, undagi qadriyatlar yangilanadi,
u yerdagi urf – odatlar, uning funksiyalarida ham siljish Yuz beradi. Biroq baribir uy xo’jaligi
ijtimoiy – iqtisodiy tizimlarda bog’lovchi istye’molni yakunlovchi vazifasini bajaravyeradi.
Binobarin uy xo’jaligi o’tkinchi emas, u doimiy biroq evolYusion rivojlanish salohiyatiga ega.
Zamonaviy adabiyotda uy xo’jaligiga turlicha baho beriladi, bu esa uy xo’jaligi rivojining
g’arb dunyosiga to’plagan tarixiy tajribasidan kelib chiqadi, Shu sababli uy xo’jaligining
sharqona belgilari qarab chiqilmaydi. Bozor iqtisodining g’arbiy modyellarida individual tanlov,
individual hatti – harakat va yakka egoizm birinchi o’ringa qo’yiladi. Ammo makroiqtisodiy
jarayonlarda ayrim individ emas, balki uy xo’jaligi qatnashadi. Shu jihatdan individual funksiya
uy xo’jaligi funksiyasiga aylanadi. Individual tanlov o’rniga uy xo’jaligi tanlovi kyelar ekan,
individualizm iqtisodiy qadriyat degan qoidaga ehtiyotkorlik bilan qarashga to’g’ri kyeladi.
Individual tanlov uy xo’jaligi orqali Yuz berar ekan, istye’mol ko’p hollarda uy xo’jaligi
doirasida kyechadi, uni xonadon ahli birgalikda qiladi.
Iqtisodiy tizim qanday shaklda bo’lmasin, qaysi yo’sinda o’zgarmasin, baribir u
birgalikdagi istye’molni yo’qqa chiqara olmaydi. Shu bois har qanday iqtisodiy tizimda uni
shakllantiruvchi sub’yekt sifatida uy xo’jaligi Yuzaga chiqaravyeradi. Hozirgi bozor iqtisodida
uy xo’jaligi funksiyalarini ko’chayishini hisobga olib, milliy hisob – kitoblarda uy xo’jaligining
tahliliga e’tibor kuchaytirildi, uning faoliyatiga oid ko’rsatkichlar ishlab chiqildi. BMT qabul
qilgan milliy hisob – kitoblar standartida boshqa ko’rsatkichlar bilan bir qatorda uy xo’jaligi
tarkibiga ham xarakteristika beriladi.
Uy xo’jaligiga tafsil berilganda, u uy – joy sharoiti va umumiy, bir qator tovarlar va
xizmatlarni birgalikda istye’mol etish maqsadida o’zining pul daromadi va moddiy mablag’larini
birlashtirgan kishilar guruhi tuShuniladi. Uy xo’jaligining eng asosiy belgisi resurslar va
istye’molning umumiyligidir. Uy xo’jaligining asosiy belgisi birgalikdagi istye’mol bo’lsada, u
yerda mayda individual yoki oilaviy ishlab chiqarish, chunonchi kichik firma, oilaviy xo’jalik,
kichik do’konlar, oshxonalar, ustaxonalar, yakka mehnat faoliyati ham Yuz beradi. Ammo bular
uy xo’jaligiga kiritilishi uchun ularning resurslari oila resurslari bilan bir bo’lishi, ya’ni ularning
byudjetlari umumiy bo’lishi talab qilinadi.Odatda birlashgan resurslar mayda ishlab chiqarishni
o’sishiga va farovonlikni oshirishga qaratiladi. Biroq oilaviy biznyes tadbirkorlik turi bo’lib,
xonadon funksiyasi hisoblanmaydi.
Uy xo’jaligi ahli YAIM ni yaratishda o’z resursi bilan qatnashadi. Uning roli yalpi
mahsulotni ishlatilishiga qarab aniqlanganda yaqqol ko’zga tashlanadi. Pirovard istye’mol
etilgan tovarlar va xizmatlarning asosiy qismi uy xo’jaligi hissasini tashkil etadi. Bozor iqtisodi
rivojlangan sari uy xo’jaligining jamiyat istye’molidagi roli ortib boradi. Hozirgi dunyoda YAIM
ning 2/3 qismi uy xo’jaligi istye’moliga kelib tushadi.
Uy xo’jaligi jamg’arish jarayonida ham ishtirok etadi. Bozor iqtisodida milliy boylikni
jamg’arish xususiy mulkni jamlanishini bildiradi. Jamg’arish uchun esa uy xo’jaligi daromadi
joriy istye’moldan ortib qolishi talab qilinadi. Uy xo’jaligi ihtiyorida jamlangan milliy boylik
iqtisod uchun muhim resurs hisoblanadiki, bu ham moddiy, ham nomoddiy ishlab chiqarishga
xizmat qiladi. Uy xo’jaligi mehnat resursi sohibi hisoblanadi, uning ihtiyorida ish kuchidan
tashqari tadbirkorlik qobiliyati ham mavjud. Mehnat resurslari uy xo’jaligidan chiqib, mehnat
bozoriga kyeladi, Shu yerdan moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishga boradi, ular band
bo’lishidan yangidan daromad hosil etiladi, bular esa Moliya resurslarini hosil etadi. ( chizma )
хонадон
Мехнат
ресурси
Меҳнат
бозори
Ишлаб
чиқариш
Бирламчи
бандлик
Иккиламч
и бандлик
даромад
Молия
ресурсла
ри
Uy xo’jaligining mehnat faoliyatidan topgan daromadi faqat ishlovchilar soniga emas,
balki ular mehnatining unumdorligiga ham bog’liq bo’ladi. Uy xo’jaligi bozorga mehnat
resurslarini yetkazib berar ekan, uning harajatlari Shu resurslarni takroran yaratilib turishiga
qaratiladi.
Uy xo’jaligi bozorga mehnat resurslarni chiqarar ekan, undan buning ko’rgan daromadi,
uning qancha qismini qanday narx Bilan sotilishiga qarab shakllanadi. Uy xo’jaligi bozorga ish
kuchidan boshqa resurslarini ham takdim etadi. Bularga kapital sifatida ishlatilishi mumkin
bo’lgan moddiy va Moliyaviy resurslar, chunonchi yer, turli bino va inshootlar, transport
vositalari, pul mablag’lari, aksiya, obligasiya, syertifikatlar kiradi. Ammo uy xo’jaligiga qarashli
resurslar daromad kyeltirishi uchun ular kapital sifatida oborotga kirishi talab qilinadi. Bu o’z
navbatida ko’chmas mulk bozori, pul bozori va fond bozorining ishiga bog’liq bo’ladi.
O’zbekistonda bunday bozorlar shakllanib ulgurmaganligidan aholi mulki kapital hosil etishda
sust qatnashadi, binobarin arzigulik daromad ham kyeltirmaydi. Uy xo’jaligi ihtiyoridagi
ko’chmas mulk va uzoq foydalaniladigan tovarlarning haqiqiy bozor qiymati aniq emas, Shu
bois ularni garovga qo’yish yoki ustav kapitaliga hissa sifatida kiritish qiyinlashadi. Bu o’z
navbatida biznyes rivojiga salbiy ta’sir etadi.
Uy xo’jaligida daromadlar jamlanib, pul resurslari hosil etadiki, bular eng Yuksak
likvidlikka ega bo’lganligidan tyez harakat qiladi. Buni O’zbekistonda ham kuzatish mumkin.
Kyeyingi paytda bo’sh pullarni joylashtirib daromad olish imkoniyatlarini kengayishi xonadon
mablag’larini pul bozoriga chiqishini tyezlashtiradi, natijada aholining banklardagi omonat
summasi tyez o’sdi. Pul resurslari harakatga kelib, bu ham pul egalariga, ham banklarga nafli
bo’ldi. Iqtisodiyotda Shunday qoida borki, iqtisodiyot Yuksalgan sari uy xo’jaligi ihtiyoridagi
pul resurslari ko’payadi va bular investisiyaning asosiy manbasiga aylanadi. Bunday xodisani
rivojlangan mamlakatlarda aniq kuzatish mumkin.
Uy xo’jaligi ihtiyorida mulk ham bor. Uning mol – mulki birinchidan birgalikda va
individual ishlatiladigan mol – mulkdan iborat bo’ladi, ular asosan istye’mol buYumlari
hisoblanadi. Uy xo’jaligi mol – mulkining hajmi va tarkibi jiddiy tavofutlanadi. Uy xo’jaligining
tabaqalaShuvi jarayonida turli guruxlarga, chunonchi yollanib ishlovchilar, tadbirkorlar,
individual mehnat qiluvchilar, transfyertlar ( pyensiya, nafaqa, stipyendiya va xayriya puli ) ga
yashovchilarga, nihoyat mulkda daromad ( foiz, dividyend) topuvchilarga ajraladi. Bunday
guruxlaShuv, albatta iqtisodi rivojlangan mamlakatlarga xos bo’ladi. O’tish davridagi
mamlakatlarda aytilgan farqlar chuqur bo’lmaydi, ayrim guruxlar, masalan mulkdan daromad
oluvchilar mutloq ozchilik bo’ladi. Rivojlangan mamlakatlarda esa pul jamg’arish kuchli
bo’lganidan aytilgan toifadagi xonadonlarning salmog’i ancha Yuqori bo’ladi.
Uy xo’jaligi iqtisodiy munosabatlarda birinchidan o’z istye’moli bilan; ikkinchidan o’z
resurslari bilan ishtirok etadi. Ammo uy xo’jaligi bozor iqtisodiyotining Shunchaki bir
ishtirokchisi emas, balki iqtisodning bosh sub’yektidir. Uy xo’jaligining boshqa sub’yektlardan
farqi uning ko’pchilik bo’lishi yoki asosiy istye’molchi bo’lishi bilan cheklanmaydi, balki uning
tarkibini g’oyat xilma-xil bo’lishi bilan ham tavsiflanadi. Binobarin uy xo’jaligi jiddiy
tabaqalashgan sub’yekt hisoblanadi. Uni guruxlashtirganda 3 ta mezon asos qilib olinadi.
Birinchi mezon – ijtimoiy – dyemografik mezon. Bunga binoan uy xo’jaligi o’zining
ichki tarkibi bilan farqlanadi Shu jixatdan olganda, uy xo’jaligi 4 guruxga ajraladi: a) bir oilali
xonadon; b) ko’p oilali xonadon; v) so’qqaboshlar yoki oilasizlar xonadoni; g) qon –
qarindoshlikka aloqasi yo’q byegona istye’molchilar ham mavjud bo’lgan xonadon
Uy xo’jaligini tabaqalashtirishdagi ikkinchi mezon – bu ijtimoiy mezon bo’lib,
xonadonlarni qaysi toifaga mansubligiga qarab bir – biridan farqlantiriladi. Shu mezonga tayanib
ishchi, xizmatchi, dyehqon, tadbirkor va nafaqaxo’rlar xonadonlarini bir-biridan ajratish
mumkin. Bunday guruxlash asosida kishilarning mulkiy maqomi, kasb-kori, qanday mehnat
bilan Shug’ullanishi yotadi
Uchinchi mezon sifatida daromadlar miqdorini ko’rsatish mumkin. Bunga ko’ra o’ta boy,
boy, o’rta hol, kambag’al va o’ta kambag’al xonadonlar ajratiladi.
Uy xo’jaligi io’tisodiyot real syektorida ishtirok etar ekan, bu uni Shubhasiz Moliya
syektoriga ham olib kiradi. Natijada uy xo’jaligi Moliya munosabatlarining ham ishtirokchisiga
aylanadi. Moliya syektorida u birinchidan. firmalar bilan aloqa o’rnatsa, ikkinchidan, davlat
bilan munosabatga kirishadi. Uy xo’jaligining Moliyaviy aloqalari quyidagi sub’yektlar bilan
bo’ladi:
1.
Davlat bilan. Bunda ular davlatga soliq to’laydi, undan transfyertlar oladi.
2.
Ishlab chiqaruvchi firmalar Bilan. Bunda ularga bozor orqali resurslar
yetkazib beriladi va buning evaziga daromad olinadi.
3.
Moliya institutlari Bilan. Bunda xonadonlar o’z Moliya aktivlarini ularga
joylashtirib saqlaydi va daromad oladi
Uy xo’jaligi Moliya aloqalariga kirishganda, u o’z Moliya resurslarini hosil etish
bo’yicha pul munosabatlarida ishtirok etadi. Uy xo’jaligi Moliyasida ham daromad va xarajatlar
bo’ladi, biroq daromad topish birlamchi bo’ladi, chunki uy xo’jaligi topganidan ortiqcha
istye’mol eta olmaydi. Moliyada daromadlarning turli shakllari mujassam etiladi.
Moliya munosabatlari ishtirokchilari orasida davlat alohida Moliyaviy maqomga ega. Shu bois
uy xo’jaligining davlat bilan aloqalari boshqacharoq bo’ladi.Uy xo’jaligi bilan davlatning
Moliyaviy munosabatlari ularning iqtisodiyotning ikki sub’yekti sifatidagi o’zaro aloqalarini
ifoda etadi. Uy xo’jaligi iqtisodiyotning asosiy sub’yekti, chunki birinchidan u ko’pchilik,
ikkinchidan xonadon ahli iqtisodiyotning barcha jabhalarida ishtirok etadi, uchinchidan, uy
xo’jaligining iqtisodiy sayi-harakatlarini uning xususiy manfaati Yuzaga kyeltiradi.
Aytilganlardan farqliroq davlat ko’pchilik emas, balki tanho sub’yekt, uning manfaati xususiy
emas, balki ijtimoiy, aniqrog’i umummilliy xarakterga ega. Agar uy xo’jaligining asosiy
funksiyasi istye’mol bo’lsa, davlatniki ijtimoiy nye’matlarni takroran yaratib, undan butun
jamiyatni bahramand etishdir. Har ikala sub’yektning iqtisodiyotdagi o’ziga xos maqomi ular
o’rtasidagi Moliyaviy aloqalarda namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotning real syektorida uy xo’jaligi
davlatga resurslar yetkazib beruvchi bo’lsa, davlat uy xo’jaligiga ijtimoiy nye’matlarni taqdim
etadi.Resurslarni davlat bozor narxlariga binoan sotib oladi, ulardan foydalanib, ijtimoiy
nye’matlarni yaratadi, uni taqsimlaydi va uy xo’jaligiga byepul beradi.
Dyemak, resurs harakati bozor qoidalariga binoan Yuz bersa, ijtimoiy nye’matlar bozorni
chyetlab taqsimlanadi. Agar uy xo’jaligi resurslarini bozor narxi shakllansa, davlat ijtimoiy
nye’matlarini bozor narxi bo’lmaydi. Shu sababli resurslar va ijtimoiy nye’matlarni
ayriboshlashda bozor narxiga asoslangan ekvivalyentlik bo’lmaydi. Bu aloqalarni quyidagicha
ifodalash mumkin. (chizma)
-chizma
daromad xarajat
xarajat-daromad
xarajat daromad
a
CHizmaga qarasak, uy xo’jaligi va davlatning pul munosabatlari birinchidan, resurslar oldi-
sotdisi orqali, ikkinchidan, soliqlar vositasida, uchinchidan, davlat transfyertlari shaklida Yuz
beradi.
Ресурслар бозори
Солиқлар
Уй хўжалиги
Давлат
Davlatni aholiga ko’rsatgan ijtimoiy nye’matlarni yaratish va yetkazib berish sarfi ( W )
uy xo’jaligaga berilgan transfyertlar (T), soliqlar ( S ) summasidan oz yoki ko’p bo’lishi
mumkin. Bunda W+T>S Yuzaga kyeladi. Bunday tyengsizlik aniq bir mamlakatning Moliyaviy
xolati va davlatning ijtimoiy siyosatiga bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyoti rivojlangan va uy xo’jaligi
daromadlari Yuqori joyda bir qator ijtimoiy xizmatlarni sotib olish imkoniyati bo’lganidan
byepul xizmatlar kam bo’ladi, binobarin, ularni Moliyalashtirishdagi byudjet sarfi hissasi ham oz
bo’ladi. Aksincha, iqtisodiyoti rivojlanib ulgurmagan mamlakatlarda kam daromadli xonadonlar
ko’pchilik bo’lganidan ular ijtimoiy xizmatlarni sotib ola bilmaydilar. Shunday sharoitda
xonadonlarni Shu nye’matlar Bilan hyech bo’lmaganda minimal darajada ta’minlash zarurati
paydo bo’ladi va bunga byudjetning ijtimoiy xarajatlarini oshirish orqali erishiladi.
O’zbekistondagi kuchli ijtimoiy siyosat ham Shundan kelib chiqadi. Bu yerda uy xo’jaliklari
to’lagan soliqlar birinchidan, aholini ijtimoiy himoyalashga, ikkinchidan, davlat
Moliyalashtiradigan ijtimoiy xizmatlarni ko’paytirishga Yuboriladi.
Uy xo’jaligi iqtisodiy sub’yektlar sifatida o’z faoliyatini Moliyalashtirib boradi, chunki
unga zarur bo’lgan tovar va xizmatlarni tekinga berishmaydi, ularni xarid etish uchun pul talab
qilinadi. Shuningdyek, uy xo’jaligi ham riska yo’liqadi, uni kamaytirish uchun pul zaxiralarini
hosil etadiki, bu jamg’arma shakliga ega. Uy xo’jaligi faoliyatini Yurgizib turish uchun maxsus
pul fondlari zarurki, bular Moliya resurslarini hosil etadi. O’zbekistonda uy xo’jaliklari majburiy
va ko’ngilli to’lovlar fondi, istye’mol fondi va jamg’arma fondlariga ega. Xonadonga kyelgan
pul tuShumlari mana Shu fondlar tarzida Moliyalashtirishga xizmat qiladi.
Uy
xo’jaligi
Moliya aloqalariga kirishganda, u o’z Moliya resurslarini hosil etish bo’yicha pul
munosabatlarida ishtirok etadi. Bu munosabatning ob’yekti Moliya resurslari yoki maqsadli pul
fondlaridir. Bu fondlarni shakllanishi turli xonadonlarda har xil kyechadi, chunki ularni daromad
manbalari farqlanadi. Biroq farqlanishidan qat’iy nazar, hamma xonadonlar Moliyasi uchun
daromad asosiy bo’g’in, chunki bu Moliya munosabatlarini aks ettiruvchi bosh kategoriyadir.
Uy xo’jaligi Moliyasida ham daromad va harajatlar bo’ladi, biroq daromad topish
birlamchi bo’ladi, chunki uy xo’jaligi topganidan ortiqcha istye’mol eta olmaydi. Moliyada
Shubhasiz daromadlarning turli shakllari mujassam etiladi. Bular jumlasiga: ish haqi,
tadbirkorlik daromadi, mulkiy tuShumlar va tomorqa daromadi kiritiladi. Bu daromadalr
xonadon ahli bozorga taklif etgan resurslar narxining ekvivalyenti hisoblanadi. Ko’pchilik
xonadonlar yollanib ishlovchilardan va ishlamaydiganlardan iborat. YOllanib ishlovchilar
firmalarda yoki davlat idoralarida mehnat qilishadi, uning evaziga ish haqi va turli mukofotlar
shaklidagi daromadga erishadilar. Uy xo’jaligidagilar o’zini o’zi ish Bilan ta’minlaganda, ishga
yollanish Yuz bermaydi. Bunda ishlovchi o’z topganini o’zi olib xonadon byudjetiga qo’shadi.
O’zbekistonda bu yakka tartibda ishlashdan kyelgan daromad, bunda birinchisi mehnat
daromadi, ikkinchisi ishbilarmonlik kyeltirgan individual foyda mavjud.
Xonadondagi ishlovchilar biznyes bilan mashg’ul bo’lganda, tadbirkorlik daromadini
oladilar. Bu foydani tadbirkorlikka tekkan qismidir. Tadbirkor o’z pulini ishlatganda, qo’lga
tushgan foydaning hammasiga ega bo’ladi. U qarzga olingan pulni ishlatganda, olingan foyda
ikkiga ajraladi. Birinchisi, pul kapitalining egasi oladigan foiz, ikkinchisi tadbirkorlik qobiliyati
uchun tyegadigan foyda bo’ladi. Foiz aslida mulkiy daromad. Puldor xonadonlarda mulkiy
daromad uning yalpi daromadida salmoqli o’rin tutadi. Biroq Shuni aytish joizki, mulkdan
kyelgan daromad foiz bilan cheklanmaydi, balki turli Yutuqlardan va ko’chmas mulkni ijaraga
berishdan kyelgan tuShumni o’z ichiga oladi. Uning miqdori xonadon mulkining katta
kichikligiga, Shu mulkni ijaraga olish talabiga to’g’ri mutanosiblikda bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik daromadi alohida o’rin tutadi. Uning uy
xo’jaligi yalpi daromadidagi salmog’i tadbirkorlarning soniga, ulardan har birining topadigan
daromadining miqdoriga bog’liq bo’ladi. Bozor iqtisodi shakllanayotgan yerda tadbirkorlik
daromadi o’sishga moyil bo’ladi, chunki tadbirkorlik maydoni kengayib, bunga aholining yangi
toifalari tortiladi.
Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlanishi u bilan Shug’ullanuvchi xonadonlar sonini
ko’paytirib, uning xonadon Moliya resursini shakllantirishdagi rolini kuchaytirdi. Tadbirkorlar
toifasi o’tish davrida maxsus ijtimoiy guruh sifatida ishchi, dyehqon va xizmatchilar safidan
ajralib chiqib, mustaqil kuchni tashkil etadi. O’zbekistonda bu ijtimoiy guruh dastlabki kapital
jamg’arish mahsulidir. Tadbirkorlikni rivojlanishi undan kyelgan daromadni uy xo’jaligi
Moliyasining muhim manbasiga aylantirdi. Shu sababli tadbirkorlik daromadini O’zbekiston
aholisi yalpi daromadidagi hissasini ortib borishi yaqqol ko’zga tashlanadi. Biroq
xonadonlardagi pul toparlarning ko’pchiligi yollanib ishlovchilar qatoriga kiradi. Ular bozorga
o’z mehnatini taklif qilishadi, Shu mehnatning puldagi ekvivalyentini ish haqi sifatida oladi.
O’tish davrida yangi daromad turlari kengayib borganidan ish haqining xonadon Moliya
resurslarini shakllantirishdagi hissasi qisqarishi kuzatiladi, chunki ilgari ish haqi olganlar
endilikda boshqa daromad sohibiga aylanadilar.
O’zbekistonda mehnat daromadi hissasini uy xo’jaligi byudjetida pasayib kyetishini faqat
yangi daromad turlarini paydo bo’lishi bilan izohlab bo’lmaydi, chunki buning sababi kengroq.
Gap Shundaki, ish haqining o’zi katta emas.
Uy xo’jaligi Moliya resurslarining YAngi manbalaridan biri- bu mulkdan kyelgan
daromaddir, Lekin uning ahamiyatini mulkning miqdori va uni samarali ishlatilishi belgilaydi.
Mulkiy daromad mulkka egalik qilish bilan mulkni amalda ishlatish ajralgan chog’da Yuzaga
kyeladi, ya’ni buning uchun ijara munosabatlari paydo bo’lishi kerak. Mulk ijaraga olinganda,
undan olingan daromad ikkiga ajraladi. Bir qismi mulkni ishlatuvchi daromadi bo’lsa, ikkinchisi
mulk egasining daromadi bo’ladi. Mulk pul topish vositasiga aylanganda, u uy xo’jaligi
byudjetiga daromad kyeltiradi. Xonadonlarning ko’chmas mulkdan olgan daromadi undan
kyelgan ijara haqi bo’ladi. Ijara haqi hisobidan o’z byudjetini to’ldirish ko’pincha pyensionyerlar
xonadoniga xos bo’lib qolmoqda. G’ayri qonuniy yo’l Bilan ijara puli olish ham mavjud. YEr
O’zbekistonda davlat mulki hisoblanadi, uni faqat davlat ijaraga berishi mumkin, chunki ijaraga
berish mulkdorning funksiyasidir. Lekin amaliyotda yerni xususiy yo’l bilan ijaraga berish ham
mavjud. Qishloqdagi fyermyerlar xonadoni o’ziga berkitilgan yerni o’zlari ishlamay,uni muxtoj
dyexqonlarga ijaraga berishadi. Ijara puli fyermyer uchun yashirin Moliya resursini hosil etadi.
Uning xarajati faqat yagona yer solig’idan iborat, ijara puli Bilan yagona yer solig’i o’rtasidagi
farq fyermyer xonadoni uchun sof daromad beradi. YErni ijaraga berib, daromad olish, kam
uchrasada, xamon mavjud.
Uy xo’jaligiga kyeladigan mulkiy tuShum zayom va lotaryeya Yutuqlaridan, dividyend
va eng muhimi bank foizlaridan iborat. O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozori yaxshi
rivojlanmaganidan ulardan kyelgan daromad xonadon byudjetida dyeyarli syezilmaydi.
O’tish davridagi uy xo’jaligi Moliyasining xususiyati Shundaki, bunda yangi daromadlar
bilan eski daromad shakli yonma-yon turadi. O’zbekistondagi o’tmishdan qolgan daromad
manbai – bu xonadon tomorqasidir. Lekin uning salohiyati o’sadi, chunki birinchidan, davlat uni
qo’llab-quvvatlaydi, ikkinchidan, u erkin bozor qoidalariga binoan rivojlanadi. Davlat
tomorqadagi faoliyatga to’la erkinlik berish bilan birga unga berkitilgan yer maydonini
ko’paytirdi. Tomorqada mahsulot yetishtirishni ko’payishi tufayli u qator oziq-ovqat mahsulotini
ishlab chiqarishda yetakchi o’rin egalladi. Natijada tomorqaning uy xo’jaligi yalpi daromadini
yaratishdagi o’rni barqaror va Yuqori salmoqli bo’lib qolmoqda.
Bozor munosabatlari kengayib va chuqurlashib borgan sharoitda transfyert to’lovlarining
uy xo’jaligi uchun axamiyati pasayadi, chunki ishlab pul topish imkoniyatlari yaratilgach,
boqimandalik kayfiyati chekinadi. Bularning natijasida transfyertlarning uy xo’jaligi
daromadidagi salmog’i pasayishga moyil bo’ladi. Xonadonning tarkibiga qarab, uning Moliya
resurslarini hosil etishda transfyertlar turlicha o’rin tutadi. O’zbekiston aholisi yosh bo’lganidan
uning tarkibidagi pyensionyerlar faqat 8% tashkil etadi. Pyensionyerlar bolalari xonadonida yoki
o’z xonadonida yashaydilar.
Transfyertlarning miqdori pyensionyerlar soniga va o’rtacha pyensiya miqdoriga bog’liq
bo’ladi. Uy xo’jaligi tuShumliridagi transfyertlarning o’rni aholi tarkibida stipyendiya olib
o’quvchi yoshlar soni, stipyendiyaning o’rtacha miqdoriga bog’liq. Joriy transfyertlar pyensiya,
stipyendiya va nafaqa shaklidagi daromadni hosil etadilar. Ularning uy xo’jaligi Moliyasidagi
hissasi umuman kamayishga moyil bo’lmoqda. Daromad manbalari qanchalik farqlanmasin,
baribir uy xo’jaligi daromadining iqtisodiy salohiyatga bog’liqligi qoida sifatida saqlanib qoladi.
Daromad o’sgan holda, uning manbalarini roli o’zgarib turadi. Kyeyingi paytda Shu jabhada
kuzatilgan o’zgarishlarni jadval ma’lumotlari ham tasdiqlaydi.
Daromadlarga resurs mabai sifatida tarkiban yangilash xosdir. Ular tarkibida tadbirkorlik,
individual mehnat va tomorqadan kyelgan daromadlar hissasi Yuqori bo’lgani holda ish haqi,
transfyertlar va mulkiy daromadlar hissasi pastdir, ular salmog’ini oshirish muammosi mavjud.
Uy xo’jaligining harajatlari ob’yektiv tarzda uning byudjeti chyegarasida kyechadi.
Uning miqyosi xonadonning Moliya tizimi oldidagi majburiyatlariga bevosita bog’liq bo’ladi.
Bu majburiyatlar qanchalik ko’p bo’lsa, daromadlar o’zgarmagan taqdirda byudjet chyegarasi
Shunchalik qisqaradi. Moliyaviy to’lovlar va byudjet chyegarasi o’rtasida tyeskari mutanosiblik
amal qiladi. Moliyaviy to’lovlar uy xo’jaligining istye’mol xarajatlaridan oldingi xarajatlari
bo’lib, bular birinchidan majburiy to’lovlardan, ikkinchidan ixtiyoriy to’lovlardan iborat bo’ladi.
Majburiy to’lovlar soliqlar va qarz foizidan iborat bo’lib, bular xonadonning davlat oldidagi va
banklar oldidagi Moliyaviy majburiyati, majburiy sug’urtalash to’lovlari hisoblanadi. Uy
xo’jaligining majburiy to’lovlari bo’lgan soliqlar fiskal xarakterga ega. Byudjet oldtdagi soliq
majburiyatlari uy xo’jaligining ijtimoiy nye’matlar istye’molchisi bo’lishidan kelib chiqadi.
Ijtimoiy nye’matlarni yaratishni va istye’molga yetkazib berishni davlat Moliyalashtiradi, uning
bu boradagi sarfi soliqlar hisobidan qoplanishi shart. Bu nye’matlar ijtimoiy xizmatlar sifatida
davlat tomonidan xonadonga byepul ko’rsatiladi. Binobarin ularni raqobat asosida
shakllanadigan bozor qiymati yo’q. Shunday ijtimoiy nye’matlar ham borki, ularni uy xo’jaligi
o’z puliga sotib oladi. Bular xususiy tarzda o’qitish, bolalarni tarbiyalash xizmatlari, tibbiyot va
qo’riqlash, Shuningdyek xuquqiy.xizmatlar bo’lib, ularni bozor qiymati bor. Bular puli bo’lgani
uchun ham ijtimoiy nye’matlar sirasiga kirmaydi. O’zbekistonda aholi Moliya resurslari
cheklangan bulgani sababli pulli xizmatlar hissasi katta emas.
Ijtimoiy nye’matlar ( ta’lim, tarbiya, tibbiyot, mudofaa, huquq tartibotni ta’minlash,
tibbiyot va ekologiyani asrab-avaylash, obodonchilikni ta’minlash xizmatlari ) dan uy xo’jaligi
foydalanar ekan, buning uchun u soliq to’lashi shart. Odatda uy xo’jaliklari soliq to’lovchilar
dyeb hisoblanmaydi. Bundaylar Yuridik va jismoniy shaxslar bo’ladi. Mana Shu jismoniy
shaxslar u yoki bu xonadon nomidan soliqlar to’laydi. Bu soliqlar jumlasiga daromad, yer, mol-
mulk, transport yoqilg’isi kabilarni kiritish mumkin. Bular to’g’ri soliqlar, biroq egri soliqlar
ham borki, ular ham xonadondagi istye’molchilar yelkasiga tushadi.
Uy xo’jaligining ihtiyoriy to’lovlari turli badallar, xomiylik pullari, nodavlat tashkilotlari
Moliyasiga qo’shgan hissalaridan iborat. Albatta, majburiy va ihtiyoriy to’lovlar summasi
o’zgarib turadi. Bu soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, xonadon ahlining ijtimoiy faoliyati
miqyosiga bog’liq bo’ladi. O’zbekiston uy xo’jaliklari Moliyaviy to’lovlarining asosiysi
soliqlardir. Xonadon to’lovlari uning daromadi singari aholi turli ijtimoiy guruhlari bo’yicha
farqlanib turadi. Bu farqlar uy xo’jaligining daromadi u to’laydigan soliqlarni turlicha
bo’lishidan kelib chiqadi. To’lovlardagi ijtimoiy tafovutlar xonadonning maqomi bilan ham
bog’liq.
Bozor tizimidagi uy xo’jaligi istye’moli uning byudjeti Bilan chyegaralanadi, chunki
tovarlar defisiti yo’qligidan, istye’mol faqat xarid qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Xarid qobiliyati
muayyan paytda ma’lum miqdordagi va sifati turlicha tovarlar va xizmatlarni sotib ola
bilishdir.Bu xonadonga kyelgan pul tuShumlariga va undan chyegirmalarga bog’liq bo’ladi.
Moliya munosabatlariga xos belgi uy xo’jaligi byudjetini har doim cheklangan bo’lishidir.
Byudjet chyegarasi uy xo’jaligi uchun ob’yektiv, chunki u o’z bilganicha pul tuShumini oshira
olmaydi, bu unga bog’liq emas, aksincha uni iqtisodiy vaziyat belgilaydi. Uy xo’jaligi qanchalik
xarakat qilmasin, ish o’rinlari yetishmasa yoki yerdagi mehnat unumdorligi past bo’lsa yoxud
davlatning xonadonlarga ijtimoiy transfyertlar berish imkoni cheklangan bo’lsa, baribir u o’z pul
daromadini oshira olmaydi, aksincha u o’z jamg’armasidagi pulni istye’molga sarflaydi.
Byudjet chyegarasi uy xo’jaligi istye’mol xarajatlarini belgilovchi asosiy omil bo’lib
qolavyeradi. Extiyojlarni cheksizligi va resurslarni cheklanganligi o’rtasidagi umumiqtisodiy
ziddiyat xonadon faoliyatida ham namoyon bo’ladi, bu xonadon ehtiyoji Bilan uning byudjet
chyegarasini mos kyelmasligida ifoda etiladi. Uy xo’jaligi ehtiyojini o’sishi uning byudjetidagi
pulni yetishmasligiga duch kyeladi. Byudjet chyegarasi doirasida xarid fondini turli tovarlarni
sotib olish uchun ajratilishi Yuz beradi. Ammo baribir istye’mol harajatlari cheklanganligi
qolavyeradi. Xarid etish mumkin bo’lgan tovarlar istye’mol resursi bo’lsa, u albatta cheksiz
ehtiyojlarga nisbatan kam bo’lavyeradi. Istye’mol xaridini faqat pul miqdori emas, balki tovarlar
narxi ham chyegaralab turadi. Shunga ko’ra uy xo’jaligi o’z sarfini Rejalashtiradi.
Byudjet chyegarasi bir yerda turib qolmaydi, u turli omillar ta’sirida siljib turadi. Bu
daromad miqdori va narx-navoning o’zgarish shiddatiga bog’liq bo’ladi. Byudjet chyegarasidagi
siljishlar turli xolat bilan tavsiflanadi:
1.
Narxlar daromadga nisbatan tyez o’sganda, byudjet chyegarasi torayadi.
2.
narxlarga nisbatan daromad tyez o’sganda, byudjet chyegarasi kengayadi.
3.
Narxlar va daromad bir xil uzgarganda, byudjet chyegarasida siljish Yuz bermaydi.
Uy xo’jaligining asosiy funksiyasi istye’mol bo’lsada, u jamg’arishda ham
ishtirok etadi. Jamg’armani o’z hissasi bor.Bu hissaning oz yoki ko’p bo’lishi jamg’armaning
naqadar syerdaromad bo’lishiga bog’liq. CHunki daromad ko’p yerda uni joriy sarflardan ortib
qolishi Yuz beradi. Daromad kam yerda u joriy sarflarga tyenglashadi yoki unga yetmay qolib,
kamomad qarz hisobidan qoplanadi.
Jamg’arish ishlab chiqarish hosilasi, Lekin Ayni paytda u investisiya ishlab chiqarishga
faol ta’sir etadi. Manna Shunday hislat uy xo’jaligiga ham xosdir. Jamg’arish imkoni xonadon
daromadiga to’g’ri mutanosiblikda bo’lganidan, uning O’zbekistonda cheklanishi mamlakatning
iqtisodiy darajasidan kelib chiqadi. Daromadlarni yetishmasligi jamg’armani cheklaydi, biroq
unga moyillik har doim bo’lib kyelgan.
Buni quyidagilar Yuzaga kyeltiradi:
1.
Boylikni ertangi kunni o’ylab, har ehtimolga qarshi jamg’arish insonga xos
xislat bo’ladi.
2.
Qimmatbaxo tovarlar xaridiga pul yetishmay qolganda, talab kyechiktiriladi,
pul bunga yetarli bo’lguncha, to’planib boriladi.
3.
Turli marosimlar o’tkazish uchun pul jamg’ariladi.
4.
Daromad joriy sarflardan ortib qolganda, u puldan pul chiqarish maqsadida
jamg’ariladi.
Iqtisodiyot uchun jamg’armalarni investisiyalarga tyengligi ma’qul, chunki bunda pul
jamg’armalari ishlagan va daromad kyeltirgan bo’ladi. Biroq uy xo’jaligida ishlavmaydigan
jamg’armalar ham hosil bo’ladi. Buni jamg’armalar miqdorini ozligi yoki ularni ishlatsa
bo’ladiganasligi Yuzaga kyeltiradi. O’zbekistonda uy xo’jaliklarida jon boshiga to’g’ri
kyeladigan jamg’armalar katta emas. Masalan, 2003 yili jon boshiga jami pul jamg’armasi 21,4
ming so’mni tashkil etdi. Shu yili jamg’armasi eng katta bo’lganlar tadbirkorlar hisoblansa, u
eng kam bo’lganlar pyensionyerlar edi.
Uy xo’jaligiga xos belgi, uni investisiyalardan ko’p bo’lishidir, bu esa xonadonda bekor
turgan pulni Yuzaga kelishi Bilan bog’liqdir. Xonadon daromad kyeltiruvchi va daromad
kyeltirmaydigan aktivlarga aylanadi. Birinchi turdagi aktivlarni o’sib borishi tadbirkorlar va
dyehqonlar xonadoniga xos bo’lsa, ikkinchi turdagi aktivlarni ko’payishi ishchi-xizmatchi va
pyensionyer xonadonlariga xos bo’ladi.Moddiy aktivlar investisiyalar tufayli Yuzaga kyelsada,
pirovard natijada istye’molga xizmat qiladi. Kyeyingi paytdagi xonadon investisiyalarida uy-joy
qurilishiga ustivorlik berilishi o’ziga to’q xonadonlarda ko’proq kuzatiladi. Bu xususiy
investisiyalarga noishlab chiqarish tavsifini beradi.
Xonadon jamg’armasini ishlatishning asosiy yo’li uni Moliyaviy aktivlarga aylantirish
hisoblanadi. Biroq bu yerda ikki muqobil tanlov amal qiladiki, bu pulni banka qo’yish yoki
qimmatli qog’ozlarga joylashtirish. Hozirchalik birinchi yo’l ustivor, chunki qimmatli
qog’ozlarning daromadliligi xonadonlarni qoniqtirmaydi. Dividyentlar bank foizlaridan kam
bo’lganidan xonadon xo’jaligi jamg’armasini aksiyalarga joylashtirish sust kyechadi. Xonadon
investisiyalari Moliyaviy aktivlarni xosil etar ekan, uning faolligi Moliya bozorining ishlashiga
bog’liq. Bu bozor qanchalik yaxshi ishlasa, Shunchalik iqtisodiyotga xonadon Moliya resurslari
ko’p Yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |