Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

 
23-mavzu. Sug’urta. 


Reja.
1.
Sug’urta asoslari.
2.
Sug’urta ishidagi asosiy tuShunchalar.
3.
О‘zbekiston Respublikasida sug’urta bozorining shakllanishi va kengayishi.
4.
Sug’urtaning turkumlanishi.
1. Sug’urta asoslari.
Sug’urta ijtimoiy munosabatlar tarixiy kategoriyalaridan biridir. U jamiyat qurilishining 
ilk davrlaridan Yuzaga kelib, asta syekin ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas hamroxiga 
aylandi. Sug’urta iborasining birlamchi ma’nosi «qо‘rquv» («strax») sо‘zi bilan bog’liqdir. Mulk 
egalari bir-birlari bilan ishlab chiqarish munosabatlariga kirishar ekanlar, mulkining 
saqlanishiga, tabiiy ofatlar, yong’in, о‘g’irlik va iqtisodiy hayotning boshqa kо‘zda tutilmagan 
xavf-xatarlari natijasida yakson bо‘lishi yoki yо‘qotilishiga nisbatan qо‘rquv xis etganlar.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri – bu mulk egasi va tovar ishlab 
chiqaruvchining moddiy farovonligi uchun xavotirlanishining asosiy sababchisidir. Shu asosda 
moddiy zararni manfaatdor mulk egalari о‘rtasida birgalikda qoplash g’oyasi Yuzaga kyeldi.
Kо‘rilgan zararni qoplashning ancha oddiy shakli natural sug’urta bо‘lgan. Don, yem-
xashak va boshqa bir turdagi oson taqsimlanadigan mahsulotlar hisobidan alohida talofat kо‘rgan 
dyehqon xо‘jaliklariga moddiy yordam kо‘rsatilgan. Bunday sug’urta, albatta, bir qancha 
chyegaralangan bо‘lib, kyeyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan о‘z о‘rnini 
pul shaklidagi sug’urtaga berdi.
Rivojlangan jamiyat sharoitida sug’urta mulkchilikning barcha shakllarini, korxonalar, 
tashkilotlar, fuqarolar daromadlari va boshqa manfaatlari himoyasining asosiy vositasiga aylandi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlashda va aholini 
kо‘ngilsiz hodisalardan himoya qilishda sug’urtaning о‘ziga xos muhim о‘rni bor. Sug’urta 
ishlab chiqarishning zarur unsurlaridan biri sifatida bozor iqtisodiyotiga о‘tishning muhim 
iqtisodiy dastaklaridan hisoblanadi. Sug’urta bozori mulkchilikning dyeyarli barcha shakllarini 
tabiiy ofatlardan saqlashda, xilma-xil falokatlar natijasida odamlarga yetkazilgan zararlarni 
qoplashda moddiy jihatdan yordam beradi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotga, Moliyaga, pul 
muomalasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatdi, iqtisodiy qarashlarda ijobiy fikrlarning shakllanishiga sabab 
bо‘ldi. Endilikda har bir xо‘jalik ob’yektining tashkilotchisi о‘z ixtiyoridagi mol-mulkdan 
samarali foydalanish uchun fidokorona harakat qilish bilan cheklanib qolmay, favqulodda va 
tasodifiy zararlarning natijasida yetkazilishi mumkin bо‘lgan kamomadlarni tiklash, ularning 
oldini olish tadbirlarini kо‘rishga ham intilmoqda. Shuning natijasida bozor iqtisodiyoti 
sharoitida sug’urtaga bо‘lgan talab kuchaya boshladi.
Pryezidyentimizning «О‘zbekiston XXI asr bо‘sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida davlatni aql-idrok bilan boshqarish xalq boshiga 
tushgan xavf-xatarni kamaytirish va bartaraf etishdan iboratligini kо‘zda tutish lozimligiga amal 
qilib, sug’urta sohasida faqat mamlakat miqyosida emas, balki tashqi munosabatlarda ham qator 
tadbirlar amalga oshirilganligi kо‘rsatib turibdi. Jumladan chyet ellik investorlarga yordam 
berish maqsadida «О‘zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi tashkil qilinib, 
AIG (AQSH) kompaniyasi bilan birga siyosiy xavf-xatarlardan sug’urtalash bo’yicha 
«О‘zbekintyernyest Intyernyeyshl» qо‘shma sug’urta kompaniyasi ta’sis etilgani qayd qilib 
о‘tildi. Shu bilan birga, tashqi sarmoyalarni kqproq jalb qilish maqsadida sug’urtalashning 
tayanch stavkalari xalqaro amaliyotda qabul qilinganidan ancha past ekanligi ta’kidlandi.
Sug’urtaga tyegishli bо‘lgan qayta taqsimlash munosabatlari bir tomondan sug’urta 
fondini shakllantirish, ikkinchi tomondan Shu fonddan sug’urta qatnashchilarini kо‘rgan zararini 
qoplash bilan bog’liqdir.
Sug’urta – ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elementidir. U ijtimoiy ishlab 
chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog’liqdir. Normal takror ishlab chiqarish 
jarayonining muhim sharti uning uzliksizligi va tqxtovsizligi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning 


doimiy yangilanib borishi insonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalarda, Shu jumladan 
rivojlangan jamiyatda ham mavjud ehtiyojlarini qondirish uchun zarurdir.
Agarda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tabiiy ofatlar yoki boshqa favqulodda 
hodisalarning (yong’inlar, portlashlar, epidyemiyalar va b. ) salbiy oqibatlari ta’sirida tqxtasa 
yoki buzilsa, u holda jamiyat avvalo turli oldini olish tadbirlarini amalga oshirishga, mabodo ular 
kо‘zlangan natijani bermasa, u holda yetkazilgan moddiy zararni qoplashga, ishchi kuchini 
takror ishlab chiqarishning normal sharoitlarini qayta tiklashga majbur bо‘ladi.
Inson va tabiiy ofatlar о‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan asoslangan ijtimoiy ishlab 
chiqarishning tavakkalchilik xarakteri, birinchi navbatda, tabiiy va boshqa ofatlarning salbiy 
oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish va lokalizasiya qilish, hamda yetkazilgan zararni sо‘zsiz 
qoplash bo’yicha insonlar о‘rtasidagi munosabatlarni Yuzaga kyeltiradi. Bu ob’yektiv 
munosabatlar insonlarning erishgan hayot darajasini saqlab qolishga bо‘lgan real va mavjud 
ehtiyojini aks ettiradi. Mazkur munosabatlarni alohida xususiyatlar ajratib turadi va ularning 
yig’indisi ijtimoiy ishlab chiqarishni sug’urtaviy himoyalash iqtisodiy kategoriyasini tashkil 
etadi.
Sug’urta iqtisodiy kategori sifatida Moliya kategoriyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Ammo, Moliya tqlaligicha daromadlarni taqsimlash bilan bog’liq bо‘lsa, sug’urta esa, faqatgina 
qayta taqsimlash munosabatlarinigina qamrab oladi.
Sug’urtaning xususiyatlarini ochib beruvchi belgilarini quyidagicha kyeltirishimiz 
mumkin: 
1.
Sug’urtada tqsatdan, oldindan kо‘zda tutilmagan va yengib bо‘lmaydigan holatlar, 
ya’ni sug’urta holatlari ehtimoli mavjudligi bilan asoslanuvchi qayta taqsimlash pul 
munosabatlari Yuzaga kyeladi.
2.
Sug’urtada kо‘rilgan zararni sug’urta ishtirokchilari, ya’ni sug’urtalanuvchilar 
о‘rtasida qoplash amalga oshiriladi. Zararni bunday qoplash usuli zarar kо‘ruvchi xо‘jaliklar soni 
doimo sug’urta ishtirokchilari sonidan kam bо‘lish ehtimolligiga asoslanadi, ayniqsa 
ishtirokchilar soni yetarlicha katta bо‘lganda.
Zararni bunday qoplashni tashkil qilish uchun maqsadga yqnaltirilgan sug’urta fondi 
tashkil qilinadi. Bu fond sug’urta ishtirokchilarining badallari hisobidan shakllantiriladi. Sug’urta 
fondining mablag’lari faqatgina uni tashkil qilganlar о‘rtasida ishlatiladi, sug’urta badalining 
hajmi esa, har bir qatnashchining zararni qoplashdagi ulushini bildiradi. Shuning uchun, sug’urta 
qatnashchilarining doirasi qanchalik keng bо‘lsa, sug’urta badalining hajmi Shunchalik oz va 
sug’urta ham samarali bо‘ladi. Agarda sug’urtada millionlab sug’urtalanuvchilar ishtirok etsa va 
Yuz millionlab ob’yektlar sug’urtalansa, u holda minimal badallar hisobiga maksimal zararlarni 
qoplash imkoni paydo bо‘ladi.
3.
Sug’urta zararlarni qoplashni hududiy birlik va ma’lum vaqt davomida amalga 
oshirishni kо‘zda tutadi. Bunda yil davomida sug’urtalanuvchi xо‘jaliklar о‘rtasida sug’urta 
fondini hududlar bo’yicha samarali qayta taqsimlash uchun yetarlicha katta hudud va anchagina 
sug’urtalashga tyegishli ob’yektlar talab qilinadi. Faqatgina mazkur shartga rioya qilish bilangina 
katta hududlarni qamrab oluvchi tabiiy ofatlar yetkazgan zararlarni qoplash imkoni bо‘ladi.
Zararni sug’urta yordamida qoplash ma’lum vaqt davomida amalga oshiriladi, chunki 
ixtiyoriy sug’urta doimo muddat bilan chyegaralanadi.

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish