Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


partiya esa 0:25 hisobi bilan qayd etiladi (6.2, 6.3)



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/322
Sana18.02.2022
Hajmi7,14 Mb.
#450604
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   322
Bog'liq
fayl 2055 20211105


partiya esa 0:25 hisobi bilan qayd etiladi (6.2, 6.3). 
6.4.2. Agar jamoa uzrli sababsiz maydonga belgilangan vaqtda chiqmasa, 
6.4.1. qoidasidagi holat qaytariladi. 
6.4.3. Partiyada yoki o‘yinda jamoaning tarkibi to‘liq bo‘lmasa, u partiya yoki 
o‘yinni yutqazgan bo‘ladi. Raqib jamoaga partiyada yoki o‘yinda g‘alaba ochkolari 
yoziladi. To‘liqsiz jamoa o‘z ochkolarini saqlab qoladi (7.3.1, 6.2, 6.3).
 
 
7. O‘yinning tuzilishi. 
7.1. Qur’a tashlash. 
O‘yin oldidan birinchi hakam birinchi partiyada qaysi bir jamoaga birinchi 
to‘p qaytarish yoki maydoncha tomonini aniqlash bo‘yicha qur’a tashlaydi (13.1). 


210 
Agar so‘nggi hal qiluvchi partiya bo‘lsa, qur’a qayta tashlanadi (6.3.2). 
7.1.1. Qur’a jamoalar sardorlari ishtirokida tashlanadi (5.1). 
7.1.2. Qur’a tashlash bo‘yicha g‘olib bo‘lgan sardor o‘z ixtiyoriga ko‘ra to‘p 
kiritish, to‘pni qabul qilish yoki maydoncha tomonga tashlash huquqiga ega 
(13.1.1, 7.2). 
7.2. O‘yinchining tayyorgarligi (razminka). 
7.2.1. Agar jamoalar uchun oldindan o‘zga maydonchada razminka qilish 
imkoniyati yaratilgan bo‘lsa, unda to‘rdan oshirib razminka qilish vaqti 3 daqiqa 
muddatga beriladi. Aks holda ushbu razminka uchun 5 daqiqa beriladi. 
7.2.2. Agar ikki: jamoa sardorlari kelishgan holda to‘rdan oshirib razminka 
o‘tkazmoqchi bo‘lsa, unda jamoalarga 6 yoki 10 daqiqa vaqt berilishi mumkin 
(7.2.1). 
7.3. Jamoaning joylashishi. 
7.3.1. O‘yinda har bir jamoadan faqat 6 o‘yinchi ishtirok etadi (6.4.3). 
Jamoaning dastlabki joylashishi o‘yinchilarning joy almashish tartibini 
belgilaydi. Ushbu tartib butun partiya davomida saqlanishi lozim (7.6, 6.2). 
7.3.2. Har bir partiya oldindan trener o‘yinchilarning maydonchada jay-
lashish tartibini kartochkaga yozib va imzo qo‘yib, ikkinchi hakamga yoki kotib-
hakamga taqdim etishi lozim (25.3.3, 26.2.1.2). 
7.3.3. Dastlabki joylashishda o‘rin ololmagan o‘yinchilar, shu partiyaning 
zahiradagi o‘yinchilari hisoblanadi (“Libero”dan tashqari) (7.3.2, 8, 20.1.2). 
7.3.4. Joylashish kartochkasi taqdim etilgandan so‘ng ushbu kartochkaga 
o‘zgartirish kiritish mumkin emas. Lekin o‘yinchi rasmiy almashtirilishi mumkin 
(8, 16.2.2). 
7.3.5. O‘yinda joylashish tartibi joylashish kartochkasida ko‘rsatilgan 
raqamlarga to‘g‘ri kelmasligi mumkin (25, 3.1). 
7.3.5.1. Agar kartochkada qayd etilgan o‘yinchilar o‘rniga boshqa o‘yinchi 
kirib qolsa, joylashish kartochkada ko‘rsatilgandek to‘g‘rilab qo‘yilishi lozim. 
Buning uchun jazo qo‘llanilmaydi (9.1, 13.1. 7.32). 


211 
7.3.5.2. Agar kartochkada ko‘rsatilgan joylashish tartibi o‘zgacha bo‘lsa, 
o‘yinchilar kartochkada qayd etilgandek joylashtirilishi lozim. Buning uchun ham 
jazo qo‘llanilmaydi (9.1, 13.1,7.3.2). 
7.3.5.3. Agar trener noto‘g‘ri joylashgan o‘yinchini maydonda qoldir-moqchi 
bo‘lsa, unda u o‘yinchi almashtirishni so‘rashi va bu bayonnomada qayd etilishi 
lozim (16.2.2). 
7.4. To‘p kiritish vaqtida o‘yinchilarning joylashishi. 
To‘p kiritish vaqtida o‘yinchilar o‘z maydonchalari va zonalari chegarasida 
joylashgan bo‘lishlari kerak (to‘p kirituvchi o‘yinchi bundan mustasno) (9.1, 7.6.1, 
13.4.2.). 
7.4.1. O‘yinchilarning joylashishi quyidagi tartib raqamlari bilan ifodalanadi: 
To‘r bo‘ylab turgan uch o‘yinchi – oldi chiziq o‘yinchilari – 4, 3 va 2-
zonalarda joylashadi, qolgan uch o‘yinchi – orqa chiziq o‘yinchilari – 5, 6 va 1-
zonalarda joylashadi. 
7.4.2. O‘yinchilarni to‘g‘ri joylashishi. 
7.4.2.1. Har bir orqa chiziq o‘yinchisi oldingi chiziq o‘yinchilaridan orqada 
joylashishi kerak. 
Oldingi va orqa chiziq o‘yinchilari qoidaning 7.4.1 bandida qayd etilga-nidek, 
gorizontal ravishda joylashishi kerak. 
7.4.3. O‘yinchilarning to‘g‘ri joylashishi ular oyoqlarining maydon yuzasida 
joylashish holatiga qarab aniqlanadi va nazorat qilinadi. 
7.4.3.1. Har bir oldingi chiziq o‘yinchisi oyoqlari orqa o‘yinchilari oyoq-
lariga nisbatan o‘rta chiziqqa yaqin joylashishi lozim (1.3.3.). 
7.4.3.2. Har bir o‘ng qanot (chap qanot) o‘yinchisi oyoqlari markaziy o‘yinchi 
oyoqlariga nisbatan o‘ng (chap) qanot chizig‘iga yaqin joylashishi lozim (1.3.2). 
7.4.4. To‘p o‘yinga kiritilgandan so‘ng o‘yinchilar maydonchani istalgan 
joyida yoki bo‘sh zonada harakatlanishlari mumkin (12.2.2). 
7.5. Joylashishda uchraydigan xatolar: 
7.5.1. To‘p kiritilayotgan vaqtda biror o‘yinchi noto‘g‘ri joylashgan bo‘lsa, 
joylashish xato deb topiladi (7.3, 7.4). 


212 
7.5.2. To‘p kiritayotgan o‘yinchining xatosi (13.4. 3.7.1) joylashish xatosidan 
ustun turadi. 
7.5.3. To‘pni o‘yinga kiritgandan so‘ng to‘p xatolikka uchrasa (to‘rga tegib 
qarshi maydonga o‘tmasa, maydon chegarasidan chiqib ketsa (13.7.2), bu holda 
joylashish xatosi hisobga olinadi. 
7.5.4. Joylashish xatosi quyidagi oqibatlarga olib keladi: 
7.5.4.1. Jamoa to‘p kiritishdan maxrum bo‘ladi (6.3). 
7.5.4.2. O‘yinchilar o‘zlarining to‘g‘ri joylashishini tiklaydilar (7.3,7.4). 
7.6. Joy almashish. 
7.6.1. To‘p kiritish tartibi va o‘yinchilarning to‘g‘ri joylashishi bilan 
belgilanadigan hamda nazorat qilinadigan joy almashish tartibi partiyaning 
oxirigacha saqlanishi shart (7.3.1, 13.2, 7.4.1). 
7.6.2. To‘p qabul qiluvchi jamoa to‘p kiritish huquqiga ega bo‘lganda, uning 
o‘yinchilari soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi zonalarga o‘tib, joy 
almashadi, ya’ni 2-zona o‘yinchisi 1-zonaga. 1-zona 6-zonaga, 6-zona 5-zonaga va 
hokazo (13.2.2.2). 
7.7. Joy almashishda uchraydigan xatolar. 
7.7.1. To‘p kiritish qoidaning 7.6.1 bandiga muvofiq ijro etilmagan holda, joy 
almashishda xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi. Bu quyidagi oqibatlarga olib keladi (13, 
7.6.1): 
7.7.1.1. Jamoa to‘p kiritish huquqidan maxrum bo‘ladi (6.1.3). 
7.7.1.2. Almashishda yo‘l qo‘yilgan xato to‘g‘rilanadi (7.6.1). 
7.7.2. Kotib-hakam almashishda qachon xatoga yo‘l qo‘yilganligini aniq-lashi 
va shu vaqt ichida to‘plangan barcha ochkolarni bekor qilishi lozim. Raqib 
ochkolari saqlanib qoladi (26.2.2.2). 
Agar xatoga qachon yo‘l qo‘yilganligini aniqlash imkoni bo‘lmasa, ochkolar 
bekor qilinmaydi. Yagona jazo – to‘p kiritish huquqidan maxrum qilish (6.1.3). 

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish