Birinchidan,
tarixni anglash orqali hayotni anglash, insonning insonligini
anglash qobiliyati shakllanadi.
Ikkinchidan,
tarixiy tafakkur va tarix falsafasi orqali bugungi hayot
mazmuni chuqurroq tushuniladi va istiqbolni ko’rish falsafasi dunyoga keladi.
Bu har bir insonning o’ziga xos tafakkur tarzini shakllantirish orqali shaxs
sifatidagi fenomenini vujudga keltirishga, fe’latvorining shakllanishiga xizmat
qiladi.
Uchinchidan,
tarixni o’rganish orqali mustamlakachilik ta’sirida va
kommunistik zo’ravonlik mafkurasi natijasvda o’zligini yo’qotgan, o’z qadru
qimmatini butkul unutgan fuqaroni uyg’onishga, o’zligini anglashga, o’z haq-
huquqini himoya qila oladigan barkamol shaxs sifatida shakllanishga da’vat
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |