Demokratiyaning yangi davri
Mamlakatimizda tub islohotlarni boskgama-bosqich amalga oshirish
tamoyillarining joriy etilishi avva-liga ayrim muxoliflarimizga unchalik ham xush
kelmagan edi. Ular buni sustkashlikka, ma’muriy-buyruqbozlik tuzumining
illatlariga, yangi hokimiyat demokratik o’zga-rishlarga qodir emasligiga
yo’yishdi.
Aslini olganda, islohotlarni inqilobiy yo’l bilan amalga oshirish bizning
hayot va tafakkur tarzimizga butkul zid narsadir. Bunday yo’l tutilganda jamiyatni
mislsiz fojialarga olib kelishi bugun barchaga ayon. Hissiyot aqldan ustun kelgan
joyda jamiyat inqirozga yuz tutishini, har qanday islohot esa asta-sekinlik bilan
odamlar qalbi va ongi orqali amalga oshirilgandagina yuksak madaniy va
ma’naviy mazmun kasb etishini muxoliflar tushunishmas yoki tushuna turib,
boshqacha maqsadlarni ko’zda tutishar edi.
Oradan birmuncha vaqg o’tgach, avvalo iqgisodiy islohotlarning dastlabki
samaralari ko’zga tashlana boshladi. Bu davlat mulkini xususiylashtirihtsan tortib,
pul va bank-kredit tizimini butunlay yangi izga solish, xorijiy sarmoyalarni jalb
etish, ishlab chiqarishni tubdan o’zgartirish, sanoatni yangi, ilgor zamonaviy
texnologiyalar bilan jihozlashgacha bo’lgan va boshqa jihatlarni qamrab olgan
islohotlarni o’zida mujassam etadi. Ayni ana shu yangilanish jarayonida «o’zbek
modeli» vujudga keldi.
Xo’sh, O’zbekistonning tub islohotlardagi o’z taraqqiyot yo’li faqat
shulardan iboratmi?
Bugun ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida butunlay yangicha
munosabatlar qaror topdi. Jamiyat taraqqiyotining aholi ma’navay-ruhiy, siyosiy-
madaniy qarashlaridan kelib chiqqan o’ziga xos yondashish usuli shakllana
boshladi. Jumladan, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda ham muxim
bosqich, yangi davr boshlandi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq Prezidentimiz huquqiy demokratik
davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish masalasini dolzarb
118
vazifa qilib o’rtaga tashladi. Ayni ana shu tamoyillar asosida jahon davlatchiligi
eng ilg’or tajribalariga mos keladigan, dunyo tan oladigan, inson huquqlari har
jihatdan kafolatlanadigan jamiyat barpo etish ko’zda tutilgan edi.
Ma’lumki, XX asr 90-yillarining boshlarida mamlakat mustamlaka
tuzumdan meros bo’lmish og’ir ijtimoiy, iqgisodiy bo’xtonlar girdobida qolgan,
demokratiya «o’yin»lari avj olgan, aholining ayrim guruxlarida extiroslar
junbushga kelgan bir payt edi. Biz bu xususda kitobimizning avvalgi
sahifalarida imkon doirasida to’xtalib o’tdik. Ana shu og’ir vaziyatdan eson-
omon chiqib olish, Prezident iborasi bilan aytganda «hech qanday larzalarsiz», qon
to’kmasdan, mamlakatda barqarorlikni saqlab turgan holda asta-sekinlik bilan
hayotni izga solish yo’li tanlab olindi va qatiyat bilan amalga oshirildi. «Yangi uy
qurmay turib, eskisini buzmaslik» singari hayot sinovidan o’ggan tajribalar
yo’lidan borildi. Bu g’oya islohotlarning hamma sohalariga – huquqiy, siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatlariga tegishli edi. Unda siyosatning
insonparvarlik mazmuni, har bir fuqaro, har bir tirik jon hayotining daxlsizligini
ta’minlashga mas’ullik, butun mamlakat tinchligi va osoyishtaligi uchun
javobgarlik hissi mujassamlashgan edi.
Islom Karimov o’sha paytdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning
borishi xususida fikr yuritar ekan, jumladan, shunday degan edi: «Dastlabki
kezlarda O’zbekistonni sustkashlik va konservatizmda ayblashardi. Ammo
O’zbekiston bugungi kunga kelib, bozor o’zgartishlarining teranligi, ijtimoiy
yangilanishning sur’atlari va taraqqiyoti yuzasidan sobiq sovet hududidagi aniq
dasturga ega bo’lmay turib, asossiz va mulohazasiz islohotlar jarayonini
tezlashtirishga uringan, besabrlik qilgan, soxta obro’ga intilgan ko’pgina
respublikalardan oldinlab ketdi.
Ming afsuski, ana shu yuzaki urinishlarning hammasi pirovard natijada
islohotlarning o’zini ma’lum darajada obro’sizlantirdi. Ularga ortiqcha siyosiy tus
berdi. Jamiyatdagi ichki qarama-qarshilikni kuchaytirdi. Bu bor va undan hech
qayoqqa qochib qutulib bo’lmaydi».
Mana, oradan yillar o’tib, toshqinlar tindi, atay loyqalatilgan suvlar
tiniqlashdi, bulutlar tarqaldi. Haqiqiy hayot manzarasi aniq-ravshan ko’zga
tashlandi: siyosatning o’tkinchi hissiyot va tuyg’ulardan xoli bo’lgan, aql-idrok
va tajribaga tayangan amaliy qiyofasi namoyon bo’ldi. Aytish mumkinki, shu
holning o’ziyoq yangilikni evolyutsion yo’l bilan amalda joriy qilishning, qatiy
intizomga tayangan demokratiyaning ma’naviy qiyofasi edi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq birinchi
sessiyasida (1995 yil 23 fevral) Islom Karimov tomonidan demokratiya haqidagi
ilmiy-nazariy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan amaliy xulosalar o’rtaga tashlandi.
Davlat siyosatining demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishga doir strategiyasi
ishlab chiqildi.
Bugunga kelib hammamizning demokratiya haqidagi tasavvurlarimiz
birmuncha
kengaydi.
U
hayotimizning
muhim
va
ajralmas
qismi,
ma’naviyatimizning ko’zgusi ekanligini tushundik. Hurriyat shunchaki so’zbozlik
va tadbirbozlik, guruhbozlik yoki ko’cha-ko’yda ayyuhannos solib qichqirish emas,
ta’bir joiz bo’lsa, haqiqiy demokratiya – qonunlar diktaturasi!
119
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avgustda bo’lib
o’tgan VI sessiyasi ijtimoiy hayotimizda demokratik o’zgarishlarning yangi
davrini boshlab berdi va bu jarayonlarni chuqurlashtirish tamoyillarini yangi
bosqichga ko’tardi. Buni nimalarda ko’rish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |