Ziyonet doc


Demokratiyaning siyosiy madaniyati



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/76
Sana18.02.2022
Hajmi0,76 Mb.
#450442
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   76
Bog'liq
tarix falsafasi va metodologiyasi

Demokratiyaning siyosiy madaniyati
Hakli ravishda savol tug’iladi. Xo’sh, O’zbekiston demokratiyaning qaysi 
yo’nalishlaridan bormoqda? Huquqiy demokratik davlatni barpo etish, fuqarolik 
jamiyatini vujudga keltirish oliy maqsad ekan, unga erishishning yagona yo’li 
demokratiyani chuqurlashtirishdir. Ayni paytda O’zbekistonda davlatchilikning 
xuddi ana shu jihatiga qanday qaralmoqda? 
Eng avvalo shuni ta’kidlash kerakki, demokratik jamiyatni barpo etishning 
xalqaro tamoyillari, dunyo tan olgan, e’tirof etgan, barcha uchun umumiy 
bo’lgan yo’riqlari mavjud. 
Bu bevosita fuqaroning o’z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga 
egaligi, ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi, barcha fuqarolarning millati, 
elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar teng huquqliligi, 
davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylash-saylanish huquqi va 
boshqalardir. 
Bular qariyb barcha mamlakatlar konstitutsiyalarida qat’iy belgilab 
qo’yilgan tartib-qoidalar hisoblanadi. Ana shundan kelib chiqib demokratiyaning 
turli shakllari vujudga kelishi muqarrar. Ayrimlar O’zbekistondagi demokratik 
jarayonlar, uni hayotga tatbiq etishning sharqona tamoyillari haqida gapirar 
ekan, demokratiya demokratiya-da, uning sharqonayu g’arbonaligi bormi?–
degan fikrlarni bildirishmoqda. To’g’ri, yuzaki qaraganda demokratiya – 
demokratiya-da. U hamma uchun birday ijtimoiy hodisa! Biroq, uning 
mag’zini chaqsangiz, mazmunini chuqurroq anglasangiz, masala ancha-muncha 
murakkab ekanligini sezish qiyin emas. Erkin fikr, eng avvalo, fikrlash 
tarzidan, ma’naviy ruhiy ko’nikmadan, erkin xatti-harakat esa, turmush 
tarzidan, axloqiy mezonlardan kelib chiqadi. Ana shuning o’zi G’arbda 
g’arbonalikni, Sharqda sharqonalikni taqozo etadi. Demak, demokratiyani 
hayotga tatbiq qilishda xalqning milliy ehtiyojlaridan kelib chiqib yondashish 
kerak bo’ladi. Aks holda, demokratiya tadbirbozlik va kompaniyabozlikka 
aylanib qolishi mumkin, xolos. 
Ma’lum bir mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning o’zi 
kifoya qiladimi? Faqat shuning o’zi aholining barcha ehtiyojlarini qondira 
oladimi, ma’naviy-ruhiy olamini qamraydimi? Yo’q! Chunki, har bir xalqning 
o’z turmush tarzi, tarixiy an’analari, hayotga munosabatlari va boshqa 
jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga yondashish usuli bor. Ana shu nuqtai 
nazardan 
qaraganda 
Prezident 
Islom 
Karimov 
«Sharqda 
demokratik 
jarayonlarning qadimdan shakllangan o’ziga xos va o’ziga mos xususiyatlari 
bor. Buni aslo nazardan qochirib bo’lmaydi. Ya’ni Sharqda demokratik jarayonlar 
uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o’zgarishlar 
yasashga urinishlar g’oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni 
G’arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli» deb 
ataganlar.
Erkinlik, demokratiya hayotimizni ham, o’zimizni ham zabt etdi. 
Mustaqillik bunga yo’l ochib berdi, shunday imkoniyat yaratdi. Endi biz o’zimizni 


114 
anglashimiz, dunyoni tushunishimiz va shu bilan birga demokratiyaning butun 
mohiyati va imkoniyatlarini chuqurlashtirishimiz
lozim. Ana shunda biz ham, 
demokratiya ham, mustaqillik
ham buyuk ne’matga, hech narsa bilan o’lchab 
bo’lmaydigan
oliy qadriyatga aylanadi. Xullas, hazrat Mir Alisher Navoiy 
aytganlaridek, 
To hirsu havas xirmani barbod o’lmas, To nafsu havo qasri baraftod o’lmas, 
To zulmu sitam jonig’a bedod o’lmas, El shod o’lmas, mamlakat obod o’lmas.
Darhaqiqat, to ma’naviy kamolotga etmaguncha, to hatti-harakatlarimiz, 
munosabatlarimiz 
aqlu 
idrok 
va 
umumiy 
manfaat 
doirasi 
bilan 
chegaralanmaguncha demokratiyaning mazmuni ham, ko’lami ham kutganimiz 
darajasida bo’lmaydi. Bu bevosita fuqarolar ongi va dunyoqarashini tubdan 
o’zgartirish, yaqin o’tmishimizdan qolgan loqaydlik va boqimandalik 
kayfiyatlarini yo’qotish, shu asosda milliy davlatimiz, milliy vatanimiz istiqboli 
uchun kuyinish tuyg’ularini kuchaytirish kabi murakkab, uzoq muddatli jarayon 
bilan bog’liq. Ana shundan kelib chiqib Prezident Islom Karimov «...demokratiya 
o’z-o’zidan vujudga kelmaydi. Demokratiyaga tinimsiz aqliy va jismoniy mehnat 
qilib, ter to’kib, hayotning achchiq-chuchugini obdan totib, qiyin, aytish 
mumkinki, hatto fojiali tajribalarni ham boshdan o’tkazib, og’ir sinov va 
kurashlarga mardona bardosh beribgina erishish mumkin», – degan edi. Zero, ana 
shu juda murakkab jarayonga hamma va har bir kishi alohida tayyorgarlik ko’rishi, 
o’zini tayyorlab borishi, eng muhimi, o’zini o’zi ichki bir ma’-naviy qudrat bilan 
tarbiyalab borishi kerak. Shuning uchun ham Islom Karimov «demokratik 
o’zgarishlar va yangi demokratik jarayonlarni boshqarishni, hayotga tatbiq 
qilishni hamda ularni himoyalashni jamiyatning o’zi anglamog’i darkor», – deb 
alohida ta’kidlaydi. Ana shuning o’zi bizning jamiyat odtsidagi, yangilanayotgan 
hayot odtsidaga va butun kelajak oldidagi vazifalarimizni belgilaydi. 

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish