Uchinchidan,
80-yillar oxiridagi chuqur iqgisodiy tanazzulni engib o’tish,
makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, barqaror iqtisodiy o’sish
uchun zamin yaratish. Aynan iqgisodiy islohotlar «o’zbek modeli»ning amalga
oshirilishi tufayli islohotlarning dastlabki yillarida ishlab chiqarishning keskin,
halokatli pasayishini to’xtatishga, iqtisodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini
saqlab qolishga, milliy iqtisodiyotni tiklashning mustahkam asoslarini yaratishga
erishildi.
To’rtinchidan,
mamlakatning iqgisodiy mustaqilligini, O’zbekistonning
jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda qo’shilishini ta’minlashga yo’naltirilgan
iqtisodiyotning chuqur tarkibiy qayta qurish dasturini amalga oshirishga
kirishildi. Qisqa davr mobaynida iqtisodiyot tarmoqlarini va aholi extiyojlarini
o’zimizda ishlab chiqarilgan energetika resurslari, sifatli neft mahsulotlari
hisobiga ta’minlash masalasi tubdan hal qilindi. G’alla mustaqilligi choralari
ko’rildi.
Shunday qilib, yonilg’i va don mustaqilligiga erishildi, bu esa
mamlakatning barqaror taraqqiyoti va odamlar farovonligining asosi va
kafolatidir. Mamlakat-ning don va neft bozorlaridagi jahon narxlarining
o’zgarib turishiga tobeligi ancha cheklandi, ulardan bo’shagan valyuta manbalari
esa zamonaviy uskuna va texnolo-giyalar xarid qilishga yo’naltirildi.
Beshinchidan,
bozor infratuzilmasi asoslari, zamonaviy ikki darajali bank
tizimi yaratiddi. Hozirgi kunda respublikada sug’urta kompaniyalari, tovar-xom
ashyo birjalari, sarmoya fondlari tarmog’i ishlab turibdi, fond birjasi va
ko’chmas mulk birjasi, Markaziy depozitariy va ikkinchi daraja depozitariylari,
109
lizing va konsalting kompaniyalari, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar
palatasi, Dehqon va fermer xo’jaliklari uyushmasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Bularning hammasi faol tadbirkorlik faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratishga xizmat qilishga yo’naltirilgan.
Oltinchidan,
kuchli ijtimoiy siyosatni, aholining muhtoj qatlamlarini
mo’ljalli ijtimoiy ximoya bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish,
jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni, fuqarolar osoyishtaligini va millatlararo
totuvlikni ta’minlash borasida aniq natijalarga erishildi.
Mustaqillik yillarida sodir etilgan iqgisodiy o’zgarishlar natijalariga berilgan
bunday umumiy baho ham isloh qilish dastlabki bosqichlarining asosiy vazifa
va maqsadlari muvaffaqiyatli amalga oshirilganligidan dalolat beradi.
Davlat iqtisodiy islohotlar o’tkazish uchun xuquqiy, tashkiliy va iqgisodiy
sharoitlar yaratish bilan birga ayrim korxonalarni, sohalarni, ba’zan esa butun
iqtisodni boshqarishning bozor tamoyillariga o’tishini ta’minlashga harakat qildi.
Buvda davlat boshqaruvi vazifalari va mexanizmlari tubdan o’zgarib, ma’muriy-
buyruqbozlik tamoyillari o’rniga iqgisodiy va moliyaviy tartibga solish
tamoyillarining roli tobora kuchayib bordi.
Ko’p qirrali islohotlar davrida, jamiyat mentaliteti tubdan o’zgarayotgan,
tuzum yangi mazmun va tartibotlarga kirayotgan bir paytda aholi ma’naviy-ruhiy
ehtiyojlariga mos keluvchi, xalqni istiqbolga etaklovchi hayotbaxsh intilishlar
ifodasi bo’lgan g’oyalar va maqsadlar bilan qurollantirish katta ahamiyatga
egadir.
Shunday ekan, islohotlar samarasi xalq dunyoqarashi, madaniy va
ma’naviy qadriyatlariga ongli munosabati bilan bevosita bog’liq hodisadir.
Agar yangilanishlar odamlar ongi va dunyoqarashi, qalbi va ruhiyati orqali
o’zini namoyon etsa, u yashovchan va samarali bo’ladi. Shuning uchun ham
O’zbekistonda davlatning yangilanishlar strategiyasi sifat jihatidan o’zgarayotgan
jamiyat, yangicha tafakkur asosida vujudga kelayotgan ijtimoiy guruhlarning
qadriyat mo’ljallari bilan uyg’unlashib ketgan.
Madaniyat va ma’rifatning ustuvor hodisa sifatida talqin etilishi ma’naviy
voqelik sifatidagi takomillashuv jarayonining chin insoniylik moxiyatini
belgilaydi. Inson ayni ana shu qadriyatlar orqali kamolotga etadi, hayotda,
jamiyatda o’z mavqeiga, o’rniga, nufuziga ega bo’ladi. Inson faoliyatlari mahsuli
ayni ana shu ma’naviyat va ma’rifat orqali qadriyatga aylanadi.
Prezident Islom Karimovning qadriyatlar ustuvorligi kontseptsiyasi xuddi
ana shu jihatlar tufayli ham qimmatli. U ma’naviyatni, ma’rifatni jamiyatning
yo’naltiruvchi kuchi deb biladi. Ana shu nuqgai nazardan ham «Men ma’rifatli
jamiyat qurmoqchiman» deydi. Ma’rifatli jamiyatda esa inson, ma’naviyat,
axloq, tafakkur mezonlari hal qiluvchi mazmun kasb etadi. Shuning uchun ham
Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq «Ma’naviy sog’lom, kuchli
jamiyat islohotlarga tayyor bo’ladi», degan edi.
Mamlakatimiz Prezidenti mamlakat istiqboliga doir tadbirlar tizimini belgilar
ekan, uning eng avvalo yuksak ma’rifat va madaniyat mamlakati bo’lishi, shu
asosda barcha islohotlarning ma’rifiy negizini yaratish nuqtai nazaridan ish tutadi.
Yurtboshimiz iqgisodga, huquqiy va siyosiy islohotlarga, shuningdek, jahon
110
muammolarini hal etish, tinchlikni ta’minlash masalalariga ham ma’rifiy ko’z
bilan qaraydi, yuksak madaniy va umuminsoniy qadriyatlar talablari asosida
yondashishga da’vat etadi. Ana shu jihatlarni hisobga olgan Islom Karimov
«Ilmiy va madaniy sohadagi mavjud imkoniyatlarni saqlab qolish, qayta tiklash,
ko’paytirish maqsadida bundan buyon fundamental fanning, madaniyat va san’at
muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga,
aqliy va ijodiy mehnat xodimlarining obro’yini oshirishga davlat tomonidan zarur
mablag’lar ajratilave-radi», – degan edi. O’tish davrida iqgisodiy jihatdan birmuncha
qiyinchiliklar sezilayotgan bir paytda ma’naviy hayotimizga davlat e’tiborining
ustuvor mavqe kasb etishi insoniy g’amxo’rlikning yorqin ko’rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |