www.ziyouz.com kutubxonasi
103
Alar aylab duou midhat og‘oz.
Chu topib bori hikmat ahli taskin,
Qilib bunyod shohi hikmatoyin
Ki: «Biznikim, sirehri muxtalifroy,
Bu kishvar sori qildi dashtraymoy.
Emas erdi mamolik fathi maqsud,
Erur erdi maholik fathi maqsud
3
.
Bu bo‘lmish xotiri olig‘a ma’lum
Ki, bu kishvardadur bir marz ila bum
Ki, bo‘lmish anda tog‘e oshkoro,
Ayog‘din-boshig‘a bir rora xoro.
Erur xoro ichinda tiyra g‘ore,
Nechukkim furqat ichra shom tori.
Topib ul tiyraliq Suqrotdin nur,
Nechukkim Mushtariydin shomi dayjur».
Anga yetguncha uch manzilda bir-bir,
Nechukkim bilmish erdi qildi taqrir.
So‘zin qilg‘och bayon so‘rdi nishoni
Kim: «Andoqkim bilursiz ayting oni.
Ki, qaysi sori bu maqsad ayondur,
Masofat ne qadardur, yo‘l qayondurg‘»
Yer o‘rtilar, qurub ul xayli dono
Ki: «Shoh o‘z komig‘a bo‘lsun tavono.
Bu so‘zkim shah so‘rar andin nishona,
Bu mulk ichra hakimedur yagona.
O‘tub besh yuzdin ayyomi hayoti,
Suhayloyi hakim el ichra oti,
Erur Yunonda Suqroti zamon ul,
Tutub Suqrotdek g‘ori nihon ul.
Tariqi inzivodur virdi oning,
Hunarda borchamiz shogirdi oning.
Bilur ul, ahli hikmatning ranohi,