www.ziyouz.com
kutubxonasi
135
Ki, anda zohir avval to ba oxir.
To‘la durluq sadaf yanglig‘ bo‘lub Kim,
Bu daryo ichra yuz ming charxu anjum.
Yuzi mir’oti anvori Ilohi,
Ilohiy sirrini anglab kamohi.
Xayining qatrasi tomg‘onda bir-bir,
Sochib anjum kibi olamg‘a ta’sir.
Bo‘lub g‘orida har dun ankabuti,
Bir usturlobi
7
gardun ankabuti.
Falakdek tab’i soyir, jismi sokin,
Safar aylab, vale yo‘q sayr mumkin.
Sirehri hilm zotidin huvaydo,
Shukuhi ilm ruxsorida raydo.
Ko‘rungach bu sifat oliy guhar zot,
Bo‘lub xam ollida yer o‘rtilar bot.
Shukuhidin bo‘lub betob tanlar,
Ko‘ngullar za’f etib, titrab badanlar.
Ko‘z ochti chun amini maxzani roz,
Alarni qildi so‘rmoq birla e’zoz
Ki, muhlik yo‘l mururidin nechuksiz,
Baliyoti zaruridin nechuksizg‘
Quyi solib bori boshlarni filhol,
Javob ayturg‘a tillar sarbasar lol.
Dedi xoqong‘akim: ko‘p chekting emgak,
Yevazlar bergusidur Tengri beshak.
Bizing soriki kelding ko‘p chekib ranj,
Agarchi yo‘lda ro‘ziy bo‘ldi ko‘p ganj.
Adadsiz javharu naqdi kiromi,
Sulaymon xotami, Jamshed jomi.
Yana ham ikki mujda yetkururbiz,
Qo‘lungg‘a ikki javhar torshururbiz.
Biri bu ikki javhardin xabardur,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |