www.ziyouz.com kutubxonasi
137
Chiqordi uzr ila evdin alarni.
Dedi shahzodani, kelgil yaqinroq,
O‘ziga qildi hamrozu qarinroq.
Ko‘zin ochib jamolin yaxshi ko‘rdi,
Base diljo‘yluqlar birla so‘rdi.
QO‘pub ollinda chun yer o‘rti Farhod,
Hakimi donishomuz etti bunyod
Ki: «Yey dardu alam birla sirishting,
Azaldin ishq bo‘lg‘on sarnavishting.
Safo kelturdungu xush kelding oxir,
Qarong‘u uyni ravshan qilding oxir.
Erur ming yilki bo‘lub ko‘hsori,
Chekarmen maqdamingning intizori.
Yuzung ko‘rdi ko‘zum, alhamdulilloh,
Seni torti o‘zum, alhamdulilloh.
Eshit, bir necha so‘zkim vaqt erur tang
Ki, aylarmen baqo ko‘yig‘a ohang.
Muni bilkim jahon fonidur asru,
Haqiqat ahli zindonidur asru.
Agar torsa Sikandar mulki zoting,
Gar o‘lsa Nuh
10
umricha hayoting.
Chu ketmoqlik keraktur bot, agar kech,
Hamul davlat bila bu umr erur hech.
Bukim Haq ayladi insonni mavjud,
Anga mavjudliqdin borcha maqsud.
Erur Haq amrig‘a ma’mur bo‘lmoq,
Bu ishdan o‘zgadin ma’zur bo‘lmoq.
Chu mahbubi haqiqiy uldurur ul,
Aning vasli sori qat’ aylamak yo‘l.
Gar ul mahbub vasli bo‘ldi ummid,
Budur iqboli sarmad, baxti jovid.
Vale bu davlatedur asru oliy,