-
deyarli bir xil tarkib, yosh va tayyorgarlik darajadagi tahsil
oluvchilat ishtirok etadi;
- ta ’lim-tarbiya jarayoni o‘zaro bog'liq alohida-alohida qismlar
ko‘rinishiga ega bo'ladi;
- har bir dars o'quv rejasiga kirgan ma’lum bir o'quv predmetiga
oid bo'ladi;
- darslar muntazam ravishda almashib turadi;
- kasb ta ’limi darslariga o'qituvchi,
muhandis-pedagog, tajribali
mutaxassis kabilar rahbarlik qiladi;
-tahsil oluvchilar turli ko'rinishdagi o'quv-bilish jarayonida ishtirok
etadilar.
Quyidagilar sinf-dars tizimining ijobiy tomonlari hisoblanadi:
- qat’iy tashkiliy tuzilmaga egaligi;
- iqtisodiy ko'rsatkichlarining nisbatan yuqoriligi. Chunki bir
o'qituvchi bir vaqtni o'zida ko'p sonli tahsil oluvchilar bilan ishlaydi;
- o'zaro hamkorlik faoliyatini amalga oshirishga qulay sharoit
yaratiladi.
Shu bilan birga, sinf-dars tizimining quyidagi
kamchiliklari ham
e’tirof etilgan:
- o'rtacha tahsil oluvchiga mo'ljallanganligi;
- har bir tahsil oluvchi bilan individual ishlash imkoniyatining
yo'qligi.
Ijtimoiy talablar, kasb ta’limining maqsad va vazifalari, tahsil
oluvchilarning talab hamda
ehtiyojlari, ta ’lim-tarbiya qonuniyatlari,
prinsiplari kabilarga ko'ra kasbiy-ta’lim darslariga quyidagi
talablar
qo'yilishi lozim:
1. Fan-texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarining so'nggi
yutuqlari, ilg'or pedagogik tajribalardan imkon qadar foydalanish,
ta ’lim-tarbiya qonuniyatlariga asoslanib, dars tuzilmasini maqbul-
lashtirish.
2.
Darsda barcha didaktik prinsi plarning maqbul nisbatini
ta ’minlash.
3. Tahsil oluvchilarning qiziqishi, ehtiyojlari, moyilligini hisobga
olgan holda mahsulli o'quv-bilish faoliyati uchun shart-sharoit
yaratish.
4. O'quv materialini mukammal o'zlashtirilishi uchun fanlararo
aloqadorlikka amal qilish.
5. Tahsil oluvchilar tomonidan ilgari o ‘zlashtirilgan bilimlar va
ularning hayotiy tajribalariga tayangan holda ish ko‘rish.
6. Tahsil oluvchilarning barcha ijobiy jihatlarini rag‘batlantirish,
o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish yo‘li bilan rivojlantirishga erishish.
7. Darsning barcha bosqichlarida mantiqiy va his-tuyg‘ularga
asoslanish.
8. Didaktik materiallar va vositalardan samarali foydalanish.
9. Nazariy materialni amaliyot bilan uzviy bog‘lab o ‘rganish.
10. Zarur bilim,
ish-harakat, oqilona fikrlash va amaliy faoliyat
ko‘rsatish usullarini tarkib toptirish.
11. Tahsil oluvchilarda uzluksiz ravishda o'qib-o‘rganish, o‘z bilimi
va kasbiy mahoratini oshira borish malakasini shakllantirish.
12. Darslami mukammal rejalashtirish natijalarini oldindan bashorat
etish va tashxislash.
Kasb ta’limiga oid zamonaviy darslarda bir-biri bilan uzviy bog‘liq
ta ’lim, tarbiya va rivojlantiruvchi maqsadlarni uyg'unlashtirish bu
sohadagi aniq maqsadlarni ham aniqlashtirib olishni talab etadi.
Kasb ta limda zamonaviy darslarga quyidagi didaktik talablar
qo‘yiladi:
A) har bir darsning ta ’lim-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasini
aniq belgilab olish;
B) ijtimoiy talab va tahsil oluvchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan
holda ta’lim mazmunini maqbullashtirish:
V) o‘quv-bilish faoliyatini samarali pedagogik texnologiyalar asosida
tashkil etish;
G) ta ’limning turli shakl, metod va vositalarining uyg‘unligini
oqilona ta’minlash;
D) dars tuzilmasini ijodiy yondashgan
holda shakllantirish;
J) tahsil oluvchilarning turli o‘quv-bilish faoliyatlarini uyg‘un-
lashtirish;
Z) ta ’lim jarayoni ishtirokchilari orasida tezkor-teskari aloqani
ta ’minlash, ta’sirchan boshqaruv mexanizmini ishlatish;
E) darsni ilmiy-uslubiy asosda tashkil etish.
Darsga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar quyidagilarni ko‘rsatish
mumkin:
-
o‘quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlab, ulardan
oqilona foydalanish:
- ta’lim mazmuni va maqsadlaridan kelib chiqadigan tarbiyaviy
vazifalarni qo'yish;
- tahsil oluvchilarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash;
- tahsil oluvchilarga nisbatan munosabatda bo‘lish;
Rivojlantiruvchi talablar;
- tahsil oluvchilarda o ‘qib-o‘rganishga bo'lgan ijobiy rag‘batni
shakllantirish
va rivojlantirish;
- tahsil oluvchilarning ruhiy xususiyatlari va rivojlanganlik darajasini
o‘rganish va hisobga olish;
- o‘quv mashg‘ulotlarini ilgarilab borish darajasida o ‘tkazish;
- tahsil oluvchilarni aqliy, emotsional va ijtimoiy rivojlanishlarini
oldindan bashorat etish va bo‘ladigan o‘zgarishlarga mos ravishda tezkor
o‘zgartirishlar
kiritish;
Bundan tashqari kasb ta’limi metodikasida tashkiliy, psixologik,
boshqaruvchilik, maqbul muloqot o‘matish, hamkorlik qilish, sanitariya-
gigiyena, etika va shu kabi talablar ham hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: