56
Huquqshunoslik
asar, she’r yozish —
intellektual huquqni;
merosni egal-
lash —
vorislik huquqini
vujudga keltiradi.
Bu munosabatlar, asosan,
mulkiy hisoblanadi, chunki
ular zaminida mulk yotibdi. Endi shu muno sabatlar bi-
lan bog‘liq, lekin mulkiy xarakterga ega bo‘lmagan —
insonning vijdoni, erkinligi,
qadr-qimmati nima, degan
savol tug‘iladi. Bunga oldi-sotdi munosabatida oluvchi
-
ning yoki sotuvchining xatti-harakati; intellektual mulk
egasining ijodiy mahsulotini o‘zlashtirib olish, uni
noto‘g‘ri nomlash, muallif to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot-
lar berish; vorislik huquqida — merosxo‘rni noto‘g‘ri
ayblash, u to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar berish va h. k.
kiradi. Shaxsga yetkazilgan ma’naviy
zarar mulkiy emas
deb taniladi.
Shaxs deganda faqat fuqarolar tushunilmaydi.
Fuqarolik huquqiy munosabatda fuqarolar bilan bir qa-
torda boshqa shaxslar ham ishtirok etadi.
Fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilari bir-bir-
lari bilan bog‘liq bo‘lsalar ham o‘zaro mustaqildirlar.
Ular o‘z xohishlari bilan bu munosabatga kiradilar. Agar
fuqarolik huquqiy munosabatidagi shaxslar o‘rtasida nizo
vujudga kelsa, bunday holatlarni sud,
fuqarolik sudi
ko‘rib chiqadi va da’vogarga keltirilgan ziyonni qoplash
to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Fuqarolik huquqi manbalariga O‘zbekiston Respub
-
likasi Konstitutsiyasi, fuqarolik
huquqiga doir qonun-
hujjatlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mah
kamasi
qarorlari va boshqalar kiradi.
Fuqarolik huquqining asosiy manbasi O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksidir. Bu kodeks ikki qism -
dan iborat bo‘lib, birinchi qismi 1995-yil 21-de
kabrda,
ikkinchisi 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan. Res
-
publikamizda mavjud fuqarolik
huquqiy muno sabatlar de-
yarli shu qonun asosida tartibga solinadi. Fuqarolik
huquqiy manbasiga O‘zbekiston Respub likasining tadbir -
korlik to‘g‘risidagi, mulk to‘g‘risidagi qonunlari ham kira-
di. «Huquqshunoslik» fanida «Fuqarolik huquqi»ga
ajratil-
57
gan soat bu huquqni to‘la o‘rganishga imkon bermaydi.
Masalan, faqat Fuqarolik Kodeksida 1199 ta modda
bo‘lib, u ko‘p huquq institutlarini qamrab olgan. Bizning
maqsadimiz fuqarolik huquqiy munosabat asoslaridan
hayotda
muntazam uchraydiganini, umumiy tushun-
chalarni, bilimlarni o‘rgatib, mutaxassislik bo‘yi cha kerak-
ligidan amaliyotda foydalana olishini ta’minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: