O karimova huquqshunoslik


Voyaga yetmaganlarning ma’muriy huquqbuzarligi



Download 360,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/184
Sana15.02.2022
Hajmi360,45 Kb.
#449246
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   184
Bog'liq
huquqshunoslik

Voyaga yetmaganlarning ma’muriy huquqbuzarligi
Voyaga yetmaganlar o‘n olti yoshdan ma’muriy javob-
garlikka tortiladilar. 16 yoshdan 18 yoshgacha ma’muriy
huquqbuzar shaxslarga nisbatan Voyaga yetmaganlar ish-
lari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar to‘g‘risidagi
Nizomda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.
Voyaga yetmaganlar quyidagi huquqbuzarliklarni
sodir etganliklari uchun javobgarlikka tortiladilar:
III b o b. Ma’muriy huquq asoslari


52
Huquqshunoslik
1. Oz miqdorda talon-taroj qilish.
2. Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini
buzish.
3. Ko‘zgusimon va tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan)
nostandart oynalar o‘rnatilgan transport vositalaridan
foydalanish.
4. Transport vositalarining tovush chiqaruvchi va
yorituvchi qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish.
5. Transport vositalari haydovchilarining harakat
tezligini oshirib yuborish, yo‘l belgilari va yo‘l hara ka ti -
ning boshqa qoidalari talablariga rioya qilmasligi.
6. Transport vositalari haydovchilarining harakat
xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qi 
-
lishda qatnashishi.
7. Transport vositalari haydovchilarining temir-
yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzishi.
8. Transport vositalarini mast holda boshqarish.
9. Kema haydovchilarining kichik hajmli kema 
lari ni
mast holda boshqarishi.
10. Transport vositalari haydovchilarining yo‘l
harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan
jarohati yoki oz miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga
olib kelishi.
11.Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi
transport vositalarining yoki boshqa mol-mulk 
ning
shikastlanishiga olib kelishi.
12. Boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari bo‘l 
-
magan shaxslarning transport vositalarini bosh qarishi.
13. Transport vositalari haydovchilarining mastligi
yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan
o‘tishdan bo‘yin tovlashi.
14.Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirok 
chilari -
ning harakat qoidalarini buzishi.
15. Mayda bezorilik.
16. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid so-
ladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida
saqlash.


53
17. Fuqarolarning jamoat joylarda ibodat liboslarida
yurishi.
18. O‘qotar qurollardan belgilangan tartibni buzgan
holda otish.
19. Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajar-
maslik.
20. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini qo-
nunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish.
21. O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni saqlash yoki
tashish qoidalarini buzish.
22. O‘qotar qurollarni ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta
ro‘yxatdan o‘tkazish) muddatlarini yoki ularni hisobdan
o‘tkazdirib qo‘yish qoidalarini buzish.
Yuqorida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan
taqdirda, voyaga yetmaganlar umumiy asoslarda ma’-
muriy javobgarlikka tortiladilar. Sodir etilgan huquq 
-
buzarlik xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga
olgan holda mazkur shaxslarga nisbatan ishlar voyaga
yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi shahar, tuman,
shaharlardagi tuman komissiyalari ixtiyoriga berilishi
mumkin.
Oz miqdorda talon-taroj qilgan shaxslarning ishlari
esa shu komissiyalarga berilishi lozim.
Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik
turidagi voyaga yetmaganlarning ma’muriy huquq 
-
buzarligini ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar ko‘rib
chiqadilar.
Voyaga yetmaganlarning ma’muriy huquqbuzarligi
kam ahamiyatli bo‘lsa, aybdor o‘z qilmishidan chin
ko‘ngildan pushaymon bo‘lsa, o‘z qilmishining oldini
olishga harakat qilsa va boshqa yengillashtiruvchi holat-
lar asosida sodir etilsa, huquqbuzarni ma’muriy javob-
garlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan chegarala 
-
nish mumkin.
Ma’muriy qamoq chorasi o‘n sakkiz yoshga to‘l 
-
magan shaxslarga nisbatan qo‘llanishi mumkin emas.
Ma’muriy huquqbuzar voyaga yetmaganlarga ma’-
III b o b. Ma’muriy huquq asoslari


54
Huquqshunoslik
muriy jazo qo‘llashdan oldin u shaxs kimligini, qanday
sharoitda tarbiya olganligini, nima sababdan tar 
tib
buzishga yo‘l qo‘yganligini sinchiklab o‘rganib chiqib,
iloji boricha tushuntirish, tarbiyalashni qo‘llash maq 
-
sadga muvofiq.

Download 360,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish