Internet saytlari
1. http: //www. Pharmi.uz
2. http: //www. Ziyonet.uz
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
TOShKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI
Ro’yxatga olindi “Tasdiqlayman”
№___________________ O’quv ishlari bo’yicha
2016 y. «___» ________ prorektor f.f.n.,
S.U.Aliyev
____________________“_
___” ______2016 yil
“METROLOGIYА VA
STANDARTIZASIYА ”
FANINING I Sh Ch I
O’QUV D A S T U R I
Bilim sohasi: 500000 Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
Ta’lim sohasi: 510000 Sog’liqni saqlash
Ta’lim yo’nalishi: 5320500 Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya)
Toshkent – 2015
Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga
muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
Inog’omov S Yo.
Fizika, matematika va axborot texnologiyalari
kafedrasi dosenti, k.f.d.
Taqrizchilar:
S. Amirov – TTYMI Elektrotexnika asoslari
kafedrasining mudiri, t.f.d., prof
F.X. Tuxtaev - Biotexnologiya kafedrasining mudiri,
f. f. n., dosent.
Fanning ishchi o’quv dasturi Fizika,matematika va axborot texnologiyalari
kafedrasining 2015 yil ―------‖---------------------dagi -------- - sonli yig’ilishida
muxokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri _______________ S.Yo.Inog’omov
Sanoat farmatsiyasi ilmiy kengashi 2016 yil ―
------
‖
---------------------
dagi
--------
- sonli
majlisida muxokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etildi.
Sanoat farmatsiya fakulteti ilmiy
kengashi raisi dotsent X.Sh.Ilxomov
―___‖ _______ 2016yil
Ishchi dastur MUKning 2016 yil ―
------
‖
---------------------
dagi
--------
- sonli majlisida
muxokama qilinib, tasdiqlandi.
MUK raisi f.f.n. S.U. Aliyev
―___‖ ___________2016 yil
KIRISh
Hozirgi zamon fani va texnikasining jadal rivojlanishi muhandis – biotexnolog
hodimlarning nihoyatda yuksak bilim darajasiga ega bo’lshini talab qilmoqda. Bu esa
oliy o’quv yurtlarida kadrlar tayyorlash usul-uslubini muttasil takomillashtirishni
taqozo etmoqda. Bunda muhandis - biotexnologlar uchun o’qitiladigan metrologiya
fanining ahamiyati juda katta. Metrologiya bu o’lchash, usul vositalar birligi
ta’minoti va kerakli aniqlikka yetkazish imkoniyatini belgilovchi fan bo’lib,
zamonaviy ilm sohalarida asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.
Bu ishchi dastur Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 13-
noyabrdagi 430-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan.
Fanning maqsad va vazifalari
Metrologiya fanining maqsadi – injener - texnolog mutaxassisligi bo’yicha
ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun metrologik ta’minot, elektrik va noelektrik
metrologik parametrlarni standartlashtirish asoslarini o’zlashtirish, o’lchov hamda
ishlab chiqarishda qo’llaniladigan o’lchov- asboblarini ishlatishda chuqur nazariy va
amaliy bilimga ega bo’lgan bakalavrlar tayyorlashdan hamda xalq xo’jaligining turli
soxalarida, sanoatda, texnikada, iqtisodiyotda, dori vositalari ishlab chiqarishda
nazorat va iste’mol bilan bog’liq bo’lgan turli sohalarda me’yoriy xujjatlar va
standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malaka hosil qilishdan iboratdir.
Metrologiya va standartizasiya fanini bakalavrlarga o’qitishning asosiy
maqsad va vazifalariga quyidagilar kiradi:
Talabalar ―Metrologiya va standartizasiya‖ fanini o’rganish jarayonida
quyidagilarni bajara olishi lozim:
- o’lchashning nazariy asoslari bo’lgan metrologiya fanini o’rganish.
- o’lchashlar va vositalar umumbirligi va talab etilgan aniqlikka erishish usullarini
o’rganish.
- Universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarni nazariy asoslarni o’rganish va
mukammal bilib olish
- Metrologik ta’minotni me’yoriy huquqiy asosi bo’lgan standartni o’rganish
- Baholash usullari hamda vositalarini o’rganuvchi metrologiyani tarkibiy qismi
haqida umumiy ma’lumotlarni bilish.
- Elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlash
- o’lchov asboblarini tanlash sxemalarini yig’ish va xatoliklarini aniqlashni bilish
Talabalar fanni o’rganishi natijasida elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni
o’lchash bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari kerak.
Metrologiyada qonunshunoslik va standatlarning xuquqiy va me’yoriy
nizomlarini, Davlat standartlari (DAST) ni, tarmoq standatlari (TAST) ni bilishlari
shart.
O’lchash usullari, qurilmalari, elektr o’lchash asboblarining o’lchash
sxemalari, texnik tavsiflari, qo’llanilish soќalari va o’lchash texnika xavfsizligi
qoidalarini bilishlari kerak.
Asosiy fizik kattaliklar o’lchamlarini etalonlarini va tekshirish usullarini
bilishlari kerak.
Har bir talaba o’lchash usulini, elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni
o’lchash uchun asboblarni tanlay olishlari, elektr o’lchash asboblarini ulashni va
o’lchash xatoligini aniqlashni bilishlari kerak.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy
jihatdan uzviy ketma – ketligi
Metrologiya fani o’lchashlarning nazariy asoslarini o’rganadigan fan bo’lib,
umumiy fizika kursida o’rganilgan parametr va kattaliklarni sanoat va ishlab
chiqarishga tatbiq qilgan holda ko’rib chiqiladi. Metrologiya fani fizik – kimyoviy
parametrlarni o’lchashni, universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarning
nazariy asoslarini hamda elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash
vositalarini tanlashni o’rganishni umumiy fizika, matematika, elektrotexnika asoslari
va mutaxassislik fanlari bilan bog’langan holda olib boradi.
Metrologik jarayonlarni o’lchash va o’lchash texnikasini ishlab chiqarishga
keng joriy etish uchun har bir injener – texnik hodim metrologiya asoslaridan
texnologik o’lchash usullari va vositalaridan, hisoblash texnikasidan o’lchash
jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish imkoniyatlaridan xabardor bo’lishi
zarur. O’lchash vositalari, ularni texnologik jarayonlarda tadbiq qilishni bilish, ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishga va mahsulot sifatini yuqori darajaga ko’tarishga
xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi.
Shuning uchun ―Metrologiya asoslari‖ fani dorishunoslik yo’nalishi bo’yicha
injener-texnik xodimlar uchun asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish
texnologik tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Metrologiya fani ilmiy- texnika taraqqiyotida yetakchi rol o’ynaydi. Shuning
uchun talabalar bu fanni chuqur o’zlashtirishlari uchun amaliy ish mashg’ulotlarini
muntazam ravishda o’tkazish rejalashtiriladi. Talabalar fanning nazariy qismidan
olgan bilimlarini amalda qo’llashlari va o’z mahoratlarini to’la namoyish qilishlari
uchun amaliy ishlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda asbob-uskunalardan,
ko’rgazma qurollaridan, plakatlardan, slaydlardan, diafilmlardan, videofilm va
kompyuterdan foydalangan holda olib boriladi. Bu esa talabalarda o’lchash
sxemalarini mustaqil tuzish uchun hamda o’lchov asboblarini ishlab chiqarishga
tatbiq qilish uchun nazariy, hamda amaliy zamin bo’ladi.
«Metrologiya va standartizasiya» fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy
konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim
jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa
ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini
emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan
kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida
mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro
bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish,
o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini
ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish
zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-
o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi
va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali
ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni
ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni
mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash -
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash),
muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va
o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni)
bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga
asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab
beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish,
qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati,
nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning
nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham
o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari
yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
«Metrologiya va standartizasiya» fanini o’qitish jarayonida kompyuter
texnologiyasidan, ―Excel‖ elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim
mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida
bajariladi. ―Internet‖ tarmog’idagi rasmiy iqtisodiy ko’rsatkichlaridan foydalaniladi,
tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida
oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.
«Metrologiya va standartizasiya» fanidan mashg’ulotlarning mavzular va
soatlar bo’yicha taqsimlanishi:
MA’RUZA MAShG’ULOTLARI
1 – Mavzu: O’lchashlar haqida umumiy ma’lumotlar.
O’lchash xatoliklari va ularni baholash
O’lchashlar. O’lchash turlari. O’lchash vositalari, ularning elementlari va
parametrlari.
Xatoliklarning statistik xarakteristikasi. O’lchov vositalari strukturasi. Texnik
o’lchashlarda o’lchash sistemalari xatoliklarini baholash. O’lchov vositalarining
statik va dinamik xarakteristikalari. O’lchov asboblarining ishonchliligi.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.
2 – Mavzu: Temperaturani o’lchash.
Temperatura
va temperatura shkalalari haqida asosiy ma’lumotlar.
Temperatura o’lchash asboblarining klassifikasiyasi. Kengayish termometrlari.
Monometrik termometrlar. Termoelektr termometrlar.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.
3 – Mavzu: Qarshilik termometrlari. Nurlanish pirometrlari.
Qarshilik
termometrlari
haqida
umumiy
ma’lumotlar.
Qarshilik
termometrlarining tuzilishi va ulanish usullari. Logometrlar. Nurlanish pirometrlari.
Temperaturani maxsus o’lchash uchun termometrlar.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.
4 – Mavzu: Suyuqliklarning zichligini o’lchash
Asosiy ma’lumotlar va klassiffikasiyasi. Qalqovichli zichlik o’lchash asboblari.
Vaznli zichlik o’lchagichlar. Gidrostatik zichlik o’lchagichlar. Radioizotopli zichlik
o’lchagichlar.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.
5 – Mavzu:Bosimni o’lchash asboblari
Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Suyuqlikli bosim o’lchash asboblari.
Deformasion, yukporshenli va elektr bosim o’lchash asboblari va ularni qo’llanilishi.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.
6 – Mavzu: Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathining
balandligini o’lchash. Modda miqdori va sarfini o’lchash
Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Ko’rsatish oynasi. Suyuqlik sathini
o’lchashning usullari. Sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash.
Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Suyuqlik va gazlar miqdorini o’lchash.
Modda miqdori va sarfini o’lchashning usullari.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.
7 – Mavzu: Modda miqdori va sarfini o’lchash
Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Suyuqlik va gazlar miqdorini o’lchash.
Modda miqdori va sarfini o’lchashning usullari.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.
8 – Mavzu: Suyuqliklarning tarkibini analiz qilish
Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Eritmalarni analiz qilishning
konduktometrik, potensiometrik, optik, avtomatik titrlash va radioizotop usullari va
qo’llanilishi.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.
9 – Mavzu: Suyuqliklarni qovushoqligini o’lchash
Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Kapillyar vizkozimetrlar.
Sharikli vizkozimetrlar. Rotasion vizkozimetrlar. Tebranishli vizkozimetrlar.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4.
10 – Mavzu: Elektrik kattaliklarni o’lchash
O’lchash mexanizmlari va ko’rsatuvchi asboblar. Magnitoelektrik mexanizmlar
va asboblar. Elektromagnit mexanizmlar va asboblar.Elektrodinamik mexanizmlar va
asboblar. Elektrostatik asboblar.Vibrasion asboblar. Logometrlar.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q2; Q3 Q4; Q5.
11 – Mavzu: Tok va kuchlanishni o’lchash.
Qarshiliklarni o’lchash
O’lchash usullari. Galvanometrlar. Galvanometr-larning vazifasi va
xarakteristikalari. Quvvatni o’lchash.Elektr energiyasini hisobga olish.
Qarshiliklarni o’lchashning har xil usullari. Ommetr va AVOmetr. Induktivlik
va sig’imni o’lchash.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q2; Q3 Q4; Q5.
12 – Mavzu: Solishtirish asboblari.
Qayd qiluvchi asboblar
Yakka o’zgarmas tok ko’priklari. Qo’shaloq o’zgarmas tok ko’priklari.
O’zgarmas tok potensiometrlari. O’zgaruvchan tok potensiometrlari. Yarim avtomat
va avtomat ko’priklar va potensiometrlar.
Vazifasi
vaklassifikasiyasi.
O’zi
yozar
asboblar.
Elektromexanik
ossiglograflar. Elektron ossiglograflar.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q2; Q3 Q4; Q5.
13 – Mavzu: Elektr o’lchash asboblarini tekshirish
Rostlanuvchi
qarshiliklar.
Nagruzka
transformatorlari
va
avtotransformatorlar. Faza ko’rsatkichlar va faza rostlagichlari. Ta’minlash
manbalari. Tekshirish ustanovkalari. Izolyasiyani sinash ustanovkasi.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q2; Q3 Q4; Q5.
14 – Mavzu: Elektr o’lchash asboblarini tekshirish jihozlari
Tekshirishning
tartibi
va
vazifasi.
Tekshirish
usullari
va
qoidalari.
Ampermetr,voltmetr, vatmetr, ommetr va megommetrlarni tekshirish. Ko’priklar,
potensiometrlar va qarshilik magazinlarini tekshirish. Tibbiy texnika vositalarini
qiyoslash.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q2; Q3 Q4; Q5.
«Metrologiya va standartizasiya» fani bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining
kalendar tematik rejasi
T/r
Ma’ruzalar mavzulari
soat
1
1 – Mavzu: O’lchashlar haqida umumiy ma’lumotlar.
O’lchash xatoliklari va ularni baholash
2
2
2 – Mavzu: Temperaturani o’lchash.
2
3
3 – Mavzu: Qarshilik termometrlari. Nurlanish pirometrlari.
2
4
4 – Mavzu: Suyuqliklarning zichligini o’lchash
2
5
5 – Mavzu:Bosimni o’lchash asboblari
2
6
6 – Mavzu: Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathining
balandligini o’lchash.
2
7
7 – Mavzu: Modda miqdori va sarfini o’lchash
2
8
8 – Mavzu: Suyuqliklarning tarkibini analiz qilish
2
9
9 – Mavzu: Suyuqliklarni qovushoqligini o’lchash
2
10
10 – Mavzu: Elektrik kattaliklarni o’lchash
2
11
11 – Mavzu: Tok va kuchlanishni o’lchash. Qarshiliklarni
o’lchash
2
12
12 – Mavzu: Solishtirish asboblari. Qayd qiluvchi asboblar
2
13
13 – Mavzu: Elektr o’lchash asboblarini tekshirish
2
14
14 – Mavzu: Elektr o’lchash asboblarini tekshirish jihozlari
2
Jami
28
Laboratoriya mashg’ulotlarining tavsiya etiladigan mavzulari
Mavzu: Kirish. O’lchash vositalari bilan tanishish.O’lchashlar xaqida umumiy
tushunchalar. O’lchash xatoliklarini aniqlash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.
Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.
Mavzu: Voltmetrning aniqlik darajasini tekshirish
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.
Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.
Mavzu:Ampermetrning aniqlik darajasini tekshirish
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.
Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.
Mavzu:Qarshiliklarni ommetr yordamida o’lchash
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.
Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.
Mavzu: Galvanometrning bo’lim qiymati va ichki qarshiligini aniqlash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.
Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.
Mavzu: O’tkazgich va yarim o’tkazgichlarni qarshiligini temperaturaga bog’liqligini
o’rganish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.
Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.
Mavzu: Bir fazali induksion schyotchikni ishonchlash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.
Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.
Mavzu: AVOmetr yordamida tok kuchini, kuchlanishni va qarshilikni o’lchash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.
Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.
Mavzu: Raqamli va elektron voltmetr, ampermetrlarni o’rganish va qo’llash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.
Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.
Mavzu: O’lchash asboblarini o’lchash chegaralarini kengaytirish
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.
Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.
Mavzu: O’zgarmas tokda qarshiliklarni o’lchash uchun ishlatiladigan asboblar va
ularni o’rganish
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.
Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.
Mavzu: Fotoelektr o’zgartkichlarni tekshirish
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.
Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.
Mavzu: Avtomatik o’lchash ko’prigi va potensiometr yordamida xaroratni o’lchash.
Tibbiy texnika vositalarini qiyoslash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.
Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6.
Do'stlaringiz bilan baham: |