Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Sumtsov 
sinamasiga asoslangan. Buni o’tkazish tartibi quyidagicha: yurak xaltachasi suv 
bilan to’ldirilib, suv tagida yurak qorinchalariga igna sanchiladi, agar havo 
pufakchalari paydo bo’lsa, bu sinama musbat hisoblanadi.
Yog’ emboliyasi venaga yog’ tomchisi kirishi natijasida sodir bo’ladi. Bu 
ko’pincha naysimon suyaklar sinishi tufayli suyak iligidan ba’zan yog’ tomchilari 
ajralishi, yog’ kletchatkalarining ezilishi natijasida ko’zga tashlanadi.
Qon oqimiga tushgan yog’ tomchilari xuddi havo pufakchalari singari 
harakatlanib, xuddi shunga o’xshash o’zgarishlar chaqiradi. Yog’lar odatda sekin 
so’rilishi tufayli havo emboliyasiga qaraganda o’pka arteriyasining yog’li 
emboliyasi kamdan kam uchraydi. Ko’pincha yog’ tomchisi yuraq orqali o’tib, 
65


o’pka kapillyarlari bo’shlig’ini bekitadi. Agar o’pka qon tomiri bo’shlig’ining 
to’rtdan uch qismi bekilganda nafas olish keskin buzilib, birdaniga o’lim sodir 
bo’ladi.
Yog’ tomchilari o’pka tomiriga tushib, o’pqadan ancha yuqoriga ko’tarilsa, 
miya kapillyarlarigacha borib etadi va bunda ko’pincha o’lim miya tomirlari yog’li 
emboliyasidan, ayniqsa, hayot uchun muhim markazlarda joylashganda sodir 
bo’ladi. Bundan tashqari yog’ emboliyasi yurak, jigar, bo’yrak va boshqa organlar 
tomirlarida ham kuzatilishi mumkin.
Yog’ emboliyasi borligini gistologik usulda, hatto murda kuchli chiriganda 
ham aniqlash mumkin.
7. Shok
. Bu organizmning jarohatlanishga nisbatan o’ziga xos reaktsiyasi 
bo’lib, nerv sistemasining kuchli qo’zg’alishi tufayli keyinchalik nerv 
regulyatsiyasining buzilishi bilan xarakterlanadi. Mexanik jarohatlanishlarda 
o’limga olib keluvchi birlamchi yoki ikkilamchi travmatik shokning klinik 
belgilari kuzatilishi mumkin.
Birlamchi shokda o’lim sezuvchi nerv bilan kuchli ta’minlangan periferik 
nervning ma’lum zonasini ta’sirlanishi tufayli yurakning reflektor yo’l bilan 
to’xtashidan sodir bo’ladi. Bunday zonaning jarohatlanishidan birlamchi shokka 
olib keluvchi kuchli og’riq paydo bo’ladi. Bu hiqildok, urug’don va barmoqlarning 
tirnoq qismida joylashgan bo’ladi. Murdani sud tibbiyoti usulida tekshirishda 
bunday hollarda maxsus sektsion belgilari aniqlanilmaydi, ammo faqatgina o’tkir 
o’limning belgilari kuzatiladi. Shu sababdan birlamchi shokdan o’limning 
diagnostikasi shokning klinik belgilari borligi bilan o’limning boshqa sabablaridan 
o’likni kesib ko’rishda farqlanadi.
Ikkilamchi travmatik shok sekinlik bilan jarohatlanishdan bir necha soat 
o’tgandan keyin rivojlanadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, ikkilamchi 
travmatik shokning sektsion diagnostikasida 3 ta morfologik belgi hisobga olinadi:
1) jarohatlanishning birinchi soatidan keyin o’limga olib keluvchi og’ir 
jarohatlanish; 
2) o’tkir qon yo’qotish belgilari;
66


3) qonning patologik saqlanishi.
Murda tanasidagi og’ir jarohatlanishlar murdani kesib ko’rganda osongina 
aniqlaniladi. O’tkir qon yo’qotilishi bo’shliq va to’qimalarda qonning yig’ilishi, 
kiyim, bog’lamalardan tashqariga chiquvchi qon shimilishi bilan xarakterlanadi. 
Qonning patologik yig’ilishi qorin bo’shlig’i organlarida kuzatiladi.
Yu.M.Lazovskiy va P.E.Snesarevlar (1995) ma’lumotlariga ko’ra ikkilamchi 
shokda ma’lum gistologik ko’rinishlar: miyaning nerv va glioz hujayralarining 
o’zgarishi, parenximatoz organlar hujayralaridagi o’zgarishlar, buyrak usti bezi 
pustloq qismida lipidlarning kamayishi ko’zga tashlanadi. Biroq ko’pgina sud 
tibbiyoti xodimlarining fikriga ko’ra ikkilamchi travmatik shokning tashxisi 
murdani kesib ko’rish va gistologik tekshiruv natijalariga qarab qo’yilishi mumkin 
emasligini alohida ta’kidlamoq zarur. Agar ekspert klinik ma’lumotlarni yaxshi 
bilmasa, u shok tashxisini murdani kesib ko’rish va gistologik tekshirish 
natijalarini hisobga olgan holda tahminiy asoslashi mumkin.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish