Jarohatlanishning tiriklik yoki o’lgandan keyin sodir bo’lganligini aniqlash
Mexanik jarohatlanishlarning sud tibbiyoti ekspetizasida jarohatlanishning
tiriklik yoki o’lgandan keyin paydo bo’lganligi aniqlash eng muhim vazifalardan
biridir. Tiriklik paytida jarohatlanish anchagina ko’proq uchraydi. O’lgandan
keyingisi nisbatan kam uchrab, u o’zining xarakteriga qarab to’satdan yoki
qasddan sodir bo’lishi mumkin.
To’satdan o’lgandan keyingi jarohatlanishlar ba’zan murdalarni bir joydan
ikkinchi joyga tashilganda yoki o’tkazilganda, murdani e’tiborsizlik yoki
tajribasizlik bilan kesib ko’rish paytida, shuningdek o’layotgan bemorga birlamchi
malakasiz yordam ko’rsatish paytida ko’zga tashlanadi. Bunda sun’iy nafas
oldirish paytida ba’zan jarohatlanish etkazilishi mumkin, natijada, ko’krak terisida
pergament dog’lari, keksalarda qobirg’alarning sinishi, bolalarda jigarining
yorilishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin.
Kasddan o’lgandan keyin etkazilgan jarohatlanishlar, ancha uzoq kurashish
67
natijasida, o’ldiruvchi o’zi sezmagan holda o’ch olish maqsadiga o’lgan odamning
tanasida to’g’ridan to’g’ri sodir qilgan jarohatlar hisoblanadi. Sud tibbiyoti
amaliyotida o’lgan odamning boshiga bolg’acha bilan urilganda ko’pgina
o’lgandan keyingi jarohatlanishlar sodir bo’lganligi va keyinchalik o’tkir uchli tosh
bilan boshiga urilganligi ham ma’lum bo’lganligini eslatish zarur. Qotil o’zi
tomonidan sodir etilgan jinoyatni tan olib, o’ldiriluvchidan uch olish maqsadida
qilinganligini tan oladi.
Ba’zan kasddan o’lgandan keyin etkazilgan jarohatlanishlar ishlab
chiqarishda, transportda, o’z o’zini o’ldirish simulyatsiyasi kabi baxtsiz hodisalar
tufayli etkazilganligi to’g’risidagi fikrni aytishga sababchi buladi. Sud tibbiyoti
amaliyotida jinoiy abortdan o’lgan ayolni murdasini poezd g’ildiragi tagiga
tashlanishi sababli murda tanasining o’lgandan keyingi bo’laklarga ajralishi bizga
ma’lum. Javobgarlikdan qo’rqib, hamshira o’z uyida abort qilganligi tufayli ayol
o’lib qolgach, o’lgan ayolni baxtsiz hodisa sifatida ko’rsatish maqsadida temir yo’l
ko’tarmasiga qo’yib ketadi.
Ba’zan o’lgandan keyingi jarohatlanish hayvonlardan, masalan,
kemiruvchilar, bo’rilar, qushlar, baliqlar, chumolilar va boshqalar tomonidan
etkazilishi mumkin. Agar bunday hollarda murda kuchli ravishda chirigan bo’lsa,
jarohatlanishlarning diagnostikasida anchagina qiyinchiliklar tug’iladi.
Shuni a’lohida ta’kidlash zarurki, ayrim holatlarda (yong’inda, imoratlar
emirilganda, murda suvda topilganda) o’lgandan keyingi jarohatlanish ko’p
uchraydi, chunki bu atrofdagi sharoitlarga bog’liq. Masalan, yong’inda
emirilayotgan uyning shifti yoki tomi murdada qo’shimcha o’lgandan keyingi
jarohatlanishni keltirib chiqarishi mumkin.
Tiriklik vaqtida sodir bo’ladigan mexanik jarohatlanishlarning sud tibbiyoti
diagnostikasida ayrim hollarda anchagina qiyinchiliklar tug’iladi. Bu birinchi
navbatda tez o’lim holatiga aloqador bo’ladi. Bunda jabrlanuvchi jarohatlanishdan
keyin birdaniga o’ladi. Agar o’lim 5-6 soatdan keyin va shuningdek bir necha
sutkadan keyin paydo bo’lsa, bunday hollarda yallig’lanish belgilari ko’zga
tashlanadi. Makroskopik jihatidan ular yallig’langan joyning qizarishi va shishishi,
68
ekssudat chiqishi, yiringlanish va granulyatsiya paydo bo’lishi hamda qasmoq va
chandiq bo’lishi bilan xarakterlanadi. Mikroskopik ko’rinishda qon tomirlarining
kengayishi va leykotsitlarning tomir devorida joylashuvi, shuningdek jarohatlanish
joyida shish va infiltratsiyaning boshlanishi kuzatiladi.
Odam tez o’lganida yuqorida keltirilgan belgilar rivojlanib ulgurmaydi,
shuning uchun jarohatlanish tiriklik belgilarining asosiy ko’rsatkichi qon ketish
hisoblanadi. Bizga ma’lumki, kapillyarlarda arterial bosimi 20-40 mm simob
ustuniga teng bo’lsa, arteriyalarda 100-150 mm simob ustunini tashkil qiladi.
Shuning uchun ham katta yaralardan massiv qon ketib, qonning sachrashi
kuzatiladi. Bunday holat o’lgandan keyingi jarohatlanishlarda ko’zga
tashlanmaydi. Tiriklik vaqtida sodir bo’ladigan anchagina qon ketishlar tufayli
voqea sodir bo’lgan joyda qon ko’lmaklari yoki ko’krak qafasi yoki qorin
bo’shlig’ida 1500-2500 sm
3
gacha qon yig’ilishi kuzatiladi.
Agar jabrlanuvchi yaralanish paytida turgan yoki qisqa muddatli o’tirgan
bo’lsa, natijada yaradan oquvchi qon uning tanasi yoki kiyimida vertikal holatda
oqishi mumkin. Bu o’z navbatida jarohatlanishni tiriklik vaqtida etkazilganligini
ko’rsatadi.
Jarohatlanishlarning tiriklik belgilariga qalin qontalashlar kiradi. Bu o’ziga
xos qon quyilish bo’lib, to’qimalarni qavatlarga ajratib ular orasida oddiy ko’z
bilan ko’rinuvchi qon laxtalarini hosil qiladi. Qalin qontalashning yupqa
qontalashdan farqi, yupqa qontalashda qon laxtalari bo’lmaydi va qon bilan
to’qimaning keskin ajralib turishi bilan xarakterlanadi. Mikroskopik tekshirishda
yupqa qontalashda to’qima elementlari orasida eritrotsitlarning infiltratsiyasi
ko’rinadi.
Murda dog’laridan tashqarida qalin qontalashning bo’lishi jarohalanishning
tiriklik vaqtida sodir bo’lganligini ko’rsatadi. Murda dog’lari bo’ylab ham qalin,
ham yupqa qontalashlarning paydo bo’lishi jarohatlanishning tiriklik belgisi
borligini isbotlamaydi.
Yupqa qon talashlar odatda yumoloq shaklda bo’lib, 5-10 mm diametrda
kichik venalarda o’lgandan keyingi jarohatlanishlarda sodir bo’ladi va oqib
69
keluvchi qon to’qimalarning kapillyarlik xususiyatiga ko’ra shimiladi. Bunday
qontalashlar ko’pincha kalla suyagi gumbazi ustki qavati yuzasida hosil bo’ladi.
Ba’zan, ularni siyrak to’qima ko’p bo’lgan joylarda (aorta atrofida, bo’yin
qismida) uchratish mumkin.
Boshqa tomondan qalin qontalashning murda dog’ida paydo bo’lishi
jarohatlanishni tiriklik paytida vujudga kelganligini isbotlovchi belgi emasligini
ko’rsatish zarur, chunki o’lgandan keyin birinchi 6-12 soatda qon uyushishi hamda
murda dog’i joylashgan joyda qalin qontalashlar ko’rinishi mumkin.
Shuni aytish zarurki, agonal davrda sodir bo’lgan jarohatlanish ko’pincha
tiriklikka xos jarohatlanishni eslatadi.
Jarohatlanishning eng muhim tiriklik belgilariga travmatik shish kirib, u
anchagina qon quyilish atrofida yaxshi ko’rinadi va bunda to’qima ilvilloq
massaga aylanadi, shish tananing bel qismida va strangulyatsion egatcha atrofida
aniq ko’zga tashlanadi.
Jarohatlanishning tiriklik belgilarini ko’rsatuvchi quyidagi morfologik
o’zgarishlar mavjud:
1) kattagina qon quyilish o’choqlari;
2) eritrotsitlarning har xil shaklga ega bo’lishi va eozin bilan intensiv
bo’yalishi;
3) leykotsitlarning miqdori yuqoriligi;
4) arteriyalar trombozi.
Shu bilan birga ko’pgina tadqiqotchilarning tasdiqlashicha, mikroskopik
tekshiruvlar jarohatlanishlarni aniq solishtirish imkoniyatini bermaydi, ya’ni ular
o’limdan oldin to’g’ridan etkazilganmi yoki o’lgandan keyin sodir bo’lganmi bilib
bo’lmaydi.
Jarohatlanishlarni tiriklik belgilarini ko’rsatuvchi qo’shimcha belgilarga
qonning aspiratsiyasi va yutilishi, shuningdek o’pka va yurakning yog’
emboliyalari kiradi.
Tiriklik vaqtida sodir bo’ladigan jarohatlanishga xos ko’rsatkichlardan biri
jarohatlanishga yaqin joydagi regionar limfa tugunlarida eritrotsitlarning
70
topilishidir, ammo simmetrik joylashgan limfa tugunlarida eritrotsitlarning
bo’lmasligini alohida ta’kidlamoq zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |